WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
04 六月六月六月 2026 6 次浏览

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida China Agricultural University vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoyning China Agricultural University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet vakili Liu Venfeng ishtirok etdi.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Xitoyning China Agricultural University vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet vakili Liu Venfeng ishtirok etdi. Mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Muzokaralar davomida bioxilma-xillikni o‘rganish, suv resurslarini samarali boshqarish, ta’lim sifatini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va malakali mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, joriy yilning avgust oyida hamkorlikning amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida navbatdagi yirik uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi. Ushbu uchrashuv universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

更多新闻