WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
26 六月六月六月 2026 12 次浏览

TDAU va Guangdong Okean universiteti o‘rtasida akvakultura yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov Xitoyning Guangdong Okean universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Guangdong Okean universiteti Baliqchilik fakulteti professori Liu Jianyong, Qishloq xo‘jaligi fakulteti professori Jiang Xingyu, shuningdek, Guangdong Zhanjiang Tuo Hai Aquatic Technology Co., Ltd. kompaniyasi menejerlari janob Wu va janob Deng ishtirok etdi.

Muloqot davomida akvakultura sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, sho‘rlangan yerlar va sho‘rlangan suv resurslaridan samarali foydalanish, ularning mahsuldorligini oshirish hamda ushbu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar sho‘rlangan hududlarda zamonaviy akvakultura tizimlarini rivojlantirish, ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akvakultura va baliqchilik yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

更多新闻