Dastur haqida
60530200-GEOGRAFIYA TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta`lim yo‘nalish nomi: “60530200-Geografiya”
Ta`lim yo‘nalishi tavsifi: Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi ilm-fan va tabiatshunoslik sohasidagi yetakchilardan biri bo’lgan “Geografiya” yo’nalishi bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lasiz. Yer haqidagi bilimlar bilan aloqador bo’lgan ilmiy-tadqiqot va pedagogik ishlar majmuasini qamrab oladi.
Siz 4 yil davomida “60530200-Geografiya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6420 soat
Malkaviy amaliyot: 360 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
113 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
12 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
8 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Ta`lim yo`nalishi uchun kreditlar taqsimoti:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
Mazkur baklavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari o’z mutaxassiliklari bo’yicha quyidagi ob’ektlarda faoliyat olib borishlari mumkin;
- umumiy o’rta, o’rta mahsus, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo’nalishiga oid fanlarni o’qitishda,
- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida,
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida,
- tabiiy resurslarni baxolash, davlat kadastrlarini yuritish va ulardan foydalanish tashkilotlarida,
- Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkilotlarida,
- Rekreatsiya va turizmini rivojlantirishga yo’naltirilgan tashkilotlarda,
- Geoahborot tizimlari va geofazoviy taxlil, kartografiya sohalari bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlarda,
- Hududlarni kompleks taxlil qilish, rivojlantirish hamda tabiatdan foydalanish reja va loyihalarni ishlab chiqish tashkilotlarida,
- Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va hizmat ko’rsatish korxonalarida.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga