WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
03 IyunIyunIyun 2026 34 ko'rishlar

“Yoshlar korrupsiyaga qarshi: talabalar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi”

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida “Yoshlar korrupsiyaga — yo‘q deydi” mavzusida Tibbiyot fakultetining Davolash ishi yo‘nalishi 1-bosqich 25-A va 25-Ye guruh talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yaqin kunlarda boshlanadigan yakuniy nazorat va imtihon jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, xususan, telefon, mikroquloqchin, kompyuter va ko‘chirma vositalaridan foydalanish taqiqlanishi tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar to‘qnashuviga duch kelinganda universitetning “Komplayens nazorat” tizimiga murojaat qilish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Boshqa yangiliklar