WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
09 七月七月七月 2026 4 次浏览

QDU tadqiqotchilari Malayziyada o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Joriy yilning 8-10 iyul kunlari Malayziya davlatining poytaxti Kuala-Lumpur shahrida "Global ta’limning IV xalqaro konferensiyasi" bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlaridan olimlar va o‘qituvchilarni birlashtirgan ushbu tadbir pedagogik innovatsiyalar va global ta’lim sohasidagi yetakchi forumlardan biri hisoblanadi.

 

Joriy yilning 8-10 iyul kunlari Malayziya davlatining poytaxti Kuala-Lumpur shahrida "Global ta’limning IV xalqaro konferensiyasi" bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlaridan olimlar va o‘qituvchilarni birlashtirgan ushbu tadbir pedagogik innovatsiyalar va global ta’lim sohasidagi yetakchi forumlardan biri hisoblanadi. Ushbu xalqaro ilmiy konferensiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov rahbarligida bir qator ilmiy darajali o‘qituvchilar, doktorant va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Konferensiyaning birinchi kuni bugungi kunning eng dolzarb va muhim masalalariga - ta’lim va media sohasida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini qo‘llash, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o‘quv jarayonini raqamlashtirish va oliy maktabni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi. Xalqaro hamkorlik dasturi doirasida QDU vakillari "Yosh olimlar akademiyasi" MCHJ a’zolari bilan birgalikda Malayziyaning Linkoln universitet kollejining kutubxona fondlari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va innovatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bunday yuqori darajadagi xalqaro ilmiy safarlar universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirishga, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganishga va zamonaviy tendensiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishga xizmat qiladi.

更多新闻