WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

TARIX FAKULTETI

60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha)

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar O‘zbekiston tarixi, jaxon tarixi, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, arxeologiya va etnologiya, tarixiy antropologiya, fanlarini o‘rganish bilan tarix bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini o`rganish nazarda tutilgan.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

240

7200

2640

1168

150

 

1322

 

432

4128

 

Yo‘nalish kurs bosqishlarida:

  • O‘zbekiston tarixi, jaxon tarixi, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, arxeologiya va etnologiya, tarixiy antropologiya, fanlarini o‘rganish bilan tarix bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.
  • bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliyotdagi qobiliyat va yangiliklarni shakllantirish;
  • tarix ta’lim sohasi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
  • umumkasbiy fanlar o‘zlashtirishni ta’minlash, tarix fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimga ega bo‘lish;
  • O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, tarix o‘qitish metodikasi fanlaridan bilimga ega bo‘lishini ta’minlash;
  • tarix ta’lim yo‘nalishida olingan ma’lumot va natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.
  • tarix ta’lim sohasidagi talabalarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar va sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tassavur hosil qilishi;
  • manbashunoslik va tarixshunoslik, sharq allomalarining ilmiy merosi va sharq tillari fanlaridan bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash;
  • tarixiy yozma manbalar unumli foydalanish, ulardan tarixiy tadqiqotlarda foydalana olish bo‘yicha muhim bilimlar olishni ta’minlash;
  • tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari, tarix falsafasi va metodologiyasi,  jahon sivilizatsiyalari  tarixi fanlari bo‘yicha maxsus bilim, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirish;
  • tarix ta’lim sohasidagi talabaning muayyan magistratura mutaxasisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;
  • umumiy pedagogika nazariyasi, o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari; ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; umumiy pedagogik texnologiyalar; ta’lim tizimini boshqarish; pedagogik mahorat; umumiy psixologiya: umumiy psixologiyaning sohalari. yosh va pedagogik psixologiya: ta’limni va bilimlarni o‘zlashtirishni boshqarish psixologiyasi; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi o‘qituvchi shaxsi sifatlari; pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot haqida bilim berishi borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

4 - bosqichda o‘rta maktablarda malakaviy pedagogik amaliyot o‘taydilar.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng tarixchi, pedagog mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta`lim

105

1-7

Attestatsiyalar

21

1-7

Fanlarni tanlash uchun ro`yxatdan o`tish

4

1,3,5,7

Amaliyot

20

4,6,8

Yakuniy davlat attestatsiyasi

4

8

Ta`til haftalari

47

1-8

GPA ko`rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

JAMI

204

 

 

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. Falsafa
  2. O‘zbek (rus) tili
  3. Xorijiy til
  4. Dinshunoslik
  5. Umumiy pedagogika va psixologiya
  6. Tarbiya
  7. Arxeologiya
  8. Etnologiya
  9. O‘zbekiston tarixi
  10. Jahon tarixi
  11. Maxsus tarix fanlari
  12. Tarixiy geografiya
  13. Raqamli tarix
  14. Jahon sivilizatsiyalari tarixi
  15. Fan va texnika tarixi
  16. Manbashunoslik va tarixshunoslik
  17. Tarixiy o‘lkashunoslik
  18. Sharq allomalarining ilmiy me’rosi
  19. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
  20. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi
  21. Eski o‘zbek yozuvi
  22. O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
  23. Tarix o‘qitish metodikasi
  24. Tanlov fanlar

 

 

 

 

 

O'xshash dasturlar