WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
20 五月五月五月 2026 9 次浏览

Qoraqalpoq davlat universiteti va "Sakuranesia" jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv imzolandi

Bugun, 20-may kuni O‘zbekiston, Indoneziya va Yaponiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sakuranesia jamg‘armasi ta’sischisi Tovic Rustam va jamg‘armaning ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Ken Ito ishtirok etdi.

Bugun, 20-may kuni O‘zbekiston, Indoneziya va Yaponiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sakuranesia jamg‘armasi ta’sischisi Tovic Rustam va jamg‘armaning ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Ken Ito ishtirok etdi. Mehmonlar dastlab universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, suhbatlashdi. Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Suhbat chog‘ida zamonaviy ta’lim jarayonlari, innovatsion loyihalar va xalqaro tajribalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shundan so‘ng, Sakuranesia jamg‘armasi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ta’lim, inson resurslarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va jamoatchilik bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

更多新闻