WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 十月十月十月 2024 8 次浏览

Muhandis-kadrlar tayyorlashda hamkorlikning yangi bosqichi boshlanmoqda.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Mamatkarimov Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning "Qalmoqqir" kon boshqarmasida bo'lib, bu yirik sanoat majmuasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida kon boshqaruvchilari bilan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish va kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalarini amaliyot bilan yaqindan tanishtirish va sanoat sohasidagi innovatsion yondashuvlarni o'rgatish yo'lidagi yana bir muhim qadam bo'ldi. Tashrif davomida kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash va malakali kadrlar tayyorlash borasida fikrlar almashildi.

更多新闻