WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 五月五月五月 2026 12 次浏览

“Yangi O‘zbekiston” universiteti magistratura talabasi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi g‘oliblari qatoridan joy oldi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Menejment maktabining 2-bosqich magistratura talabasi Ummatoy Yo‘ldosheva “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida “Eng namunali ayol xodim” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.


Mazkur tanlovda respublika bo‘yicha 40 ta davlat idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ummatoy Yo‘ldoshevaning ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgani uning kasbiy salohiyati, faolligi va boshqaruv yo‘nalishidagi intilishlarining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
 

Ummatoy Yo‘ldoshevaning bu yutug‘i “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olayotgan talabalar nafaqat akademik jihatdan, balki davlat boshqaruvi va amaliy faoliyat yo‘nalishlarida ham yuqori natijalarga erishayotganini ko‘rsatadi.



Universitet jamoasi Ummatoy Yo‘ldoshevani ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va unga kelgusidagi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

更多新闻