WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
06 七月七月七月 2026 9 次浏览

Yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘z ishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" Qoraqalpog‘iston Yaponiya xalq ta’limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘z ishini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bugun universitetda Yaponiyaning nufuzli "Koutaru Kai-Joho Bencha" kompaniyasi direktori Kai Koutaro va kompaniya mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni universitet rektori Berdiyor Jollibekov qabul qilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Shundan so‘ng, tomonlar joriy yilning avgust oyining dastlabki o‘n kunligida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "KJC" madaniyat festivalini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Mazkur festival doirasida yapon madaniyati, urf-odatlari, ta’lim tizimi va zamonaviy texnologiyalari bilan yaqindan tanishtiradigan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, talabalarga yangi ta’lim va kasbiy imkoniyatlar yaratish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

更多新闻