31 IyulIyulIyul 2025
44 ko'rishlar
Yoshlar yetakchilari Bo‘stonliqda jam bo‘ldi: “Yetakchilar forumi”dan xabar.
28–30-iyul kunlari Toshkent viloyatining go‘zal maskanlaridan biri — Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Yetakchilar forumi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdi.
Qo‘qon davlat universiteti nomidan forumda Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nozima Davletova ishtirok etdi. U nafaqat faol ishtiroki, balki tashabbuskorligi bilan ajralib turdi. Forum yakunida Nozima Davletova Respublika yetakchilar kengashi a’zosi hamda Farg‘ona viloyati yetakchilari koordinatori etib saylandi.