WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Islom huquqi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Islom huquqi (70420121) magistratura taʼlim yoʼnalishi boʼlib, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakuliteti orqali tashkil etilgan. Islom huquqi taʼlim yoʼnalishi talabalarni davlat hokimiyati va ijro hokimiyati, oʼzini-oʼzi boshqarish organlari, adliya organlari, advokatlik faoliyati bilan shugʼullanuvchi firma va byurolarda, jamoat birlashmalarida, korxona, tashkilot va muassasalarda yuridik xizmat koʼrsatish yoʼnalishida faoliyat uchun kadrlar tayyorlaydi. Shuningdek, islom huquqi taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilari musulmon dunyosida kechayotgan jarayonlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi vakilliklar, diniy taʼlim muassasalarida, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi, ommaviy axborot vositalari, har xil mulkiy shakldagi biznes tashkilotlarida, qoʼshma korxonalarda yurist mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi.

O'xshash dasturlar