WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Marketing

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Marketing mutaxassisligi

Umumiy tavsifi

70412501- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi boʻyicha magistratura dasturi iqtisodiyot subyektlarining bozor faoliyatini boshqaruv sohasida chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi dasturdir. Dastur talabalarni korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, boshqarish, rejalashtirish, nazorat qilish, korxonalarning marketing kompleksi, bozorga taʼsir etishning  marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish  bilan bogʻliq faoliyatlar uchun zarur boʻlgan ilgʻor koʻnikmalar va muhim bilimlar bilan taʼminlashga moʻljallangan.

Tarkib va Oʻquv rejasi

Dastur davomida talabalar marketing tadqiqotlarida statistik tahlil, strategik brend boshqaruvi, B2B marketing, xizmatlar marketingi, integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasi, neyromarketing, raqobat strategiyasi, reklama menejmenti, chakana savdoda liderlik, narxlashtirish hamda isteʼmolchilar xulq-atvori kabi fanlarni oʻzlashtiradilar. Ular turli tarmoq korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish va bozorga taʼsir koʻrsatish jarayonlarida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqur oʻrganadilar, zamonaviy marketingning strategik imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega boʻladilar.

Marketing boʻyicha magistratura dasturining oʻquv rejasi nazariyani va uning amaliyotga qoʻllanilishini birlashtiradi. Talabalar marketing masalalari bilan bogʻliq tahliliy va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar, tadqiqot loyihalari va simulyatsiyalarda ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Oʻquv natijalari

Magistratura dasturining oʻquv natijalariga quyidagilardan iborat  bo‘ladi:

korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, fan va texnika yutuqlarini bozor jarayoniga tatbiq etish va mazkur jarayonlarni boshqarish;

korxonalarning marketing faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan munosabatlar va jarayonlarni rejalashtirish;

marketingning zamonaviy konsepsiyalarini biznes amaliyotiga tatbiq etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, korxonalarning barqaror rivojlanishiga yoʻnaltirilgan bozor faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

zamonaviy marketing va raqamli marketing muhitini yaratish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va ularning biznes amaliyotida joriy etish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatlarni amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish maqsadlariga mos kelishi borasida korxonalarning biznes faoliyatlarini tashkil etishda ishtirok etish;

tashkilot, korxona va ularning alohida marketing boʻlinmalarini tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning marketing tadqiqotlari va strategik boshqarish borasidagi professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish, intellektual faoliyatdan  samarali foydalanishni rejalashtirish, marketing innovatsiyalarini amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;

reja, hisob-kitob hujjatlarini yuritish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy rivojlanish sohasida ratsionalizatorlik takliflar va ixtirolar boʻyicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlash;

qabul qilinadigan qarorlarni iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida ularni bozordagi xavf-xatar va oqibatlarini hisobga olgan holda marketing boshqaruvi qarorlari variantlarini ishlab chiqishda hamda tanlab olishni asoslashda ishtirok etish;

korxonalarning bozor faoliyati samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan vositalarni aniqlash, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, doimiy axborot toʻplash va statistik hisobotni olib borishni tashkil etish, hisobotlarni tuzish tartiblarini aniqlash;

tarmoqlar va sohalar boʻyicha korxonalarning tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish hamda bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanishni rejalashtirish va amalga oshirish;

biznes rejalar, loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi boʻyicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

iqtisodiyot tarmoq va sohalari korxonalarida yangi marketing innovatsiyalarini va texnologiyalarini tatbiq qilinishini tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar.

Karyera imkoniyatlari

70421501- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistraturasi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyatiyatiga  ega boʻladilar. Bitiruvchilar marketing boʻyicha mutaxassis, marketing faoliyatini boshqarish boʻyicha menejer, analitik, strategik rejalashtiruvchi, savdo, reklama, kommunikatsiya va brending faoliyatini tashkil etuvchi mutaxassis, birjalar, brokerlik idoralari, reklama agentliklari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tarmoqlari, konsalting firmalari, tijorat va notijorat tashkilotlarida marketolog, mutaxassis va maslahatchi sifatida ishlashi mumkin. Baʼzi bitiruvchilar ushbu sohada falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishlari mumkin.

Umuman olganda, marketing mutaxassisligi boʻyicha magistrlik dasturi talabalarni  marketing sohasida faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan ilgʻor bilim, koʻnikmalar bilan taʼminlaydi. Dastur magistratura bitiruvchilarini korxonalarning bozor faoliyatidagi murakkab muammolarini hal qilishga tayyorlaydi, biznes faoliyatini tashkil etish va tashkilotlarning uzoq muddatli barqarorligi va muvaffaqiyatiga hissa qoʻshishiga yordam beradi.

O'xshash dasturlar