WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
10 十月十月十月 2024 7 次浏览

"Men tanlagan kasb" mavzusidagi yoshlar sayli NamMTI jamoasi munosib ishtirok etdi.

Namangan shahrining go‘zal "Uch favvora xiyoboni"da maktab bitiruvchilari va oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun “Men tanlagan kasb” mavzusida katta yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbir ochilish marosimida viloyat sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar vakillari, jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Bu sayl yoshlarga o‘z kelajagi uchun to‘g‘ri kasb tanlashda ko‘mak berish va ularni sohaga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi o‘zining jonbozligi bilan saylning diqqat markazida bo‘ldi. Institut tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar bu yerda yangi texnologiyalar, ilmiy yangiliklar bilan tanishib, institut talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalarni tomosha qilishdi. Bu ko‘rgazmalar NamMTIning yoshlar ta'limi va kelajak rivoji yo‘lidagi sa'y-harakatlarining yorqin namunasi bo‘ldi.

Tadbirning eng yorqin jihatlaridan biri institutning "Kelajak bunyodkorlari" teatr jamoasining chiqishi bo‘ldi. Ular o‘zlarining jo‘shqin va ta'sirli ijrolari bilan barchaning e'tiborini qozonib, yoshlarga umid va ilhom baxsh etdi. Ushbu sahna chiqishlari saylga alohida ruh bag‘ishlab, ijodiy mahoratni va kelajak bunyodkorlarini tarbiyalashdagi institutning katta hissasini namoyon etdi.

Shuningdek, NamMTIning "Zakovat" jamoasi sayl doirasida o‘tkazilgan intellektual musobaqada ham faol ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi. Bu yutuq nafaqat ilm-fan, balki intellektual maydonda ham institut jamoasining salohiyati yuqori ekanligini ko‘rsatib berdi. Ushbu muvaffaqiyat yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishga xizmat qildi.

更多新闻