WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

 

Ta’lim yo‘nalish nomi:  “Maxsus pedagogika: logopediya”

Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz nutq nuqsonlarini aniqlash va tashxislash, korreksion pedagogika asoslari,  rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar psixologiyasi va pedagogikasi haqida, logopedik mashg‘ulotlar olib boorish,  nutqni tuzatish texnikasi, mashqlar, o‘yinlar va logopedik usullarni amalda qo‘llay olish hamda, inkluziv ta’lim muhitida ishlash malakasiga ega bo‘lasiz.  Kelajak kasblaridan biri bo’lgan “Maxsus pedagogika (logopediya)” ta’lim yo’nalishi hozirgi davrda eng zarur bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 4 yil davomida “Maxsus pedagogika: logopediya”  ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6120 soat

Malkaviy amaliyot: 1080 soat

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

36

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

4+2 kun-amaliyot

90

3-8

Malakaviy amaliyot

6

1-6

Attestatsiya

24

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

40

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

3

1 – 6

Jami

204

 

 

 

Qo‘shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar ta’lim muassasalarida o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

 

60110300-Maxsus pedagogika : logopediya

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) maxsus pedagog (logoped) lavozimida o‘rnatilgan tartibda pedagogik faoliyat olib borish;

Inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, maktab-internatlar) maxsus (yordmchi) pedagog xodim sifatida faoliyat olib borish;

Sog’liqni saqlash tizimiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida va unga tenglashtirilgan lavozimlarda korreksion-pedagogik faoliyat olib borish;

Tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, inklyuziv ta’lim joriy etilgan ta’lim muassasalari direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

 

O'xshash dasturlar