Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Biznesni boshqarish (barqaror biznes)
Dastur haqida
Biznesni boshqarish (barqaror biznes) ta’lim yo‘nalishi
Umumiy tavsifi Biznesni boshqarish (barqaror biznes) ta’lim yo‘nalishi dasturi barqaror rivojlanish maqsadlari, barqaror biznesni rivojlantirish, "yashil" iqtisodiyot taksonomiyasi, barqaror iqtisodiy o‘sihga erishish, barqaror biznes strategiyalarini samarali joriy qilish, "yashil moliyalashtirish", ekologiya va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, hududlarning “yashillik" darajasini yanada oshirish, barqaror biznesni rivojlantirishda zamonaviy innovatsiyalar va trendlar, "yashil" loyihalarni boshqarish yuzasidan zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Tarkib va o‘quv reja
Dasturni o‘rganish davomida talabalar iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan bir qator fundamental fanlarni, jumladan, iqtisodiyot nazariyasi, biznes matematika, makro va mikroiqtisodiyot, ekonometrika, barqaror biznes asoslari, "yashil" iqtisodiyot, barqaror iqtisodiy rivojlanish, biznesda buxgalteriya hisobi, barqaror biznes innovatsion texnologiyalari, atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti, energetika iqtisodiyoti, ekologik menejment, "yashil" moliya, iqlim o‘zgarishini kamaytirish, xulq-atvor iqtisodiyoti, "yashil" loyiha boshqaruvi kabilar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga barqaror biznes kontekstida tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammolarni aniqlash, ularni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy loyihalarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va soha korxona va tshkilotlarda amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘quv natijalari
Biznesni boshqarish (barqaror biznes) ta’lim yo‘nalishi dasturini muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng talabalar quyidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
- ijodiy fikrlash, muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirish;
- baqarqaror biznesga erishish sohalari, qayta tiklanuvchi energiya, muqobil energiya hamda kam uglerodli energiya ishlab chiqarish; atrof muhitga korxona va tashkilotlrning ta’sirini kamaytirish;
- energiya tejash va samaradorligini oshirish bо‘yicha maqsadli kо‘rsatkichlarni aniqlash;
- energiya tejaydigan texnalogiyalarni joriy qilish, korxonalarning biznes sohasida raqobatbardoshligini oshirish; - texnologik modernizatsiya va “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; - iqtisodiyot tarmoqlarida energiya menejmenti orqali energiya samaradorligini sezilarli darajada oshirish bо‘yicha vazifalarni bajarish;
- barqaror o‘sishni ta'minlashning ustuvor yо‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlarni aniqlash;
- iqlim о‘zgarishiga doir masalalarda davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot sohasida aholining iqtisodiy faolligini oshirish orqali aholi va mahalliy jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga kо‘maklashish;
- tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;
- milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim о‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash.
Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari iqtisodiyot bilan bog‘liq turli mulkchilik shaklidagi korxona, tashkilotlarda turli lavozimlarda, jumladan, iqtisodchi, komplayens nazorat bo‘yicha mutaxassis, moliya - reja bo‘limi mutaxassisi, ichki auditor va iqtisodiy masalalar sohasida maslahatchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar vazirliklar, davlat idoralari, tijorat va notijorat tashkilotlari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi firmalarda ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi boshqa barcha iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talabalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon beradi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga