WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Lingvistika (arab tili)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz arab tili lingvistikasi (fonetika, morfologiya, sintaksis, semantika), arab tilining tarixiy va zamonaviy dialektlari, qiyosiy tilshunoslik, til siyosati, matn tahlili, leksikografiya, tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (kognitiv, sotsiolingvistika, psixolingvistika) hamda ilmiy tadqiqot metodlari bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‘lasiz. Lingvistika (arab tili) mutaxassisligi hozirgi kunda arab tili mutaxassislariga talab ortishi, Yaqin Sharq davlatlari bilan xalqaro aloqalar rivoji, ilmiy va madaniy merosni o‘rganish, tarjima va lingvistika texnologiyalar sohalaridagi kadrlar yetishmovchiligi, shuningdek, global tilshunoslik tadqiqotlarida sharq tilllarining ahamiyati ortishi sababli muhim mutaxassisliklardan hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Lingvistika (arab tili)” mutaxassisligi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit
to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 720 soat

Ilmiy amaliyot: 180 soat

Magistrlik dissertatsiyasi: 300 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar