Navoiy davlat universiteti
Professional ta’lim: (Axborot tizimlari va texnologiyalari)
Dastur haqida
PROFESSIONAL TA’LIM: AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Navoiy viloyati
Institut: Navoiy davlat universiteti
Yo‘nalish: 60112400 – Professional ta’lim: (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari)
O‘qish shakli: Kunduzgi
Daraja: Bakalavr
Bepul trening imkoniyati: Yo‘q
Ta’lim tili: O‘zbek, rus
Trening qayerda o‘tkaziladi: Navoiy viloyati
Davomiyligi: 4 yil
Fanlar: 20
Ta’lim narxi: 10,500,000 UZS
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
60112400 – Professional ta’lim: (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari)
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashgan maktablar, litsey va professional ta’lim muassaslarida informatika va axborot texnologiya fanidan dars berish, ta’lim tizimida metodist, ishlab chiqarish obyektlari va tashkilotlarida laborant, fanlar akademiyalarida laborant-tadqiqotchi mutaxassis kvalifikatsiyasiga ega bo‘lishi munkin.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
YDA |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2010 |
624 |
484 |
520 |
382 |
144 |
1080 |
2310 |
1-bosqichda Kasbiy psixologiya 1 va 2, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, Amaliy o‘zbek (rus) tili, Falsafa, Kompyuter grafikasi 1 va 2, Raqamli texnika va dasturiy ta’minot, Multimedia tizimlari va texnologiyalari 1 va 2 fanlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
2-bosqichdan Kasbiy pedagogika, Inkulyziv ta’lim. Gospital pedagogika, Dinshunoslik, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, Dasturlash, Informatika va raqamli texnologiyalar kabi fanlar o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi.
2,3,4-bosqichda o’tiladigan barcha fanlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashgan maktablar, litsey va professional ta’lim muassaslarida informatika va axborot texnologiya fani o‘qituvchisi mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
|
Malakaviy amaliyot |
6 |
2.4.6,8 |
|
Attestatsiyalar |
28 |
1-8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
2 |
8 |
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish va fanlarni tanlash |
6 |
1,3,5,7 |
|
Ta’til |
42 |
1-8 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:
1. 1-kurs:
- dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 2 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-08.01.2024)
- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 24.06.2024-02.09.2024)
2. 2-kurs:
-dekabr oyining 4-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2025-yil uchun 23.12.2024-05.01.2025)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2025-yil uchun 09.07.2025-02.09.2024)
3. 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2026-yil uchun 29.12.2025-11.01.2026)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 08.07.2026-02.09.2026)
4. 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2027-yil uchun 28.12.2026-10.01.2027)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
1. Kasbiy psixologiya
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
3. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
4. Amaliy o‘zbek (rus) tili
5. Falsafa
6. Kompyuter grafikasi
7. Raqamli texnika va dasturiy ta’minot
8. Multimedia tizimlari va texnologiyalari
9. Kasbiy pedagogika
10. Dinshunoslik
11. Raqamli texnika va dasturiy ta’minot
12. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
13. Dasturlash
14. Informatika va raqamli texnologiyalar
15. Web-dasturlsh va dizayn
16. Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasi
17. Informatika va axborot texnologiylarini o‘qitish metodikasi 1
18. Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondoshuvlar
19. Sun’iy intelekt va robotatexnika
20. Informatika va axborot texnologiylarini o‘qitish metodikasi 2
21. Tanlov fanlari
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga