WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
24 六月六月六月 2026 13 次浏览

“Ta’lim va kasb ko‘rgazmasi” tadbiri tashkil etildi.

Shahrisabz davlat pedagogika institutida 30-iyun – Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalar ijrosini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida institut rahbariyati, fakultet dekanlari, bo‘lim va markaz rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, San’atshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan talabalar ijodidan iborat qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

更多新闻