✔️ Yoshlar intellektual maydonda – ODTI yana markazda!
Olmaliq davlat texnika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Toshkent viloyati Zakovat NNT hamkorligida haqiqiy aql jangiga start berildi!
🏆ODTI sahnasida o‘tkazilgan “Zakovat Quiz” musobaqasida jami 17 ta jamoa o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini sinovdan o‘tkazdi. Har bir savol – yangi chaqiriq, har bir javob – yangi imkoniyat!
👁🗨 Bu bellashuv shunchaki o‘yin emas — bu:
➡️yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maydoni
➡️liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maktabi
➡️ODTI talabalari uchun yangi marralar sari qadam
🔩 ODTI – nafaqat texnika va innovatsiyalar maskani, balki zakovat va tafakkur markazi ekanini yana bir bor isbotladi!
Bilimga chanqoq, tafakkurga tashna yoshlar aynan shu yerda jam bo‘lmoqda!