WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
22 六月六月六月 2026 14 次浏览

“Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul suhbatlari davom etmoqda

Qabul jarayonida SAT matematika bo‘limidan yuqori natija qayd etgan hamda xalqaro ingliz tili sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarning navbatdagi guruhi ishtirok etdi. Suhbatlar Cambridge University Press & Assessment hamkorligida xalqaro standartlar asosida o‘tkazilmoqda.

Suhbat davomida nomzodlarning akademik salohiyati, mantiqiy fikrlashi, kelajakdagi maqsadlari hamda universitet ta’lim muhitiga moslashish imkoniyatlari baholandi.

Mazkur suhbatlarda Cambridge University Press & Assessment tashkilotining “Education Reform” bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo hamda Amerika mintaqalari rahbari Steve King ham ishtirok etdi.

Shuningdek, abituriyentlar universitet kampusi, ta’lim dasturlari, xalqaro imkoniyatlar va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
 
更多新闻