O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Rejissyorlik: qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi
Dastur haqida
70211201-Rejissyorlik (qo'g'irchoq teatr rejissyorligi) – bu o‘zbek va jahon teatr an’analariga tayanib, zamonaviy sahna tafakkuri, dramaturgiya va sahna texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, mustaqil rejissyorlik hamda ilmiy-pedagogik qarashga ega rejissyorlarni tayyorlashga qaratilgan chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishidir. Mazkur dastur qo‘g‘irchoq teatri san’atining o‘ziga xosliklarini chuqur tushunadigan, dramaturgik fikr yurita oladigan, sahna makoni va obraz kompozitsiyasini mustaqil boshqara oladigan yuqori malakali rejissyor-pedagogni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida magistrantlar:
- Qo‘g‘irchoq teatrining sahna qonuniyatlari, texnologiyasi va dramatik strukturalarini chuqur o‘rganadilar;
- Mustaqil spektakl konsepsiyasi yaratish, obrazlar tizimini rejalashtirish, aktyorlar va ijodiy-texnik jamoa bilan to‘laqonli ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar;
- Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, pedagogik faoliyat yuritish va o‘z ijodiy ishlarini sahnalashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Ta’lim dasturi yakunida siz:
- Sahna san’atini puxta egallagan;
- Ilmiy izlanishga layoqatli;
- Teatrda, OTMda, ijodiy laboratoriyalarda ishlay oladigan;
- Milliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etishga tayyor, ijodiy mustaqil va pedagogik salohiyatli mutaxassis sifatida shakllanasiz.
Ta’lim dasturi doirasida o‘zbek va jahon sahnasida faol bo‘lgan amaliyotchi san’atkorlar, teatrshunoslar va sahna laboratoriyasi yetakchilaridan iborat bo‘lib, ular bilan birga magistrantlar sahna san’atidagi ilmiy-ijodiy yo‘lini shakllantiradi. Dasturda teatr san’ati va qo‘g‘irchoq teatrining an’anaviy yondashuvlari bilan bir qatorda zamonaviy interaktiv shakllar, sintez texnologiyalari va performativ elementlar ham o‘rganiladi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida 120 kredit to‘plashingiz zarur bo ‘ladi.
Umumiy:
Auditoriya soati 900 soat
Mustaqil ta’lim soati 900 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish 1080 soat
Ilmiy-pedagogik ish 420 soat
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 300 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
45 |
1–3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (stajirovka) |
5 |
4 |
|
|
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi |
13 |
1, 2,3,4 |
|
|
Atestatsiyalar |
16 |
1,2,3,4 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
3 |
1,3 |
|
|
Ta’til haftalari |
18 |
1–4 |
|
|
Jami |
100 |
|
Izoh:
1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2. Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
3. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
4. Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
O'xshash dasturlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Vokal san’ati: estrada xonandaligi
43 341 192 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: torli cholgʻular
38 900 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: puflama va zarbli cholgʻular
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Vokal san’ati: akademik xonandalik
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Fortepiano (organ)
42 000 000 so'm
yiliga