WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Yurisprudensiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Yurisprudensiya (islom huquqi) (60420100) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo'lib, mamlakatimiz yuridik sohasi uchun raqobatbardosh, yuqori malakali va zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etilib, bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yilni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va ijro hokimiyati, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, adliya organlari, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma va byurolarda, jamoat birlashmalarida, korxona, tashkilot va muassasalarda yuridik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat olib boradi; Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalarida xizmat qiladi; ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixona va konsullik muassasalarida hamda boshqa vakolatxonalarda islom dini va islom huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar tayyorlash, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

-              O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa vazirliklar va davlat qo‘mitalari, davlat va nodavlat tashkilotlar, hokimiyatlar va xalqaro tashkilotlarda faoliyati;

-              tuman, shahar va viloyat hokimiyatlarida, boshqa davlat tuzilmalarida huquqshunos mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan faoliyat;

-              huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat hokimiyati tashkilotlarida, advokatura va notariat tizimida hamda korxona, muassasa va tashkilotlarda yurist-konsult bo‘lib ishlash;

-              qonun loyihalari, qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash hamda boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;

-              mamlakat va xalqaro faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan nodavlat va notijorat jamoat tashkilotlarida, huquq-tartibot organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;

-              ilmiy tadqiqot muassasalari, tashkilotlar hamda oliy ta’lim tizimida kichik ilmiy va ilmiy-texnik xodim bo‘lib ishlash;

-              umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida Davlat va huquq asoslari, Tarbiya fanlaridan dars berish (o‘rnatilgan tartibda);

 

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

90

1-8

Attestasiyalar

20

1-8

Kredit ta’lim tizimiga kirish / Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

5

1, 2, 4, 6

Amaliyot

27

 2, 4, 6, 8

Yakuniy davlat attestasiyasi

5

8

Ta’til

39

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

189

 

 

O'xshash dasturlar