WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
01 四月四月四月 2026 17 次浏览

Bugun rektor Sherzod Neʼmatov Turkiyaning Malatya Turgut Ozal universiteti vakillari bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi.

Turkiyalik professorlar Yeshim Bozkurt Cholak va Chaglar Ozkan Sezer bilan kechgan suhbat jarayonida oʻzaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida ilmiy, texnologik, taʼlim va boshqa yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga kelishib olindi. Jumladan, professor-oʻqituvchilar va yosh olimlarning akademik almashinuvini hamda ular uchun malaka oshirish va amaliyot dasturlarini amalga oshirish, bakalavr, magistratura va doktorantura boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish kabi masalalar xususida soʻz yuritildi. 

 

Muloqot yakunida Qarshi davlat texnika universiteti va Malatya Turgut Ozal universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

更多新闻