WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
19 六月六月六月 2026 7 次浏览

Yaponiyalik mutaxassislar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ilmiy tadqiqotlar bilan tanishdi

Joriy yilning 19-iyun kuni Yaponiyaning Yakuzemi Axborot va ta’lim markazi vakillari Ryofu Suzuki, Erika Yokosava, Aya Murakami hamda Yoshinori Kobayashi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Joriy yilning 19-iyun kuni Yaponiyaning Yakuzemi Axborot va ta’lim markazi vakillari Ryofu Suzuki, Erika Yokosava, Aya Murakami hamda Yoshinori Kobayashi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rektori Berdiyor Jo‘llibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv avvalida yaponiyalik delegatsiyaga universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik loyihalari va zamonaviy infratuzilma haqida batafsil ma’lumot berildi. Muloqot davomida tomonlar Qoraqalpog‘iston sharoitida shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) o‘simligini yetishtirish, uni qayta ishlash va undan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, bu borada ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, tajriba almashish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Yaponiyalik mutaxassislar universitet olimlari tomonidan qizilmiya o‘simligini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishib, bu borada kelgusida qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

更多新闻