WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
14 四月四月四月 2026 9 次浏览

QDU delegatsiyasi "O‘zbekiston va Polsha III Rektorlar forumi"da ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda Samarqand shahrida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilg‘or texnologiya kompaniyalari ishtirokida "Tibbiyot va texnologiyalar kongressi" hamda "O‘zbekiston va Polsha III-Rektorlar forumi" yirik xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni daqiqalarda Samarqand shahrida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilg‘or texnologiya kompaniyalari ishtirokida "Tibbiyot va texnologiyalar kongressi" hamda "O‘zbekiston va Polsha III-Rektorlar forumi" yirik xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon vazifasini bajarmoqda. Mazkur forumda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Forum doirasida universitet rektori Berdiyar Jollibekov xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va texnologik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuvni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muzokaralar natijasida qator istiqbolli kelishuvlar va hamkorlik shartnomalari tuzilmoqda. Ushbu kelishuvlar universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

更多新闻