WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
20 一月一月一月 2026 16 次浏览

ERASMUS+ K-171 doirasida geodeziya va GNSS bo‘yicha xalqaro mahorat darsi

Joriy yilning 20-yanvarda Berdaq Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakultetlarida Budapesht texnologiya va Iqtisodiyot universiteti (Vengriya) o‘qituvchisi Bence Turák tomonidan ilmiy-amaliy master-klass o‘tkazildi.

Joriy yilning 20-yanvarda Berdaq Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakultetlarida Budapesht texnologiya va Iqtisodiyot universiteti (Vengriya) o‘qituvchisi Bence Turák tomonidan ilmiy-amaliy master-klass o‘tkazildi. U geodeziya, masofadan zondlash (remote sensing) va Global Navigatsiya Sun’iy Yo‘ldosh Tizimlari (GNSS) sohasida mutaxassis hisoblanadi. Tadbir ERASMUS+ K-171 “Xalqaro kredit mobilligi” loyihasi doirasida o‘tkazildi va u Berdaq Qoraqalpog‘iston davlat universiteti bilan Budapesht texnologiya va Iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Budapesht universiteti dunyodagi eng yetakchi 1000 ta universitetlar qatoriga kiradi. Master-klass davomida geodezik tadqiqotlar sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlar, GNSS qabul qilichlarini ilmiy va amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari hamda tabiat va hududiy jarayonlarni tahlil qilish uchun masofadan zondlash usullari muhokama qilindi. E’tibor ayniqsa yuqori aniqlikdagi o‘lchovlar va atrof-muhit monitoringida sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlaridan foydalanishga qaratildi.

更多新闻