WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
03 六月六月六月 2026 8 次浏览

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va M.Akmulli nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 3 -iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda M.Akmulli nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti vakillari - R.Yulbayev va A.Mustayev ishtirok etdi.

Bugun, 3 -iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda M.Akmulli nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti vakillari - R.Yulbayev va A.Mustayev ishtirok etdi. Dastlab mehmonlar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi K.Xamidov bilan uchrashib suhbatlashdi. Suhbat davomida turkologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, tarjima faoliyatini kengaytirish, jumladan, boshqird xalq dostonlari va poemalarini qoraqalpoq tiliga, qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini esa boshqird tiliga tarjima qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish, malaka oshirish va stajirovkalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi. Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

更多新闻