Dastur haqida
I.Fanning mazmuni
Fanni o‘kitishdan maqsad - talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning vazifasi, predmeti va obyekti, tadqiqot va manbalarning turlarini va tadqiqotlar natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va tashqi tahlil qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil qilishga ong bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga manbalar va tarixiy tadqiqotlarning manbashunoslikdagi va tarixshunosliqdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida, umumiy ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy tadqiqotlardan kichik ilmiy ishlarida foydalanishii o‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism
II.I. Fan tarkubiga quyidagi mavzular kiradi:
3-semestr
Manbashunoslik va tarixshunoslik
1-mavzu. Manbalarni turkumlash.
Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati. Turkumlashdagi asosiy tamoyillar: manbalarni mazmuniga, kelib chiqishiga va yo‘nalishiga qarab ajratish. Tarixiy manba. Manbalarning asosiy turlari: moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar. Tarixiy manbalarning shakl va mazmuniga qarab guruhlarga bo‘linishi: moddiy (ashyoviy) manbalar, etnografik manbalar, lingvistik manbalar, og‘zaki manbalar (folklor), Yozma manbalar. Yozma manbalarning asosiy xillari. Adabiy manbalar (yilnomalar, hronikalar, Epik yodgorliklar. Aktlarga oid hujjatlar (yorliqlar, aktlar, xatlar, yuridik-qozixona hujjatlari). Arxiv manbalari. Normativ va ijroiya hujjatlari; statistik materiallar tarixiy manba sifatida. Jamoat tashkilotlari hujjatlari tarixiy manba sifatida. Diplomatik hujjatlar, memuarlar, davriy matbuot.
2-mavzu. Manbalarni o’rganish: aniqlash, tiklash, tahlil qilish.
Manbashunoslik sohasidagi tadqiqot. Manbalarni aniqlash va uning ilmiy ahamiyati. Manbalarni mavzular tartibida saralash va uning asosiy shartlari. Manbalarni tahlil qilish uslublari. Manbalarnn tashqi va ichki belgilariga qarab tag‘lil qilish. Manbalarni umumiy tavsiflash va alohida bir manbani tadqiq etish. Matnni aniqlash. Asl manba. Manba yozilgan davr va joy, unda tarixiylikning in’ikosi. Manbaning yaratilish tarixi shart-sharoit va udaga tarixiy haqqoniylik mezoni (hujjatlarda tarixiylik deyarli real aks etgan bo‘ladi). Asl manbadan ko‘chirilgan nushalar. Nushalarning asl manbaga yaqinligini aiiqlash muammolari.
3-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari (arab yozuvigacha)
Qadimgi epigrafik manbalar (Behistun, Persepol, Nahshi Rustam, Doro I, Ayritom bitiklari). Avesto-qadimiy yozma yodgorlik; Avestoda O‘rta Osiyo tavsifi. Qadimgi Hind manbalarida O‘rta Osiyo haqida ma’lumotlar. Qadimgi Yunon va Qadimgi Rim mualliflari asarlari O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixiga oid muhim manba: Gerodot, Diodor, Aristotel, Pompey Trog, Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Gay Pliniy, Plutarx, Polibiy, Strabon, Klavdiy Ptolemey asarlari. Xitoy solnomalari O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha qadimgi manba sifatida. Xou-Xan-shu («Keyingi Xan sulolasi tarixi»), Bey-shu («Shimoliy sulolalar tarixi»), Suy-shu («Suy xonadoni tarixi») va b. Qadimgi turkiy manbalar ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo tarixiga oid manba sifatida. runa bitiklari: Lena-Baykalbo‘yi, Yenisey, Mongoliya, Oltoy, Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyodan topilgan bitiklar (To‘nyuhuq bitigi, Kultegin bitigi, Bilga xoqon bitigi, Ongin bitigi va b.). Sug‘d hujjatlari o‘rta asrlar O‘rta Osiyo tarixiga oid muhim manba. Muh qal’asidan topilgan hujjatlar, Afrosiyobdan topilgan sug‘d hujjatlari, Sharqiy Turkistondan topilgan sug‘d hujjatlari va boshqalar.
4-mavzu. Arab yozuvidagi (arab, fors turkin tillardagi manbalar)
Arab yozuvidagi dastlabki manbalar tarixidan. Arab tilidagi yozma manbalar: Qur’oni Karim va uning tafsirlari; hadislar va ularning sharhlari; Muhammad payg‘ambar va xalifalar hayotiga oid asarlar. Fikhga oid manbalar. Arab tilida yozilgan turli fan sohalariga oid manbalar (filologiya, lug‘atlar, filosofiya, meditsina, geografiya). Arab tilidagi tarixiy asarlar (al-Madoiniy, Tabariy, al-Balazuriy, al-YA’qubiy, Beruniy asarlari). Fanlar tasnifiga oid asarlar (Ibn an-Nadim, Abu Abdullox al- Xorazmiy). IX-XIII asrlar davomida arab tilidagi manbalarning ko‘payishi. Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. Arab yozuviga o‘tish bosqichlari. Forsiy matnlardagi xat turlari. Xattotlik kasb sifatida. Forsiy yozma merosning ko‘payib borishi. Eng qadimgi forsiy qo‘lyozmalar (islomga oid manbalar; turli fan sohalariga oid asarlar). Bizgacha yetib kelgan forsiy yozma meros xaqida (Tarjimayi “Tarixi Tabariy”, Hudud-ul-olam, Jahonnoma, “Zayn-ul-axbor” Gardiziy asari; Firdavsiy “Shoxnoma”).
Arab yozuvidagi turkiy yozma meros. Turkiy yozma merosning ko‘lami. Turkiy tillardagi yozma merosning shakl jihatdan tarkibi; nazmda yozilgan asarlar, islomta oid asarlar, tarjima asarlar (arab va forsiy tillardan), sharhlar. Arab yozuvidagi turkiy qo‘lyozma asarlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari (jahon qo‘lyozma xazinalaridagi salmog‘i). Turkiy qo‘lyozmalarning mazmuniy tarkibi: tarix, xronologiya, yozishmalar, bnografiya, shajara, geografiya, bibliografiya, astronomiya, ensiklopediya, meditsina, falsafa, etika, matematika. Arab yozuvidagi turkiy qo‘lyozmalarning tashqi belgilariga qarab bo‘linishi. Turkiy qo‘lyozmalar - “Qutadg‘u bilik”,’Tarixi muluki ajam”, Qur’on tafsirlari, “Qisasi Rabg‘uziy”. “Shayboniyioma”, “Tavorixi guzida” asarlari.
5-manzu. Sharq qo‘lyozmalari xazinalari
Qo‘lyozma asarlar tarixidan va ularning hududiy qamrovi. Arab tilidagi yozma meros va uning tarqalishi. qo‘lyozmalarning jahon bo‘ylab tarqalish sabablari. Sharq qo‘lyozmalarining Yevropaga tarqalishi. Sharq qo‘lyozmalarining turli mamlakatlardagi miqdoriy ko‘rsatkichi. qo‘lyozmalar xazinalari: Misr, Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, O‘zbekiston. Sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash va kataloglar chop etilishi tarixidan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sharq qo‘lyozmalari xazinasi haqida umumiy ma’lumotlar.
6-mavzu. O‘rta Osiyoning IX-XIII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
O‘rta Osiyo tarixi aks etgan IX-XV asrlarda yozilgan arab tilidagi yozma manbalar: al-Madoiniy «Axbor al-xulafo», al-YA’qubiy «Kitob al-buldon», Balazuriy «Kitob futuh al-buldon», Tabariy «Tarix ar-rusul va-l-muluk», Ibn Fazlon «Risola», al-Mas’udiy «Muruj az-zahab», Utbiy «Tarixi Yaminiy», Abu Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum», Abu Rayhon Beruniy «Osor al-boqiya», Mahmud Koshqariy «Devonu lug‘at at-turk», Sam’oniy «Kitob al-ansob», Ibn al-Asir «Al-Komil fi-t-tarix», Yog‘ut Qamaviy «Mu’jam al-buldon», Muhammad Nasaviy «Sirat as-sulton Jaloliddin», Jamol qarshi «Mulhaqat as-surog‘». O‘rta Osiyo IX-XV asrlar tarixiga oid forsiy yozma manbalar: Narshaxiy «Buxoro tarixi», «Hudud ul-olam», Nizomulmulk «Siyosatnoma», Nizomi Aruzi Samarqandiy «Chor maqola», Gardiziy «Zayn ul-axbor», Abulfazl Bayhaqiy «Tarixi Mas’udiy», Avfiy «Javomi’ al-hikoyot», Juvayniy «Tarixi jahongushoy»,
7-mavzu. Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar
Rashiduddin «Jome’ at-tavorix», Hamdalloh G‘azviniy «Tarixi guzida». Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar: Nizomiddiy Shomiy «Zafarnoma», Muiniddin Natanziy «Muntaxab at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma», Abdurazzoq Samarqandiy «Matla as-sa’dayn», Mirxond «Ravzat as-safo» va boshqa asarlardagi ma’lumotlar.
8-mavzu. O‘rta Osiyoning XVI-XVII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
O‘rta Osiyoning XUT-XUI asrlar tarixiga oid manbalar asosai fors-tojik tilida bitilgan. Bu davrdagi yozma manbalar sirasiga Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Fazlulloh ibn Ruzbexonning “Mehmonnomai Buxoro”, Xondamirning “Habib as-siyar”, Zayniddin Vosifiy “Badoye’ ul- vaqoye’”, Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy”. Hofiz Tanish Buxoriy “Abduldanoma”, Mahmud ibn Valiy "Bahr ul-asror”, Hoja Samandar Termiziy “Dastur al-muluk”. Muhammad Yusuf Munshiy “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriy “Ubaydullanoma”, Abduraxmon Davlat “Tarihi Abulfayzxon”.
9-mavzu. O‘rta Osiyoning XVII-XIX asrlar tarixiga oid yozma manbalar
Mir Muhammad Salim «Silsilat as-salotin», Muhammad Vafo Karminagiy «Tuhfai xoniy», Mir Olim Buxoriy «Fathnomayi sultoniy», Axmad Donish «Navodir al-vaqoye’», Abduazim Somiy «Tarixi salotini mang‘itiya», Mirzo Salimbek «Tarixi Salimiy», Muhammad Solih «Tarixi jadidayi Toshkand», Niyoz Muhammad Xo‘qandiy «Tarixi Shohruxiy». O‘rta Osiyoning XVI-XIX asrlar tarixiga oid eski o‘zbek tilidagi yozma manbalar: anonim «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), Muhammad Solih «Shayboniynoma», Zahiriddin Bobur «Boburnoma», Abulg‘ozi Bahodurxon «Shajarayi tarokima», «Shajarayi turk va mo‘g‘ul», Munis va Ogahiy «Firdavs ul-iqbol», Mirzo Olim Toshkandiy «Ansob as-salotin» asarlari.
10-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma manbalarda O‘rta Osiyo tasnifi
O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan yevropa tillaridagi yozma ma’lumotlar: Sayyoh va elchilar Marko Polo, Rui Gonsales de Klavixo va Antonio Jenkinson kundaliklari. XVII-XVIII asrlar rus va yevropa tillaridagi manbalarda O‘rta Osiyo tavsifi: I.D.Xoxlov ma’lumotlari; «Kniga Bolshomu cherteju»; B.A.Pazuxin va S.I. Pazuxin ma’lumotlari; Florio Benevini axboroti; V.N.Tatig‘yev «Leksikon geograficheskoy i politicheskoy»; D.Gladhshev va Muravin ma’lumotlari; F.Yefremov safarnomasi, T.Burnashevning O‘rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi; N.Muravyev ma’lumotlari; YE.K. Meyyendorf safarnomasi.
11-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid Rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari manba sifatida va yevropa tillaridagi yozma manbalar
G.Spasskiy “Aznatskiy vestnik” materiallari.’Turkiston arxeolog havaskorlari to‘garagi”, “Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiya”si kabi ilmiy jamolar tomonidan muntazam nashr etilgan to‘plamlar va boshqalarda e’lon qilingan maqolalar. Rossiya Sharqshunoslari tomonidan e’lon qilingan tadqiqotlarda O‘rta Osiyoning XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan istilo qilinishi, Turkiston general- guberiatorlitining tashqil etilishi tarixi.
12-mavzu. Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zR MDA)
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo tarixiga oid manba sifatida. Turkistonni o‘rgangan rus olimlarining asarlari. Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi materiallari muhim tarixiy manba sifatida. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallar va davriy matbuot («Turkestanskiye vedomosti», «Turkestanskiy vestnik»va b.) xabarlari tarixiy manba sifatida ahamiyati.
13-mavzu. O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi materiallar. Oktabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho‘rolar hukumati tashkil topishi va yangi davlat tarixi bilan bog‘liq manbalar. Sovet hokimiyatining dekretlari. Sovetlar syezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati tarixiga oid hujjatlar tarixiy manba sifatida. O‘rta Osiyoda milliy chegaralash tarixiga oid hujjatlar. O‘zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar; qatag‘onlar tarixi aks etgan hujjatlar. 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid materiallar. O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar. Statistik to‘plamlar. Ish yuritish hujjatlari. O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid muhim tarixiy manba sifatida.
14-mavzu О‘zR FA Sharqshunoslik instituti Sharq qо‘lyozmalari xazinasi.
O‘zR FA Sharqshunoslik institutidagi qo‘lyozmalar xazinasining shakllanish tarixi. Sharq qo‘lyozmalari xazinasida saqlanayotgan eng qadimiy qo‘lyozmalari.Ushbu qo‘lyozmalar qanday sharoitlarda topilgan yoki institutga keltirilgan
15-mavzu, О‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi tarixiga oid manbalar.
4-semestr
1-mavzu. Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi
Tarix fanining vujudga kelishi va o‘tmishnn o‘rganishdagi dastlabki malakalar. Tarix fanining tarkibiy qismlari. Tarix bilimlarini rivojlanishi va o‘zgarishlarini aniqlovchi omillar. Tarix fanidagi izchillik. Tarix fanidagi maktablar. «Tarixshunoslik» atamasi. Tarixshunoslikning obyekti va predmeti. Tarixshunoslik tarix fanining maxsus sohasi va o‘quv fani sifatida. Tarixshunoslikning rivojlanish bosqichlari. Tarixshunoslikda tadqiqotlarning qilish uslullari. Qiyosiy tarixiy usul. Aniq tahliliy usul. Mantiqiy tahliliy usul. Xronologik usul. Davriylashtirish usuli. Retrospektiv tahlil.Tadqiqotlarda mavzuning o‘rganilish darajasini tadqiq qilish. Tadqiqotlarni davrlashtirish. XX asrning 90-yillarida O‘zbekiston tarixshunoslik fani rivojida yangi davrning boshlaiishi. Nazariy-metodologik masalalarning ishlab chiqilishi. Ilmiy maktablarning shakllanishi. O‘zbekistonda tarixshunoslik fani va tarix fanidagi metodologiyalar. Mustaqillik davridagi o‘zgarishlar. Fanlar akademiyasi Tarix instituti tarix fani metodologiyasini va tarix fani konsepsiyasini ishlab chiqarishdagi roli.
2-mavzu. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixining o‘rganilishi
O‘zbekistonning qadimgi davr tarixshunosligi. O‘zbekistonning qadimgi davr tarixi haqida umumiy ma’lumot, uning o‘ziga xos tomonlari. O‘zbekistonning qadimiy tarixiga oid arxeologik tadqiqotlar. Qadimgi davr tarixiga oid numizmatik tadqiqotlarni o‘rganish. Qadimgi epigrafik manbalar (Behistun, Persepol, Naqshi Rustam, Doro I, Ayritom bitiklari)ning o‘rganilishi. Avesto, Qadimgi Hind manbalariga doir tadqiqotlar. O‘rta Osiyo haqidagi antik davrda yaratilgan asarlarining tadqiq etilishi.
3-mavzu. O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi
Sharq qo‘lyozmalari va ularning dunyo sivilizatsiya tarixidagi o‘rni. O‘rta asrlar tarixnavisligining xalq ijodiyoti, an’analari bilan uzviy bog‘liqligi. Arab, fors, yunon va turk tilidagi qo‘lyozmalar va ularning tarix fanining rivojlanishidagi o‘rni. O‘rta asrlarda yaratilgan asarlarning tarixshunoslik jihatidan tahlili. O‘rta asrlarda tarixnavislik maktablaridagi an’analar. O‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asarlarning o‘rganilishi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sharqshunoslar tomonidan qadimgi va o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi. XX asrda qadimgi va o‘rta asrlar tarixining yoritilishi. Mustaqillik yillarida qadimgi va o‘rta asrlar tarixiga oid tadqiqotlar.
4-mavzu. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi
Tadqiqotlarda Amir Temur shaxsi va uning siyosiy faoliyati masalalarining yoritilishi. “Temur tuzuqlari”ning o‘rganilishi. Mirzo Ulug‘bek va Zahiridsin Muhammad Boburning ilmiy merosining o‘rganilishi. Tarixning turli davrlarida Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganishga bo‘lgan munosabat. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida temuriylar davri ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalarining yoritilishi. Temuriylar davrida yaratilgan tarixiy asarlarning o‘rganilishi. Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar davri tarixining tadqiq etilishi. Temurshunos olimlarning ilmiy faoliyati. Xorijiy davlatlarda temuriylar davriga oid tadqiqotlar.
5-mavzu. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi

6-mavzu. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi
O‘rta Osiyoda mahalliy tarixnavislikning shakllanishi va asosiy yo‘nalishlari. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo tarixshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarixiy tadqiqotlardagi yondoshuvlar. XVI-XIX asrning birinchi yarmida Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik tadqiqotlar. O‘rta Osiye xonliklarining tashkil topishi, ma’muriy hududiy tuzilishi, boshqaruv tizimi, xukmron sulolalar.
7-mavzu. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi

8-mavzu. XIX-XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo tarixining o‘rganilishi
Sharqshunoslarning O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar tarixi. etnografiyasi, epigrafikasi va numizmatikasiga oid tarixiy asarlari. XIX- XX asrning boshlarida yaratilgan tarixiy-etnografik asarlar. Sharqshunoslar tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidai bosib olinishi masalalarining o‘rganilishi. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixshunosligi. Davriy matbuotda xonliklar hayotiga oid ma’lumotlar. “Turkestanskiy sbornik” va statistik tadqiqotlarda Buxoro, Xiva, Ko‘qon xonliklari haqidagi ma’lumotlar. Turkistonda bolsheviklar hukmronligi va uning xonliklarga ta’siri. Buxoro va Xiva xonliklarining tugatilishi. Jadid mutafakkirlarining tarix, tarix fani va ta’limi hamda tarixshunoslik haqidagi dunyokarashlari.
9-mavzu. XIX-XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo tarixining o‘rganilishi

10-mavzu.Sovet davrida O‘zbekistonda tarix fani
Sovet davri tarixshunosligining o‘ziga xos xususiyatlari va nazariy konseptual asoslari. Sovet davri tadqiqotlarida O‘zbekiston tarixini bir yoqlama talqin etilishi.
XX asrning 20-30 yillarda tarix fani. O‘zbekistonda ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining tarixchi mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni. Tarix institutining tashqil etilishi. Tarix fakultetlari va kafedralarining ochilishi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi. O‘zbekistonda sharqshunoslik. Sharqshunoslarning tarixshunoslikni rivojlantirishga qo‘shgai hissasi. O‘zbekistonda arxeologiya va etnografiyaga oid tadqiqotlar. Arxeolog va etnograflarning tarix fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. O‘rta Osiyolik allomalarning fan tarixi, madaniyat, O‘rta Osiyo xalqlari san’atiga oid qo‘lyozma manbalarini, ilmiy merosining o‘rganilishi. O‘rta Osiyo xalqlarining xorijiy mamlakatlar bilan tarixiy, siyosiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarining o‘rganilishi.
11-mavzu.Sovet davrida O‘zbekistonda tarix fani

12-mavzu. Mustaqillnk nillarida O‘zbekistonda tarix fannning rivojlanishi
Tarix fanida yangi dunyoqarashlar. Tarixga qiziqishning ortishi O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov asarlarida O‘zbekiston tarixi bo‘yicha tadqiqot sifatida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish» haqidagi (1998 yil) qarori.
1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida “O‘zbekistonning yangi tarixi" markazi tashkil etilishi. Markaz olimlari tomonidan 3 jildli “O‘zbekiston tarixi” kitobining nashr etilishi. Tarix institutining ilmiy faoliyati. Tarixchilar tomonidan davriy, ilmiy, ilmiy-ommabop to‘plamlarning nashr etilishi. Ilmiy anjumanlar va ularda o‘zbek davlatchiligi tarixi masalalarining yortilishi. Zamonaviy arxeologiya, etnografiya va manbashunoslikning vazifalari. Og‘zaki tarix. Tarixga bag‘ishlangan ilmiy jurnallarning O‘zbekiston tarixning yoritishdagi o‘rni.
13-mavzu. Mustaqillnk nillarida O‘zbekistonda tarix fannning rivojlanishi

14-mavzu. O‘zbekistonda tarixshunoslik fannning alohida soha sifatida rivojlanishi
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovni tarix fani metodologiyasi bo‘yicha qarashlari. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunoslik fani rivojida yangi davrning boshlanishi. Nazariy-metodologik masalalarning ishlab chiqilishi. Ilmiy maktablarning shakllanishi. O‘zbekistonda tarixshunoslik fani va tarix fanidagi metodologiyalar. Mustaqillik davridagi o‘zgarishlar. Fanlar akademiyasi Tarix instituti tarix fani metodologiyasini va tarix fani konsepsiyasini ishlab chiqarishdagi roli. “Tarixshunoslik o‘qishlari". O‘zbekistonda tarixshunoslik tadqiqotlari ko‘lami, rivojlanishi. O‘rta Osiyo mutafakkirlari, tarixchilari ilmiy merosini o‘rganish borasidagi keng qamrovdagi jarayonning boshlanishi. Tarix sohasidagi tadqiqotlarida yangi shakl va janrlarning vujudga kelishi. Tadqiqotlarning metodologiyasi masalalari.
15-mavzu. O‘zbekistonda tarixshunoslik fannning alohida soha sifatida rivojlanishi
Mashhur mahalliy tarixchilar ilmiy merosiga yangicha qarashlar. O‘zbek davlatchiligi tarixining yangi konsepsiyasining paydo bo‘lishi. O‘zbek davlatchilik tarixining komlleks ravishda o‘rganilishi. O‘rta Osiyo tarixining turli davrlarining tarixshunoslik jihatidan yoritilishi, Muammoviy tarixshunoslik masalalari. O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazining tashkil etilishi. Zamonaviy tarixshunoslik va istiqboldagi vazifalar.
III. Tavsiya etilgan seminar mashg‘ulotlari
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar Jahon svilizatsiyalari tarixi fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
“Manbashunoslik va tarixshunoslik” fani bo‘yicha seminar mashg‘ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
3-semestr
1-mavzu. Manbalarni turkumlash.
2-mavzu. Manbalarni o’rganish: aniqlash, tiklash, tahlil qilish.
3-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari (arab yozuvigacha)
4-mavzu. Arab yozuvidagi (arab, fors turkin tillardagi manbalar)
5-manzu. Sharq qo‘lyozmalari xazinalari
6-mavzu. O‘rta Osiyoning IX-XIII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
7-mavzu. Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalar
8-mavzu. O‘rta Osiyoning XVI-XVII asrlar tarixiga oid yozma manbalar
9-mavzu. O‘rta Osiyoning XVII-XIX asrlar tarixiga oid yozma manbalar
10-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma manbalarda O‘rta Osiyo tasnifi
11-mavzu. O‘rta Osiyo tarixiga oid Rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari manba sifatida va yevropa tillaridagi yozma manbalar
12-mavzu. Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zR MDA)
13-mavzu. O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
14-mavzu О‘zR FA Sharqshunoslik instituti Sharq qо‘lyozmalari xazinasi.
15-mavzu, О‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi tarixiga oid manbalar.
4-semestr
1-mavzu. Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi
2-mavzu. O‘zbekistonda qadimgi davr tarixining o‘rganilishi
3-mavzu. O‘zbekistonda o‘rta asrlar tarixining o‘rganilishi
4-mavzu. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi
5-mavzu. Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi
6-mavzu. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi
7-mavzu. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari tarixshunosligi
8-mavzu. XIX-XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo tarixining o‘rganilishi
9-mavzu. XIX-XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo tarixining o‘rganilishi
10-mavzu.Sovet davrida O‘zbekistonda tarix fani
11-mavzu.Sovet davrida O‘zbekistonda tarix fani
12-mavzu. Mustaqillnk nillarida O‘zbekistonda tarix fannning rivojlanishi
13-mavzu. Mustaqillnk nillarida O‘zbekistonda tarix fannning rivojlanishi
14-mavzu. O‘zbekistonda tarixshunoslik fannning alohida soha sifatida rivojlanishi
15-mavzu. O‘zbekistonda tarixshunoslik fannning alohida soha sifatida rivojlanishi
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga