WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
13 三月三月三月 2026 6 次浏览

Rektor kubogi musobaqalariga start berildi

➡️ Kuni kecha Olmaliq davlat texnika institutida “Rektor kubogi – 2026” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki ruh, sportga bo‘lgan ishtiyoq va g‘alabaga intilish kayfiyatida tashkil etildi.

🇺🇿 Ochilish marosimida shu kungacha respublika hamda xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotgan 12 nafar institutimizning iqtidorli sportchi talabalari alohida e’tirof etildi. Rektor buyrug‘i asosida ularga institut jamoasining esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

🤝 Tadbir davomida ODTI rektori O‘.Xalikulov sportchi-talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bundan buyon yanada kengayishini ta’kidlab, xususan, chempion talabalarning musobaqalarda ishtirok etish xarajatlari institut tomonidan moliyalashtirilishini alohida qayd etdilar. Shuningdek, yosh sportchilarga faqat oldinga intilish, tinimsiz mehnat qilish va yangi marralarni zabt etish yo‘lida qat’iyatli bo‘lish kerakligini ta’kidladilar.



💯 Shundan so‘ng “Rektor kubogi – 2026” musobaqalariga rasman start berildi.

🔝 ODTI– g‘alabalar sari!

更多新闻