WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta`lim yo`nalish nomi:  70110101-“Pedagogika nazariyasi va tarixi”

Ta`lim yo`nalishi tavsifi:

Ushbu ta’lim dasturi orqali pedagogik fikrlar taraqqiyoti, pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini, o‘zbek va jahon pedagog olimlarining ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlarini tahlil qilish, pedagogik metodologiyani o‘zlashtirish: ilmiy tadqiqot olib borish metodlari, pedagogik nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay olish, zamonaviy ta’lim konsepsiyalarini o‘rganish: ta’limda innovatsion yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar va kompetensiyaviy yondashuvlar haqida va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish malakasini shakllantiradilar.

Siz 2 yil davomida “Pedagogika nazariyasi va tarixi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soat

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va ilmiy faoliyat

60

1 – 4

Magistrlik dissertatsiya  ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

4

1-2

MD tayyorlash

10

1-4

Attestatsiya

8

1 – 4

Ta’tillar

18

1 – 4

 

Jami

100

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Magistrant bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi  ta’lim sohasidagi muttaxasislik bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassisikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, bilim va malakalarni baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

 

Fan nomi

1

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

2

Yangi O‘zbekiston  taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar

3

Pedagogikaning pragmatik aspektlari

4

Tadqiqiy pedagogika

5

Innovasion-pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyasi

6

Pedagogik fikrlar taraqqiyoti

 

O'xshash dasturlar