WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
09 二月二月二月 2026 21 次浏览

Hazrat Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o’tkazildi

Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan sana munosabati bilan u ilm olgan Samarqand shahrida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ziyolilar, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida o‘tkazilgan dastlabki tadbir Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi markaziy istirohat bog‘ida boshlandi.

Hazrat Navoiy haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiyning hayoti, boy adabiy va madaniy merosi, shuningdek, asarlarining bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy yetuklik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni xususida atroflicha fikr yuritishdi. Buyuk mutafakkirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qilib, ularning badiiy va falsafiy ahamiyati yoritib berildi.

T adbir yakunida ishtirokchilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, buyuk bobomiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirishdi.

Mazkur tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti mehnat jamoasi vakillari hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

更多新闻