WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti

Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Bizning maqsadimiz

 

Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, qattiq foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu sohaga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot markaziga aylanishdir.

 

Bizning vazifamiz

 

Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda, davlatimizning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta’limni rivojlantirish orqali jamiyatni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga hissa qo'shish.

 

Kafedra haqida

 

“Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” kafedrasi. O‘rta Osiyoda geolog kadrlarni tayyorlash XX asrning 20-yillaridan, Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida konchilik bo‘limi va “Kon-razvedka ishlari” kafedrasi tashkil etilishi bilan boshlangan. Kafedraga professor M.M.Protodyakonov mudirlik qilgan. “Razvedka usullari” o‘quv kursini kafedra o‘qituvchilaridan N.V.Shabarov (1928-1929 y.y.) va B.N.Nasledov (1930 y.) olib borgan.

1930-yilda universitetning bir qator fakultetlari mustaqil institut sifatida ajralib chiqdi. Geologiya-konchilik kafedralari asosida O‘rta Osiyo geologiya-qidiruv instituti (SAGRI) tashkil etilgan. “Razvedka ishlari” kafedrasini N.V.Shabarov, B.N.Nasledov, 1931-yildan esa dotsent A.K.Kargin boshqargan. 1936-yildan 1941-yilgacha kafedra mudiri bo‘lib P.A.Shextman ishlagan. 1941-45-yillarda kafedrani prof. V.M.Kreyter boshqargan. Keyinchalik kafedra mudiri bo’lib A.V.Korolev, A.M.Gabrilyans va P.A.Shextman ishlagan.
 
1961-yildan boshlab, “Foydali qazilma konlarini izlash va qidirish usullari” kafedrasiga prof. N.A.Nikiforov rahbarlik qildi.

Kafedraning ko‘plab bitiruvchilari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Kavkaz davlatlari hamda, Rossiyaning Ural, Sibir, Kamchatka, Kolima kabi rayonlarida samarali mehnat qilmoqdalar. Ularning ko‘pchiligi ishlab chiqarish va fan sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, korxona va tashkilot, institut va laboratoriyalarning rahbar lavozimlarida ishlamoqdalar. Kafedra bitiruvchilaridan Rossiya Fanlar Akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, korrespondent a’zosi E.A.Radkevich, “Toshkentgeologiya” trestining Chotqol ekspeditsiyasi boshlig‘i A.K.Sobakin Mehnat Qahramoni yuksak unvoniga, X.M.Abdullayev, V.G.Gorkovech, A.A.Petrenko, V.E.Poyarkov, I.S.Sokol, V.A.Talalov, K.B.Shulyatnikov, V.M.Shurgin Lenin mukofotiga, G.Abduraxmonov, B.M.Biryukov, V.N.Golubin, A.A.Danilyans, V.T.Malsev, N.V.Nechelyustov, A.V.Purkin, V.E.Poyarkova, E.K.Tepikin, G.S.Chikrizov Davlat mukofotiga, X.N.Boymuxamedov, I.M.Mirxodjayev, A.A.Abdumajitov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, G.Abduraxmonov, K.A.Bragin, M.P.Vakulenko, A.O.Butorin, A.B.Gabelko, V.G.Gorkovech, I.M.Golovanov, G.I.Malmatin, A.I.Popov, M.E.Poyarkova, I.M.Safonov, I.S.Sokol, E.K.Tepikin, X.To‘raqulov, N.A.Nikiforov, N.D.Ushakov, A.Sh.Shomansurov, T.Sh.Shoyoqubov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog faxriy unvonlariga sazovor bo‘lishgan.


2008-yil sentabridan boshlab, ko‘p yillar davomida taniqli olimlar A.V.Korolev, X.M.Abdullayev va X.N.Boymuhamedov tomonidan boshqarib kelingan sobiq “Foydali qazilmalar” kafedrasi “Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari” kafedrasiga qo‘shildi.

Kafedra rahbariyatida tez-tez o‘zgarish sodir bo‘lib turdi: 1988-1990-yillarda dotsent A.X.Boymuxamedov; 1991-1996-yillarda dotsent B.A.Isaxodjayev; 1996-1997-yillarda dotsent M.A.Mirusmanov; 1997-2000-yillarda dotsent Q.X.Xudoyqulov; 2001-2007 yillarda  akademik X.A.Akbarov; 2007-2009-yillarda professor B.A.Isaxodjayev; 2009-2012-yillarda katta o‘qituvchi S.T.Sodiqov; 2012-2015-yillarda dotsent A.A.Abduraxmonov; 2015-2016-yillarda dotsent X.S.Xodjayev; 2016-2018-yillarda dotsent O.T.Roziqov, 2018-2019-yillarda dotsent M.A.Mirusmanov; 2019-2020-yillarda dotsent B.N.Urunovlar kafedrani boshqardilar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab kafedrada, Respublikaning butun oliy ta’lim tizimida bo‘lganidek, o‘quv jaryonini tubdan qayta tashkil etish amalga oshrilmoqda. O‘quv rejalar va standartlarning strukturasi va mazmuni o‘zgartirilmoqda, o‘quv jaryoni va ilmiy izlanshlarni tashkil qilishda yangi qadam qo‘yilmoqda. Asosiy intilishlar O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni”ning vazifalarini bajarishga, xalq xo‘jaligi muayyan tarmoqlarining talablarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlashga qaratilmoqda.

O'xshash dasturlar