WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fan/modul kodi

OAVF 1306

O’quv yili

2024-2025

Semestr

3

Kreditlar

6

Fan/modul turi

Majburiy

Ta’lim tili

O’zbek

Haftadagi dars soatlari

5

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim

(soat)

Jami yuklama

(soat)

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi

75

105

180

2.

І. Fanning mazmuni

“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi va fiziologiyasi” fani odam organizmining tuzilishi, vazifalari, tana a’zolari va a’zolar tizimini tuzilishi, o’sishi, rivojlanishini o’rganadi. Hujayra va to’qimalar, suyaklar hamda ularning tuzilishi, birikishi, muskullar, nafas olish, hazm qilish, ayrish, endokrin tizim, asab tizimi, qon tomir tizimi va boshqa tizimlar haqida ta’lim berishdan iborat.

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga Odam anatomiyasi va fiziologiyasi va fiziologiyasi fanidan bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari, odam tanasining tuzilishi, rivojlanishi, tizim filogenezi, a’zolar va a’zolar tizimining funksiyalarini bir-biriga bog‘lab o‘rganishdan iborat.

Fanning vazifasi nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, odam tanasining shakllanish va filogenez qonunlari va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish.

  1. Asosiy nazariy qism (maruza mashgulotlari)

3-semestr

      1. mavzu.  “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” faniga kirish.

“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanini rivojlanishi va tarixi. Fanning maqsad va vazifalari. “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni. Fanni rivojlanishda O‘zbekiston olimlarining qo‘shgan hissasi. Odam tanasining hujayralari, to‘qimalari, organlari, odamning kelib chiqishi.

2-mavzu. Osteologiya.

Umumiy tavsifi. Anatomiyada qabul qilingan o‘zbekcha va lotincha atamalardan foydalanib, skelet suyaklari bilan tanishish. Osteologiya bo‘limlari. Suyak tuzilishi, embrional va filogenetik rivojlanishi.

3-mavzu. Tana skeletining tuzilishi

Umurtqa suyaklari va suyaklarning birikishi. Ko‘krak qafasi - to‘sh suyagi, qovurg‘alarning tuzilishi va davriy o’zgarishlari. Dumg’azaning tuzilishi va shakllanishi. Yelka kamari suyaklari. O‘mrov, kurak suyagi va ularning o‘zaro birikishi. Qo‘lning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar: yelka suyagi, bilak va tirsak suyagi. Qo‘l panjasining suyaklari va odam anatomiyasiga xos taraflari. Oyoqning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar: oyoq kamari suyaklari va ularning birikishi. Oyoq kamari suyaklari - chanoq suyagi, yonbosh, quymich va qov suyagi. Son suyagi. Boldir suyaklari. Oyoq panjasining suyaklari. Bosh skeleti. Kalla suyaklari - juft, toq suyaklar: ensa, peshona, tepa, chakka, ponasimon va g‘alvirsimon suyaklari. Miya qismi suyaklari. Yuz qismi suyaklari.

4-mavzu.  Tana skeletining tuzilishi

5- mavzu: Sindesmologiya

Umumiy tavsifi. Suyaklarning o‘zaro birlashuvi. Sinartrozlar, diartrozlar va simfizlar. Gavda skeleti suyaklarining birikishi. Oyoq va qo‘l skeleti suyaklarini birikishi. Bosh skeleti suyaklarining birikishi.

6- mavzu. Miologiya

Umumiy tavsifi. Muskul to‘qimaning filogenezi. Muskul to‘qimaning kimyoviy tarkibi, mexanik, morfologik tuzilishi. Muskullar morfologik va fiziologik hususiyatlarga qarab bo‘linishi 1) skelet muskulaturalari, 2) silliq muskullar, 3) yurak muskulaturasi. Fassiya, pay, aponevrozlar tuzilishi. Sinergist va antogonist muskullar. Muskullar shakli. Gavdaning orqa muskulari: trapetsiyasimon muskul, orqaning serbarg muskuli, rombsimon muskuli, kurakni ko‘taruvchi muskullar. Ko‘krak muskullari: ko‘krakni katta va kichik muskullari. Qorin muskullari: tashqi qiyshiq muskul, ichki qiyshiq muskul, ko‘ndalang va to‘g‘ri muskul. Mimmika yoki yuz muskullari.

7- mavzu. Miologiya

8- mavzu. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi

Umumiy tavsifi. Ovqat hazm qilish tizimning embriogenezi; bajaraladigan vazifasi, organlar topografiyasi. Og‘iz bo‘shlig‘i, tilning tuzilishi. Doimiy va sut tishlari tuzilishi. So‘lak bezlarining tuzilishi. Halqumning tuzilishi. Qizilo‘ngachning tuzilishi. Me’daning tuzilishi. Ingichka ichak va yo‘g‘on ichakning tuzilishi.

9- mavzu. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi

Umumiy tavsifi. Ovqat hazm qilish tizimning embriogenezi; bajaraladigan vazifasi, organlar topografiyasi. Og‘iz bo‘shlig‘i, tilning tuzilishi. Doimiy va sut tishlari tuzilishi. So‘lak bezlarining tuzilishi. Halqumning tuzilishi. Qizilo‘ngachning tuzilishi. Me’daning tuzilishi. Ingichka ichak va yo‘g‘on ichakning tuzilishi.

10-mavzu. Ovqat hazm qilish bezlarining tuzilishi

Jigarning tuzilishi, topografiyasi, o‘t pufagi va me’da osti bezining tuzilishi.

11-mavzu. Nafas olish a’zolari tizimining tuzilishi.

Nafas olish tizimining umumiy tavsifi. Burun bo‘shlig‘i va burun-halqumning tuzilishi. Hiqildoqning tuzilishi. Traxeyaning tuzilishi. Bronxlarning tuzilishi. O‘pkalarning tuzilishi. Plevraning tuzilishi.

12-mavzu. Nafas olish a’zolari tizimining tuzilishi.

Nafas olish tizimining umumiy tavsifi. Burun bo‘shlig‘i va burun-halqumning tuzilishi. Hiqildoqning tuzilishi. Traxeyaning tuzilishi. Bronxlarning tuzilishi. O‘pkalarning tuzilishi. Plevraning tuzilishi.

13-mavzu. Ayirish tizimi

 Umumiy tavsifi. Ayrish a’zolar rivojlanishi. Buyraklar tuzilishi. Siydik yo‘llari tuzilishi. Siydik pufagi tuzilishi. Siydik chiqarish kanali tuzilishi.

14-mavzu. Jinsiy a’zolar tizimi.

Umumiy taveifi. Jinsiy a’zolar rivojlanishi Erkaklar va ayollar jinsiy a’zolari: urug‘don, tuxumdon, ortig‘i, prostata bezi, bachadon, tashqi tanosil a’zolari.

15-mavzu. Endokrin tizim.

Umumiy tavsifi.Gipofiz tuzilishi va gormonlari. Qalqonsimon bez, epifiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezining inkretor qismi va jinsiy bezlar tuzilishi.

16-mavzu. Endokrin tizim.

Umumiy tavsifi.Gipofiz tuzilishi va gormonlari. Qalqonsimon bez, epifiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezining inkretor qismi va jinsiy bezlar tuzilishi.

17-mavzu. Qon tomirlar tizimi.

Umumiy tavsifi. Yurak va uning tuzilishi. Asosiy yurak arteriya va vena tomirlari. Qon aylanish tizimining arteriya va venalari.

18-mavzu. Katta va kichik qon aylanish doiralarining tuzilishi

Katta va kichik qon aylanish doirasining arteriya va venalari. Limfa sistemasi-asosiy tomirlari. Limfa suyukligi va limfa tizimi vazifasi.

19-mavzu. Katta va kichik qon aylanish doiralarining tuzilishi

Katta va kichik qon aylanish doirasining arteriya va venalari. Limfa sistemasi-asosiy tomirlari. Limfa suyukligi va limfa tizimi vazifasi.

20-mavzu. Asab tizimi

Umumiy tavsifi. Markaziy qismi, orqa miya, uning tuzilishi. Bosh miya. Uzunchoq, oraliq miya, miyacha, o‘rta va oralik miya, orqa miya. Asab tizimining somatik va vegetativ asab tizmi. Somatik asab tizimi, innervatsiya, vegetativ asab tizimi mustaqil ravishda ishlab turishi.

21-mavzu. Asab tizimi

22-mavzu. Analizatorlarning tuzilishi

Eshitish, ko‘rish va sezgi a’zolari: eshitish a’zolari, tashqi, o‘rta va ichki quloqlar. Ko‘z a’zolaridan shox parda, rangdor parda kameralari ko‘z gavhari, kiprikpi tana, shishasimon tana, to‘r parda, tomirli parda, oq parda va ko‘rish nervi. Sezgi a’zolari teri analizatorlari terining morfologik va mikroskopik tuzilishi, nerv uchlari.

         23-mavzu. Analizatorlarning tuzilishi

Eshitish, ko‘rish va sezgi a’zolari: eshitish a’zolari, tashqi, o‘rta va ichki quloqlar. Ko‘z a’zolaridan shox parda, rangdor parda kameralari ko‘z gavhari, kiprikpi tana, shishasimon tana, to‘r parda, tomirli parda, oq parda va ko‘rish nervi. Sezgi a’zolari teri analizatorlari terining morfologik va mikroskopik tuzilishi, nerv uchlari.

3-semestr. Seminar mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular

1.Odam anatomiyasi fanida lotincha terminlar. Tana tuzilishi.

2.Suyaklarning tuzilishi, shakllari va tarkibi.

3.Bosh, gavda va qo’l-oyoqlar skeleti.

4.Suyaklarning birikishi

5.Muskullarning tuzilishi va shakllari

6.Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi

7. Nafas tizimi. Burun bo’shlig’i, halqum, hiqildoq, kekirdak, o’pka va bronxlar

8.Buyraklarning tuzilishi. Siydik yo’llari va siydik pufagi

9. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining tuzilishi.

10.Qon tarkibi. Qonning shaklli elementlari

11.Qon tomirlarning tuzilishi. Yurak tuzilishi. Qon aylanish doiralari

12.Nerv hujayralari va nerv tolalarining tuzilishi

13.Bosh va orqa miyaning tuzilishi

14.Ko’rish va eshitish analizatorining tuzilishi

15.Hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorining tuzilishi

  1. Seminar mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.

Seminar mashgulotlar auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-oqituvchi tomonidan otkazilishi zarur. Mashgulotlar faol va interaktiv usullar yordamida otilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnalogiyalar qollanilishi maqsadga muvofiq.

IV.   Mustaqil talim uchun tavsiya etiladigan mavzular:   

  1. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, funksiyasi.
  2. Ichki sekretsiya bezlarining gormonlari
  3. Teri tuzilishi va funksiyasi
  4. Organizmning immun tizimi
  5. Odam evolyutsiyasi, dastlabki odamlar
  6. Skelet tizimi filogenezi va buzilishlari
  7. Hazm tizimi filogenezi va buzilishlari
  8. Nafas tizimi filogenezi va buzilishlari
  9. Ayirish tizimi filogenezi va buzilishlari
  10. Endokrin tizim filogenezi va buzilishlari
  11. Sensor tizim filogenezi va buzilishlari
  12. Teri funksiyasi.
  13. Jinsiy organlar funksiyasining buzilishi bilan bog’liq kasalliklar.
  14. Odam anatomiyasi faniga hissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlar.
  15. Odam fiziologiyasi faniga hissa qo’shgan o’zbek olimlari.
  16. Taloq organi va uning fiziologik xususiyati.
  17. Qonning fiziologik funksiyalari.
  18. Yurak, uning tuzilishi va funksiyasi.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

O'xshash dasturlar