Dastur haqida
|
I.Fanning mazmuni Fanni о‘qitishdan maqsad - talabalarda tarixiy geografiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni о‘rganishdagi о‘rni, mintaqamizning boy tarixiy geografiyasi haqida bilim, kо‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarda fanning nazariy va amaliy masalalari hamda О‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasini о‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Tarixiy geografiyaning vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari: tabiiy tarixiy geografiya; aholi tarixiy geografiyasi; xo‘jalik (iqtisodiy) tarixiy geografiyasi; siyosiy tarixiy geografiya (shaharlar va o‘lkalar joylashishi, tarixiy voqealar geografiyasi, harbiy harakatlar yo‘nalishlari, janglarning karta-sxemalari, xalq qo‘zg‘olonlari geografiyasi). 2-mavzu. Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti Dastlabki xaritalarini vujudga kelishi va dastlabki geografik bilimlarni yig‘ilishi. Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimda geografik bilimlarni shakillanishi. A.Orteliyning tarixiy geografiya shakllanishiga qo‘shgan hissasi. F.Klyuverning tarixiy geografik manbalar va asarlarga oid tanqidiy tahlili. J.D’Anvil va fransiyalik erudit maktabi boshqa vakillari tomonidan qadimgi va o‘rta asrlar tarixiy geografiyasining o‘rganilishi. 3-mavzu. Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti XIX asrning ikkinchi yarmida tarixiy geografiyaning yangi qirralari. Rossiyada tarixiy geografiyaning taraqqiyoti. Tarixiy geografiyaning Sharqda tadqiq etish muammolari. Al-Xorazmiy, Beruniy, Narshaxiy, Mirxond, Xondamir, Bobur va boshqa allomalar asarlarining tarixiy geografiya uchun ahamiyati. 4-mavzu. Tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari. Kartografiya haqida ilmiy tushuncha. Kartalarning mazmuniga ko‘ra bo‘linishi. Tarixiy kartografiya ilmiy fan sifatida. Tarixiy kartografiyaning fan sifatida mazmuni va tarixiy-kartografik usullarning tarix fanida qo‘llanilishi. Umumiy va alohida tarixiy kartalar. Tarixiy kartalarning turlari (tarixiy-siyosiy, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-harbiy, madaniy-tarixiy va hokazo). 5-mavzu. Tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari. Tarixiy kartografiyaning fan sifatida mazmuni va tarixiy-kartografik usullarning tarix fanida qo‘llanilishi. Umumiy va alohida tarixiy kartalar. Tarixiy kartalarning turlari (tarixiy-siyosiy, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-harbiy, madaniy-tarixiy va hokazo). 6- mavzu. Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti Tarixiy kartografiyaning paydo bo‘lish bosqichi va taraqqiyoti.Tarixiy-o‘quv kartalar. Qadimgi geografik kartalarning tarixiy manbashunoslik ahamiyati. Tarixiy kartalarni o‘rganishning tarixnavislik jihatlari. Ilk tarixiy atlaslarning xususiyatli jihatlari. O‘rta Osiyoning hududlari aks ettirilgan tarixiy kartalar. O‘rta osiyolik olimlarning kartografik tadqiqotlari. Yevropalik olimlarning kartalari va ularning xususiyatlari. Rossiya imperiyasi va sobiq SSSRda tarixiy kartografiya. Mustaqil O‘zbekistonda kartografiya fanining taraqqiyoti. 7- mavzu. Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti . O‘rta osiyolik olimlarning kartografik tadqiqotlari. Yevropalik olimlarning kartalari va ularning xususiyatlari. Rossiya imperiyasi va sobiq SSSRda tarixiy kartografiya. Mustaqil O‘zbekistonda kartografiya fanining taraqqiyoti. 8- mavzu. O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tarixiy geografiyasining asosiy jihatlari va xususiyatlari. Temir asri (paleolit, mezolit, neolit) manzilgohlari tarixiy geografiyasi. Joytun, Kaltaminor, Tozabog‘yob, Amirobod va boshqa madaniyatlar. Eneolit va bronza (o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, ko‘chmanchi qabilalar qo‘rg‘onlari, mozor-qo‘rg‘onlar va hokazo) davridagi manzilgohlar va aholining tarqalishi. 9- mavzu. O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi Qadimgi Xorazm, Sug‘d va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi. Ahamoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo tarixiy geografiyasi (mil. avv. VI-IV asrlar). Asosiy tarixiy viloyatlar, aholi joylashuvi. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining xususiyatli jihatlari; shaharlar, davlat birlashmalarining shakllanishi. Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlari va yunon-makedon istilolari davri tarixiy geografiyasi. Spitamen qo‘zg‘oloni tarixiy geografiyasiga tavsif. Salavkiylar davlati hukmronligi davrida So‘g‘d (So‘g‘diyona) va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi. Ma’muriy-hududiy bo‘linish, shaharlar va asosiy mintaqalar. Yunon-Baqtriya podsholigi tarixiy geografiyasi. Buyuk Ipak yo‘liga tarixiy-geografik tavsif. Asosiy yo‘nalish va tarmoqlari. Kushon podsholigi tarixiy geografiyasi. Qadimgi yunon va rim xaritalari va ularda O‘rta Osiyo hududini aks etishi. Sharq mamlakatlari xaritalarida O‘rta Osiyo hududi. 10- mavzu. O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyo hududida ilk feodal davlatlarning tashkil topishi. Eftaliylar davlati tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyo Turk hoqonligi tarkibida (VI-VII asrlarga tarixiy geografik tavsif). Arab xalifaligining O‘rta Osiyoni istilo qilish tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyo Arab xalifaligi tarkibida. Tarixiy-siyosiy geografiya. O‘rta Osiyoda xalifalik hokimiyatiga qarshi xalq harakatlari geografiyasi (Muqanna va hokazo). XI asrda O‘rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlatining tarixiy geografiyasi. Somoniylar davlatining tarixiy geografiyasiga tavsif (chegaralari, iqtisodiy aloqalari, shaharlar). Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi va tarixiy geografiyasiga tavsif. Xorazmning Ma’mun, G‘aznaviy va Saljuqiylar davlatlari davridagi tarixiy geografiyasiga tavsif. Turkiy tili o‘zbek xalqining shakllanishi va uning asosiy davrlari. Xorazmshohlar (anushteginlar) davlati va uning tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyoga mo‘g‘ullar bosqini. O‘rta Osiyo xalqlarining bosqinchilarga qarshi harakatlari tarixiy geografiyasi. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ul uluslari (Chig‘atoy ulusi, Oltin O‘rda) tarkibidagi tarixiy geografiyasi: Kebekxon islohotlari va Movarounnahrning ma’muriy-hududiy bo‘linishi. Chig‘atoy ulusining qulashi. Movarounnahrning XIV asrning 50-60 yillaridagi va mo‘g‘ul xonlarining yurishlariga qarshi kurashlari tarixiy geografiyasi. Mahalliy olmlar tomonidan olib borilgan kartografik va geografik tadqiqotlar hamda ularning ahamiyati. Amir Temur davlatining shakllanishi va taraqqiyoti (ma’muriy-siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar va hokazo). Temuriylar davlatining tarixiy geografiyasi (XV asr). Ulug‘bekning Movarounnahrdagi davlati. XV asr oxirida O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi. 11-mavzu. O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasi Ko‘chmanchi o‘zbeklarning Dashti Qipchoqdagi davlati (Abulxayrxon davlati) va uning Shayboniyxon tomonidan tiklanishi (tarixiy-geografik tavsifi). Temuriylar va shayboniylar o‘rtasidagi kurashlar tarixiy geografiyasi. Shayboniylar davlati tarixiy geografiyasi. Etnik jarayonlar, o‘zbek xalqi shakllanish jarayonining tugallanishi. Ashtarxoniylar va Xorazm davlatiнинг tarixiy geografiyasi. 12-mavzu. O‘rta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi XVII-XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining siyosiy-ma’muriy va ma’muriy-hududiy bo‘linishlari, xo‘jalik, xalqlar, savdo aloqalari va tarixiy demografiyasiga tavsif. Yevropa va sharq mamlakatlarida davr tarixiy xaritalari va ularning ahamiyati. 13-mavzu. O‘rta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi Yevropa va sharq mamlakatlarida davr tarixiy xaritalari va ularning ahamiyati. 14-mavzu. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi. Rossiya imperiyasi bosqini arafasida O‘rta Osiyoni geografik jihatdan o‘rganilishi. O‘rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi geografiyasi. Asosiy istehkomlar, harbiy yurishlar tarixiy geografiyasi. 15-mavzu. O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi. 1865-1867 yillarda Turkiston viloyati. 1867 yilda general-gubernatorlikning tashkil topishi, chegaralari va ma’muriy-hududiy bo‘linishi. Rossiya-Buxoro (1868 y) va Rossiya-Xiva (1873 y) urushlari; chegaralarning o‘zgarishi. XIX asr 80-90 yillari va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi tarixiy geografiyasi. Qo‘qon qo‘zg‘olonining tugallanishi (Po‘latxon qo‘zg‘oloni va uning uch bosqichi), Qo‘qon xonligining tugatilishi. Xo‘jalik tarixiy geografiyasidagi o‘zgarishlar. 16-mavzu.1917-1924 yillarda Turkiston 1917 yil fevralidan so‘ng Turkiston o‘lkasi. 1917-1920 yillardagi keskin harbiy-siyosiy kurashlar davrining tarixiy geografiyasiga tavsif. Turkiston muxtoriyati. 17-mavzu.1917-1924 yillarda Turkiston Turkiston ASSR va uning tarixiy geografiyasi. 1917-1920 yillarda Buxoro va Xiva xonliklarining tarixiy geografiyasi. BXSR va XXSRining tashkil topishi. 18-mavzu. O‘zbekistonning tarixiy geografiyasi (1924-1938 yillar) O‘zbekistonning 1924-1938 yillardagi chegaralari va ma’muriy-hududiy bo‘linishi (viloyatlar, uyezdlar, volostlar, qishloq sovetlari; okruglar, rayon tizimi tashkil etilishi; okrug va viloyatlarga qaytish). 19-mavzu. O‘zbekistonning XX asr 40-80 yillaridagi ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimi. O‘zbekiston poytaxtlari. Hududiy bo‘linishdan so‘ng O‘rta Osiyo chegaralari (Qozog‘iston va Qirg‘iziston ASSR, AO). Tojikiston O‘zbekiston tarkibida. 1929 yilda Tojikiston ASSRning tashkil topishi. 20-mavzu. O‘zbekistonning XX asr 40-80 yillaridagi ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimi. Qoraqalpog‘iston avtonom oblasti Qozog‘iston tarkibida; RSFSR tarkibida 1932 yilda Qoraqalpog‘iston ASSRning tashkil etilishi. 1936 yilda Qoraqalpog‘istonning avtonom respublika sifatida O‘zbekiston tarkibiga kirishi. Qoraqalpog‘istonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi, poytaxtlari. 21-mavzu. Sovet davrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston chegarasining o‘zgarishlari. Sovet davrida O‘zbekiston chegarasining o‘zgarishlari. Sovet davrida Qozog‘iston va Tojikiston chegarasining o‘zgarishlari. 22-mavzu. Sovet davrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston chegarasining o‘zgarishlari. O‘zbekistonning xo‘jaligi, aholi va tabiiy geografiyasi. Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalar o‘rtasidagi hududiy o‘zgarishlar, Sovet hukumatining iqtisodiy, siyosiy va milliy omillar asosida respublikalar chegaralarini o‘zgartirishi. hegara o‘zgarishlari Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalar o‘rtasida murakkab siyosiy va iqtisodiy omillar natijasida yuzaga kelgan hududiy qayta tashkil etish jarayoni edi. Bu jarayon o‘zida bir qator sabab va omillarni jamlagan bo‘lib, ular milliy chegaralarni aniqlash, iqtisodiy rivojlanish uchun qulay hududlarni taqsimlash va turli etnik guruhlarning joylashuvini hisobga olish 23-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-geografik tavsifi va ma’muriy-hududiy tuzilishi. Respublikaning aholi geografiyasi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi. Transport va aloqa yo‘llari. Tarixiy geografiya va kartografiya fani taraqqiyoti va tadqiqotlar tahlili.
III. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan maqsad – ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha va xorijiy adabiyotlar, tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. III. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Tarixiy geografiya seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1-mavzu. Tarixiy geografiyaning metodi, predmeti va vazifalari. 2-mavzu. Tarixiy geografiyaning vazifalari. Tarixiy geografiyaning asosiy bo‘limlari 3-mavzu. Tarixiy geografiyaning shakillanishi va taraqqiyoti 4-mavzu. Tarixiy kartografiya va uning asosiy yo‘nalishlari. 5-mavzu. Tarixiy kartografiyaning shakillanishi va taraqqiyoti 6-mavzu. O‘rta Osiyoning ibtidoiy jamoa va antik davrdagi tarixiy geografiyasi 7-mavzu. O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi tarixiy geografiyasi. 8-mavzu. O’rta Osiyo xonliklari davri tarixiy geografiyasi. 9-mavzu. O‘rta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asr birinchi yarmidagi tarixiy geografiyasi 10-mavzu. O‘rta Osiyoning chor Rossiya imperiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi. 11-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-hududiy bo‘linishi.1917-1924 yillarda Turkiston. 12-mavzu. O‘zbekistonning 1924-1938 yillardagi chegaralari va ma`muriy-hududiy bo`linishi.O‘zbekistonning XX asr 40-80 yillarida ma’muriy-hududiy bo‘linish tizimi. O‘zbekiston poytaxtlari. Sovet davrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston chegarasining o‘zgarishi 13-mavzu. O‘zbekistonning xo‘jaligi, aholisi va tabiiy geografiyasi. 14-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining tarixiy geografiyasi (1991-2017 yillar) 15-mavzu. O‘zbekistonda tarixiy geografiya fani taraqqiyoti vazifalari seminar mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga