Dastur haqida
Ta’lim yo’nalishi tavsifi:
60530500 – Fizika ta'lim yo‘nalishi - fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi
Tarkib va o’quv reja:
Fizika sohasiga oid chuqur nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, zamonaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun nazariy masalalarni quyishni, mexanik, elektr, lazer, optik, yarimo‘tkazgichli hamda shu kabi qurilmalarini ishlata bilishi, parametr va tavsiflarini o‘lchash usullarini qo‘llashni, nano o‘lchamli sistemalar, elementar zarralar, qattiq jism fizikasi, nochiziqli jarayonlar nazariyalarsining asosini, chiziqli va nochiziqli effektlar o‘rnini belgilash, ularga mos qonunlarni, elektromagnit nurlanishlarni muhit bilan ta’sirlashuvi va tarqalishi qonuniyatlari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.
O’quv natijalari:
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng:
-fizikaviy va texnik vositalar, tizimlar va jarayonlar, mexanik, elektrik, optik, atom va yadro qurilmalar, yangi turdagi materiallar olish texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish, avtomatlashtirilgan tajriba qurilmalari yaratish bo‘yicha tashkiliy ishlarda ishtirok etish;
-ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish, fizik jarayonlarning matematik modellarini ishlab chiqish, tajriba natijalarini qayta ishlash hisoblarining algoritmlari hamda matematik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar qilish;
-yo‘nalishga oid respublika va xorijda chop etilgan ilmiy manbalarni o‘rganish;
-ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda, fizik tajribalarni qo‘yishda va ularni bajarishda bevosita ishtirok etish;
-tanlangan mavzu yoki topshiriq bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
-fizika sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishda qatnashish;
-ishlab chiqarish, ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari, muhandislik loyihalarini rivojlantirish va ularni ekspluatatsiya qilish;
-fizik-muhandis sifatida ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;
-mexanik tizimlar, elektron va yarimo‘tkazgich texnikasi, optik uskunalar, elektron boshqaruvga ega bo‘lgan maishiy texnik servis xizmati ko‘rsatish korxonalarida muhandislik faoliyatlariga xos xususiyatlarni bilish ko’nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari:
Bakalavr dasturining bitiruvchilari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida fizika, astronomiya, matematika va informatika fanlaridan dars berish, ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat, ishlab chiqarish sohasida fizik, muhandis-tadqiqotchi, turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash, yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va texnolog bo‘lib ishlash ,ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlashi mumkin.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga