Dastur haqida
Bizning maqsadimiz
Rivojlangan davlatlarning mexatronika va robototexnika soxasida yetakchi bo'lgan universitetlarining o'quv rejalari va fan dasturlariga asosan hamda kadrlar iste`molchilarining talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Bizning vazifamiz
Ta`lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan o'quv–uslubiy faoliyatni amalga oshirish hamda texnologik jarayonlarni avtomaatlashtirish va robotlashtirish orqali xal qilinadigan ishlab chiqarish muammolarini yechimiga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish orqali O'zbekiston Respublikasini barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qilish.
Kafedra tarixi:
1986-yili O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkent politexnika instituti qoshida “Robototexnik va informasion tizimlar” kafedrasi tashkil topgan.
Kafedraning asoschisi va birinchi kafedra mudiri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Po‘lat Fattaxovich Xasanov nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda tan olingan robototexnika sohasidagi yirik olim bo‘lib, O‘zbekistonda robototexnika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining asoschisidir.
1991-yildan boshlab “Robototexnik sistemalar va komplekslar” mutaxassisligi bo‘yicha kafedrada tahsil olgan muhandislar respublikamiz va boshqa davlatlar ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarida o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.
Professor P.F. Xasanovdan so‘ng G.X. Raxmanova (1995-1997 yy.) va X.N. Nazarov (2001-2005 yy.) kafedraga rahbarlik qilganlar.
Kafedrada 1991 – 2012- yillarda “Robototexnik sistemalar va komplekslar” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yuzlab injener va bakalavrlar hamda “Robototexnik sistemalar va komplekslarni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlandi. Ularning asosiy qismi respublikamizning yetakchi sanoat korxonalarini rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2016 yil 2 maydagi “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2524- qaroriga asosan 2016 yil iyun oyida ToshDTU tarkibida “Mexatronika va robototexnika” kafedrasi yangidan tashkil qilindi.
ToshDTU tarkibida yangidan tashkil etilgan “Mexatronika va robototexnika” kafedrasini 2016 yildan hozirgi davrgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent Maxmudjon Muxamedovich Abdullayev boshqarib kelmoqda.
Ushbu kafedra negizida 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab “Mexatronika va robototexnika” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va mos magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilindi. Hozirgi kunda “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo‘nalishi bakalavriatida 148 ta talaba va magistratura mutaxassisligida 13 ta talaba tahsil olmoqda.
Respublika oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan takomillashtirish jarayonlarida kafedra faol ishtirok etmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari tarkibi 12 kishidan iborat – 2 ta texnika fanlari doktori, professor, 2 ta fan nomzodi, dotsent, 4 ta katta o‘qituvchi va 4 ta assistent faoliyat olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 60711500-Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 70711501-Mexatronika va robototexnika magistratura mutaxassisligi uchun Malaka talablari va O‘quv rejalari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga barcha mutaxassislik fanlari bo‘yicha fan dasturlari va ishchi o‘quv dasturlar ham ishlab chiqilgan.
“Mexatronika va robototexnika” kafedrasi respublikamiz uchun yuqori malakali, kompetent ilmiy va rahbar kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Kafedra va “Uzeltexsanoat” uyushmasi, Artel belgisi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Uzelektroapparat elektroshit” AJ, “GM Powertrain O’zbekistan” AJ va boshqa ishlab chiqarish korxonalari orasida ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va robotlashtirish muammolarini hal qilish, kafedra filialini tashkil etish, ishlab chiqarishdagi yetakchi mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini tashkil etish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Artel kompaniyasi qoshidagi “Research and Development” tajriba-konstruktorlik markazi qoshida ochilgan kafedra filialida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ishlab chiqarishning yetuk mutaxassilari tomonidan mos fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kafedra bilan yirik ilmiy markazlar – N. Bauman nomidagi MDTU va MDTU STANKIN (Moskva, Rossiya), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan aloqalar o‘rnatilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari va katta ilmiy xodimlari turli xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida ma’ruzalari, innovatsion yarmarkalarda ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O'xshash dasturlar
Toshkent davlat transport universiteti
Elektr poyezd muhandisligi
—
Toshkent davlat transport universiteti
Logistika
—
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari
9 600 018 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
14 000 000 so'm
yiliga
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
8 968 000 so'm
yiliga