WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 MayMayMay 2026 7 ko'rishlar

🏃‍♂️ YUGURAYOTGAN YOSHLAR — YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI!

➕ 17-may kuni poytaxtimizdagi muhtasham Yangi O‘zbekiston bog‘ida tashkil etilgan “Talaba yugur” loyihasida Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan faol qatnashdi!

📣 Institutning bir guruh talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi ushbu sport tadbirida munosib ishtirok etib, ODTI jamoasining hamjihatligi va energiyasini yana bir bor namoyon etdilar.

✅ “Talaba yugur”
Bu — sog‘lom tafakkur,
Bu — kuchli iroda,
Bu — faol yoshlar harakati!

💯 Olmaliq davlat texnika instituti yoshlari nafaqat ilm-fanda, balki sport va sog‘lom hayot tarzida ham yetakchi ekanligini amalda ko‘rsatmoqda.

🔔 Sog‘lom avlod — kuchli jamiyat poydevori!
🚀 ODTI yoshlari — yangi marralar sari dadil qadam tashlamoqda!

Boshqa yangiliklar