WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Sun’iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
60610700 –Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fаnlаr akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, robototexnika, tibbiyot sohasilarida va tashkilotlarida,  markazlarida, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va kompyuter injiniringi  sohasida kompleks mаsаlаlаrni yechish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid flаnlаrni o‘qitish, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat vа nodavlat muassasalarida kompleks masalalar  bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni o‘rganish natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng:
-sun’iy intellekt sohasi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, dastur sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish;
-ilmiy va amaliy faoliyatda sohaga mos tizimni rivojlantirish va ulardan foydalanish;
-axborot-kommunikatsiya tizimlarining texnik vositalari, qurilmalari, uzatish, saqlash va qayta ishlash tizimlarini yig‘ish va axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullaridan foydalanish, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilish;
-sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq qilish hamda bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;
-korxonalar tashkiliy-boshqaruv faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ishlab chiqishda hamda qarorlarni muqobil variantini tanlab olishni asoslashda ishtirok etish;
-zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
-ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatida ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va masalalarini yechish;
-sun’iy intellekt sohasiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ilg‘or ilmiy-tadqiqot natijalarni va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishda qatnashish;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘tkazish va darslarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish  ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

 

O'xshash dasturlar