WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 二月二月二月 2026 11 次浏览

Universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig'i v.b. I.A. Kasimovning Xalqaro Konfutsiylik Assotsiatsiyasining VII yig'ilishida ishtirok etdi

Toshkent gumanitar fanlar universiteti xitoy tili mutaxassisi, xitoyshunos va tarjimon, shuningdek, TGFU va Chang’an universitetlari Xitoy tili va madaniyat tadqiqot markazi direktori ILHOM QOSIMOV Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2024-yil 18--22-oktyabr kunlari bo'lib o‘tgan xitoy mutafakkiri Konfutsiy tavalludining 2575 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya hamda Xalqaro Konfutsiychilik assotsiatsiyasining VII yig'ilishida ishtirok etdi.

Toshkent gumanitar fanlar universiteti xitoy tili mutaxassisi, xitoyshunos va tarjimon, shuningdek, TGFU va Chang’an universitetlari Xitoy tili va madaniyat tadqiqot markazi direktori ILHOM QOSIMOV Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2024-yil 18--22-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan xitoy mutafakkiri Konfutsiy tavalludining 2575 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya hamda Xalqaro Konfutsiychilik assotsiatsiyasining VII yig‘ilishida ishtirok etdi. Ilhom Qosimov mazkur xalqaro tashkilot a’zosi hisoblanadi.
XXRning Pekin shahrida bo‘lib turgan TGFU delegatsiyasi rahbari Ilhom Qosimov seminar doirasida Singapur Nanyang Konfutsiy Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Singapur Davlat universiteti falsafa fanlari doktori Jang Jing xonim, Amerika Qo‘shma Shtatlari Arizona Davlat universiteti Tarix, falsafa va diniy fanlar instituti professori janob Chen Huaiyu, Konfutsiy tadqiqot instituti direktori, Xitoy mutafakkiri Konfutsiyning 77-avlodi janob Kong Delilar bilan uchrashib o‘zaro fikr almashdilar. Kelgusida universitetlararo hamkorlik qilish, xalqaro miqyosdagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish, tajriba almashish hamda o‘zaro tashriflarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

更多新闻