WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR FAKULTETI

60920100 - Ijtimoiy ish (faoliyatning turi sohalari bo‘yicha)

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar ijtimoiy ish sohasini mukammal o‘rganadi. Ijtimoiy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan ijtimoiy ishchi mutaxassislari respublikamizdagi barcha mahallalar, kasb-xunar maktablari, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, hokimiyat, fan va ta’lim sohasida, bundan tashqari jamiyatni barcha boshqaruv tizimlarida faoliyat olib borishadi.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

240

7200

2840

730

1562

 

548

 

408

3962

 

1-bosqichda O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Rus tili, Ijtimoiy ishga kirish, Ijtimoiy ish tarixi, Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish, Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish, Raqamli va axborot texnologiyalari, Xorijiy til (Ingliz, nemis, fransuz), Ijtimoiy ishning etik prinsiplari va qadriyatlari, Umumiy psixologiya fanlari o‘tiladi.

2-bosqichda Ijtimoiy siyosat, Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish, Ijtimoiy ish nazariyasi, Ijtimoiy ish menejmenti, Gumanitar krizislar sharoitida ijtimoiy ish, Dinshunoslik, Ijtimoiy ish nazariyasi, Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari kabi fanlari o‘tiladi. 2-bosqichdan boshlab jamoat tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tadilar.

3-bosqichda Ijtimoiy pedagogika, Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari, Aholini turli guruhlari bilan ijtimoiy ish, Falsafa, Bolalar, yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti, Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyoti, bir qator tanlov fanlari o‘tiladi.

4 bosqichda Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyoti, Zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslar bilan ijtimoiy ish, Keksalar bilan ijtimoiy ish va bir qator tanlov fanlari o‘tiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng ijtimoiy ish hodimi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig’in esa ta’til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg’ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

4 kreditli O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan 1 krediti Samarqand tamadduni tarixi fani sifatida o`tkaziladi (6 soat ma`ruza, 6 soat seminar).

“Inson huquqlari, ayollar huquqlari va bola huquqlari” hamda “Tadbirkorlik ko‘nikmasini rivojlantirish” maxsus kurslari darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi.

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1-8

Attestatsiyalar

21

1-8

Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

4

1,3,5,7

Amaliyot

23

4.,6,8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

8

Ta’til haftalari

44

1-8

GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Samarqand tamadduni
  2. O‘zbek (rus) tili
  3. Ijtimoiy ishga kirish
  4. Ijtimoiy ish tarixi
  5. Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish
  6. Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish
  7. Raqamli va axborot texnologiyalari
  8. Xorijiy til
  9. Ijtimoiy ishning etik prinsiplari va qadriyatlari
  10. Umumiy psixologiya
  11. Ijtimoiy siyosat
  12. Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish
  13. Ijtimoiy ish nazariyasi
  14. Ijtimoiy ish menejmenti
  15. Gumanitar krizislar sharoitida ijtimoiy ish,
  16. Dinshunoslik
  17. Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari
  18. Ijtimoiy pedagogika
  19. Ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari
  20. Aholini turli guruhlari bilan ijtimoiy ish
  21. Falsafa
  22. Bolalar, yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti
  23. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish amaliyoti, I-qism
  24. Zo‘ravonlikdan aziyat chekkan shaxslar bilan ijtimoiy ish
  25. Keksalar bilan ijtimoiy ish

 

 

 

O'xshash dasturlar