WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Marketing

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Marketing taʼlim yoʻnalishi

Umumiy tavsifi

60412500- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi boʻyicha bakalavriat dasturi korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, boshqarish, rejalashtirish, nazorat qilish, marketing kompleksi, bozorni segmentlash, marketing tadqiqotlari oʻtkazish, isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish, korxonalarning marketing strategiyasini ishlab chiqish, tovar, narx, sotish, siljitish siyosatini amalga oshirish, yangi tovarlarni bozorga kiritish, korxonalarni tashqi bozorlarga chiqish usullari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda marketing faoliyatini rivojlantirish istiqbolini belgilashga qaratilgan bilim va koʻnikmalar beradi.

Tarkib va Oʻquv rejasi

Dastur talabalarga marketingga oid bir qator fanlarni, jumladan, marketing, marketing tadqiqotlari, strategik marketing, marketingni boshqarish, raqamli marketing, marketing kommunikatsiyalari, innovatsion marketing, xalqaro marketing, tovarshunoslik, isteʼmolchi xulq atvori, brendni boshqarish fanlarini qamrab oladi.

Oʻquv reja nazariy bilimlarni amaliy qoʻllash bilan uygʻunlashtirib, talabalarga marketing tadqiqotlarini olib borish, korxonalarning bozor faoliyatini boshqarish, strategik rejalashtirish, isteʼmolchilar bilan ishlash muammolarni hal qilish va bu borada strategik qaror qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba orttirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyot qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Oʻquv natijalari

Dasturning oʻquv natijalariga quyidagilar kiradi:

korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, marketing faoliyatini boshqarish, isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish, marketingni rejalashtirish va amalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlish;

ijodiy fikrlash, muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirishni bilish;

korporativ axborot tizimlarini, bozor faoliyati tahlili va marketing tadqiqotlari natijalari boʻyicha xulosalar tayyorlash, maʼlumotlar bazasini yaratish va tahlil qilish;

strategik rejalashtirish, marketing xizmatini tashkil etish, boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini, xodimlar jamoasiga yetakchilik qilishni bilish;

marketing faoliyatini strategik tahlil qilish, korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlish;

korxonaning tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatini ishlab chiqish va ular boʻyicha strategik qarorlar qabul qilish;

biznes-rejalar ishlab chiqish va shartnomalar tuzish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlish;

marketingni tashqi va ichki muhitini, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash koʻnikmalariga ega boʻlish;

marketing faoliyatini tashkil etish, isteʼmolchilar bilan munosabatlar oʻrnatish, kommunikatsiyani samarali amalga oshirish usullarini qoʻllash oʻquviga ega boʻlish;

yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va egallash (maqsadli bozor va maqsadli segment boʻyicha) va ularda samarali faoliyat yuritish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish kabi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlish.

Karyera imkoniyatlari

Bakalavriat dasturining bitiruvchilari marketing boshqaruvi bilan bogʻliq turli soha va lavozimlarda, jumladan, marketing boʻyicha mutaxassis, analitik, savdo, reklama, kommunikatsiya va brending faoliyatini tashkil etuvchi mutaxassis, birjalar, brokerlik idoralari, reklama agentliklar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tarmoqlari, konsalting firmalari, tijorat va notijorat tashkilotlarida marketolog, mutaxassis va maslahatchi sifatida ishlashi mumkin. Bitiruvchilar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi bozor subyektlari, davlat idoralari, notijorat tashkilotlari,  marketing va konsalting firmalari, reklama agentliklari, savdo va logistika korxonalarida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi biznes boshqaruvi va marketing yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun asos boʻlib xizmat qilishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon beradi.

Umuman olganda, marketing fanlari bakalavr dasturi talabalarini korxonalarning bozordagi murakkab muhitida faoliyat yuritishi, bozor faoliyatini samarali tashkil etishga  hissa qoʻshishi va tashkilotlarning marketing amaliyotini tashkil etishi uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma bilan taʼminlaydi.

O'xshash dasturlar