Dastur haqida
Filologiya tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – ta’lim, ijtimoiy xizmat sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u milliy lingvistika sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Filologiya tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi eng nufuzli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda mamlakatimizda bu yo‘nalish bo‘yicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi.
O‘quv dastur maqsadi
Talabalarga filologiya o‘zbek tili sohasida Hozirgi o‘zbek adabiy tili, Til tarixi, Tilshunoslik nazaroyasi, Adabiyotshunoslik, Adabiyot tarixi, Adabiyot nazariyasi, Hozirgi adabiy jarayon fanlari boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Jamiyatning turli jabhalarida faoliyat yurita oladigan filolog mutaxassis tayyorlash.
Natija
4 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha filolog mutaxassis diplomiga ega boʻladilar.
Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 70 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar filologik fanlar (Davlat tilida ish yuritish, Tilshunoslik nazariyasi I, Adabiyotshunoslik nazariyasi I, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, normal fiziologiya, O‘zbekistonning eng yangi tarixi va b.);
3-4 kurslarda talabalar filologik fanlar (Qiyosiy adabiyotshunoslik, Hozirgi o‘zbek adabiy tili, Jahon adabiyoti, O‘zbek folklori, O‘zbek dialektologiyasi va b.)dan tahsil oladilar.
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
- Qayd etilgan kasbiy faoliyat sohalarining
- matn talqini, tushunish va idrok etish, ta’lim jarayoni meyoriy hujjatlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’limning texnikaviy vositalarini o‘rganish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash obyektlarida ilmiy tadqiqot faoliyati;
- ma’naviy-ma’rifiy faoliyat;
- pedagogik faoliyat (umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’limi tizimida);
- tashkiliy-boshqaruv faoliyati: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, AL va KHMlarida ixtisoslik fanlaridan pedagogik faoliyat olib borish,
- ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanish, hokimiyat, vazirlik, qo‘mita, uyushma, kompaniya va tashkilotlarda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi,
- televideniye va ommaviy axborot vositalarida jurnalist,
- nashriyotlarda muharrir sifatida ishlash kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—