Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Metrologiya va standartlashtirish
Dastur haqida
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash va baholash, metrologik ta’minot, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, sifat menejment tizimini ishlab chiqarishga joriy etish, korxonalarda metrologik xizmat, sifat nazoratini tashkil etish, ekspertiza o‘tkazish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq kompleks masalalarga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- Fizik kattaliklar birligi etalonlari va bu birliklarni o‘lchashning namunaviy vositalaridan ishchisiga o‘tkazish usullari;
- o‘lchash usullari va vositalari, o‘lchashlar natijalarini qayta ishlash va baholash;
- mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar;
- standartlashtirishni tashkil etishni nazorat qilish;
- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini metrologik ta’minlash;
- me’yoriy hujjatlar;
- mahsulot sifatini sinash va nazorat qilish;
- korxona va tashkilotlarda sifat menejmenti tizimi;
- metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish;
- ishlab chiqarish korxonalarda metrologik ta’minoti;
- sanoat mahsulotlari va xizmatlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish;
- ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini texnikaviy ta’minlash vositalari; professional ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan va texnika sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng, maxsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, metrlogik tekshirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, sifat menejmenti tizimini baholash, maxsulotlarni sinash soxalarida faoliyat yuritadigan korxonalarida faoliyat olib borish hamda o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazadigan tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
- muhandislik va loyiha-konstruktorlik faoliyati;
- ilmiy-tadqiqot;
- ishlab chiqarish-texnologik faoliyati;
- sifat ko‘rsatkichlari tekshirish va nazorat;
- tashkiliy-boshqaruv
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’yektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Muhandislik-qidiruv va loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:
- o‘lchash vositalari qurilmalarini, qismlari va detallari va yig‘ma ishchi loyihalashtirish va texnik hujjatlarni ishlab chiqish, tugatilgan loyiha konstruktorlik ishlarini, ulardagi loyihalar va texnik hujjatlarni standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish asosida rasmiylashtirish;
- nazorat-o‘lchash asboblari va qurilmalari, ularning muhandislik tizimlari va jihozlarini loyihalash uchun axborotga oid va boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash;
- avtomatlashtirilgan loyihalashning standart vositalaridan foydalangan holda asboblar va qurilmalar konstruksiyalarini hisoblash va konstruksiyalash;
- loyihaviy va ishchi texnik hujjatlarini tayyorlash, yakunlangan loyihaviy-konstruktorlik ishlarini rasmiylashtirish;
- amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash qobiliyatlarini o‘zlashtirish.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- zamonaviy metodlar va vositalardan foydalanib faoliyat ob’yektlari holatini tahlil qilishda ishtirok etish;
- muhandislik ishi sohasidagi ob’yektlar, jarayonlar, tizimlar, jihozlar va texnik vositalarni loyihalash, ishlab chiqish, sinash va ulardan samarali foydalanishda ishtirok etish;
- samarasiz vaqt, mehnat va moddiy resurslarni kamaytirish, rasional texnologik jarayonlarni tanlash bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishda qatnashish;
- muhandislik ishi ta’lim sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi axborotlarning ilmiy manbalarini o‘rganish;
- tahlil, hisobotlar va ilmiy publikasiyalarni tuzish uchun ma’lumotlarni tayyorlash;
- mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
- ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish bo‘yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatida:
- standartlar loyihalarini, uslubiy va me’yoriy materiallarni, texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda, ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda qatnashish;
- o‘rnatilgan talablarga, amaldagi me’yorlar, qoidalar va standartlarga rioya qilishni nazorat qilish;
- sifatni boshqarish tizimlarini amalda o‘zlashtirishda qatnashish;
- metrologik ta’minot va texnik nazorat bo‘yicha ishlar olib borish; zamonaviy o‘lchash, sinash va nazorat usullaridan hamda mahsulot boshqaruvidan foydalanish;
- mahsulot va texnologik jarayonlarning o‘lchanadigan va nazorat ostidagi parametrlarini nomenklaturasini aniqlash, o‘lchashlarning aniqligi va nazorat ishonchliligini optimal me’yorlarini belgilash, o‘lchash va nazorat vositalarini tanlash, maxalliy qiyoslash sxemalarini ishlab chiqish va o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, sozlash va ta’mirlash ishlarini olib borish;
- mahsulotni nomuvofiqlik darajasini baholash, uning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish va oldini olish hamda bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- mahsulotlar, texnologik jarayonlar, xizmatlar, ishlab chiqaprishlar, sifat tizimlari va korxonaning ekologik boshqaruv tizimlarini sertifikatlashni o‘tkazishda ishtirok etish;
- texnik hujjatlarning ekspertizasini, asbob-uskunalarini ekspluatasiyasi va ularning holatini nazoratini amalga oshirish, zaxiralarni aniqlash, asbob-uskunalarni ishlashdagi kamchiliklar va nosozliklar sabablarini aniqlash, bu kamchiliklarni bartaraf etish va asbob-uskunalarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
- konstruktorlik va texnologik hujjatlar tarkibiga kiradigan rejalar, dasturlar hamda nazoratlar, sinovlar va o‘lchashlarni bajarish metodikalar, asbob-uskunalarni ekspluatasiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa matnli hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
- kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish travmatizmini profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, bajarilgan ishlarni ekologik xavfsizligi talablariga rioya qilishni nazorat qilish;
- kasbiy etika qoidalariga rioya qilish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:
- bajaruvchilarning kichik jamoatchilik ishini tashkil etish;
- standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini rejalashtirishda qatnashishi, korxonada (tashkilotda) qo‘llaniladigan standartlar, me’yorlar va boshqa hujjatlarni amaldagi huquqiy aktlarga va texnik jihatdan tartibga solish tizimi rivojlanishining ilg‘or tendensiyalariga muvofiqligini muntazam ravishda tekshirish;
- mahsulot sifatini oshirish va nazorat qilish, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, sinovlar, ekspluatasiya va utilizasiyaning metrologik ta’minotini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
- sifat menejmenti tizimlarini, reklamasiya ishlarini amalga oshirishni, yangi nazorat o‘lchash texnikasini joriy qilish rejalarini tayyorlashda, sertifikatlash talabnomalarini tuzishda ishtirok etish;
- texnik vositalarni, tizimlar, jarayonlar, asbob-uskunalar va materiallarni sertifikatlashga tayyorlash ishlarida; sertifikatlashtirish idoralarini, o‘lchash va sinov laboratoriyalarini akkreditasiyasini o‘tkazishda ishtirok etish;
- mahsulotning talab etilgan sifatini ta’minlashga ketadigan ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari bo‘lgan sarflarni baholash va taxlil qilish; ishlab chiqarish bo‘linmalar faoliyati natijalarini taxlil qilish; sifat boshqaruvi bo‘yicha texnikaviy va tashkiliy-iqtisodiy yechimlarni tanlash va asoslash maqsadida dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash; birlamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining tezkor amaliy ish rejalarini ishlab chiqish;
- belgilangan muddatlarda va tasdiqlangan tartib bo‘yicha ish grafiklarini, talabnomalarni, yo‘riqnomalarni, tushuntirish xatlarini, sxemalar va boshqa texnik hujjatlarni, hamda rasmiy hisobotlarni tuzish;
- zarur ma’lumotlar, texnik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar va ish natijalarini o‘rganish va tahlil qilish, ularni umumlashtirish va tizimlashtirishni amalga oishirish, zarur hisob-kitoblarni zamonaviy texnik vositalardan foydalanib o‘tkazish;
- muhandislik va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tatbiq qilishni tashkil qilish va boshqarish;
- ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda sifatni boshqarish;
- ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
- fikrlar xilma-xilligi sharoitida boshqaruv qarorini qabul qilish;
- birlamchi ishlab chiqarish bo‘g‘inining ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirishda erishilgan natijalarini baholash;
- ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga mosligini monitoring qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar.
Umumiy kompetensiyalar:
- davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish, to‘g‘ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatni shakllantirish;
- xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
- axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay bilishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zarurati to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lish.
Kasbiy kompetensiyalar:
- me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- o‘lchash vositalari qismlari va detallari va yig‘ma birliklarining loyihasini tizimli yondoshuv asosida avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informasion va imitasion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilishni bilish;
- loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- o‘lchash vositalari metrologik xarakteristikalarini aniqlash bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo‘llash qobiliyatlarini o‘zlashtirishni bilish;
- standartlarni ishlab chiqish yoki xalqaro standartlarini qabul qilish jarayondari haqida ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvvdan o‘tkazish davlat nazorati tartib va qoidalarini bilish;
- muvofiqlikni baholash tizimiga tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tanishish va bilish;
- o‘lchash vositalarini metrologik xususiyatlarini aniqlash va ularni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- laboratoriya jixozlarini sozlash, sinash va foydalanishga topshirish qoidalari va texnologiyasini bilish;
- o‘lchash vositalari va sinov qurulmalari jihozlarini, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish va qoldiq resursini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashni ta’minlaydigan fanlar va amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi kredit-modul tizimi asosida shakllantiriladi va kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, talabalar majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirishi, amaliyotlarni o‘tishi va natijada kasbiy faoliyatida zarur bilim, ko‘nikma va malaka kompetensiyalarini egallashini ta’minlovchi mazmunda ishlab chiqiladi.
1. Majburiy fanlar (mantiqiy uzviyligi bo‘yicha):
Mantiqiy davomli fanlar – mantiqiy ketma-ketlikda bir-birini to‘ldiruvchi fanlar jamlamasi. Bunda oldin keladigan fan bo‘yicha talabaning kredit ololmasligi, keyingi mantiqiy davomi bo‘lgan fan bo‘yicha talabaning mashg‘ulotlarga kiritilmasligiga olib kelishi mumkin.
Alohida fanlar – kasbiy kompetensiyalarni yakka holda shakllantirishga xizmat qiladigan davomli bo‘lmagan fanlar. Bunda mazkur fanlar bo‘yicha talaba kredit ololmaganiga GPA bo‘yicha o‘zlashtirish ballari yetarli bo‘lsa, keyingi bosqichda boshqa fanlar bo‘yicha talabaning mashg‘ulotlarni davom ettirish imkonini beradi.
2. Tanlov fanlari.
Chuqur ixtisoslashuv tanlov fanlari – ixtisoslashuvdan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha qo‘shimcha bilim berishga va bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan fanlar jamlamasi. Ushbu fanlarga jami tanlov fanlariga ajratilgan soatlarning 80 % dan kam bo‘lmagan qismi taqsimlanishi mumkin.
Shaxsiy qiziqishga qaratilgan fanlar – talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar, shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar. Ushbu fanlarga jami tanlov fanlariga ajratilgan soatlarning 20 % dan ko‘p bo‘lmagan qismi taqsimlanishi mumkin.
O‘quv rejasidagi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar
1. Majburiy fanlar
Mantiqiy davomli fanlar – mantiqiy ketma-ketlikda bir-birini to‘ldiruvchi fanlar jamlamasi. Bunda oldin keladigan fan bo‘yicha talabaning kredit ololmasligi, keyingi mantiqiy davomi bo‘lgan fan bo‘yicha talabaning mashg‘ulotlarga kiritilmasligiga olib kelishi mumkin.
Alohida fanlar – kasbiy kompetensiyalarni yakka holda shakllantirishga xizmat qiladigan davomli bo‘lmagan fanlar. Bunda mazkur fanlar bo‘yicha talaba kredit ololmaganiga GPA bo‘yicha o‘zlashtirish ballari yetarli bo‘lsa, keyingi bosqichda boshqa fanlar bo‘yicha talabaning mashg‘ulotlarni davom ettirish imkonini beradi.
2. Tanlov fanlar ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovasion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda kasbiy kompetensiyalari kengaytirishga xizmat qiluvchi fanlar majmuasidan iborat bo‘lib, har bir tanlov fanlar jamlamasiga uchtadan kam bo‘lmagan o‘rnini bosuvchi fanlar kiritilishi mumkin. O‘quv rejadagi tanlov fanlari majmuasining umumiy soni 10 tagacha bo‘lishi mumkin.
3. Malakaviy amaliyot.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malakaviy amaliyotlar o‘tkaziladi:
2 va 3 - bosqichlarda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
4 - bosqichda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi;
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malakaviy amaliyotlarning boshqa turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Kvalifikatsiya: Metrologiya va standartlashtirish muhandisi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga