WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
25 四月四月四月 2026 7 次浏览

Xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 25-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida AQShning Glocal Net tashkiloti raisi B.Roberts boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Bugun, 25-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida AQShning Glocal Net tashkiloti raisi B.Roberts boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi. ️Mehmonlar universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, ikki tomonlama xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, qisqa muddatli ta’lim va stajirovka loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ️Shuningdek, Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolarni yumshatish maqsadida cho‘l zonalarining sho‘rini yuvish, yer unumdorligini tiklash, ko‘kalamzorlashtirish va barqaror ekologik tizim yaratishga qaratilgan qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar va amaliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida universitet rektori B.Jollibekov mehmonlarga universitetda olib borilayotgan qurilish ishlari haqida ham ma’lumot berdi.

更多新闻