Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Transport vositalari muhandisligi.
Dastur haqida
Bizning maqsadimiz
Transport tizimlari muhandisligi, jumladan qishloq xo’jaligi texnikalari, traktorsozlik va avtomobilsozlik sohasi bo’yicha xalqaro miqyosda tan olinadigan zamonaiy bilimlarga ega bo’lgan sifatli kadrlar tayyorlash va shu sohaning ilmiy yetakchisi bo’lish.
Bizning vazifamiz
Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tatbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni zamonaviy bilimli kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.
Kafedra haqida
O‘rta Osiyo industrial instituti mexanika fakultet tarkibida 1948 yilda “Traktorsozlik” kafedrasi tashkil qilish haqida hukumat qarori chiqdi va unda “Traktorsozlik” va “Qishloq xo‘jalik mashinalari” mutaxassisliklari bo‘yicha injener-mexaniklar tayyorlana boshlandi. Kafedraning birinchi mudiri etib dotsent Aleksey Nikolaevich Ninov tayinlandi. Kafedrada shu yillarda V.I.Sverdlin, K.I.Afanasev, L.M.Teplyakov, I.F.Lyubechanskiy, V.N.Shirokov, P.M.Gandzyura va boshqalar mehnat qilishgan. 1955-yildan boshlab kafedra “Qishloq xo‘jalik mashinalari” kafedrasi deb atala boshlandi.
Kafedraning birinchi mudiri dots. Ninov A.N., o’qituvchilar Gandzyura P.M.,Sverdlin V.I. va o’quv ustasi Osipov S.A. dala sinovlarida
1964-1977- yillarda kafedraga t.f.n., prof. Aslam Hamidovich Hamidov rahbarlik qildilar. Bu davrda paxtachilikni mexanizatsiyalash borasida, jumladan, chigit ekish mashinalarini takomillashtirish va paxta terish mashinalari energetikasini tadqiq qilish bo‘yicha katta ilmiy-tadiqot ishlari olib borildi. Ushbu yillar davomida A.Hamidov rahbarligida kafedraning 4 a’zosi -o‘qituvchilar V.G.Murashkin, R.Tolipov va aspiranlar P.Jumaniyozov, E.N.Mixlinlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqladilar.
Kafedra mudiri prof. Hamidov A.H. bitiruvchi kurs talabalari bilan amaliyotida
1977-1983- yillarda “Qishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlar” kafedrasiga prof. Azmutdin Sadriddinovich Sadriddinov rahbarlik qildilar.Ushbu davrda kafedraga iqtidorli yosh o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar jalb qilindi, kafedrada ko‘p qirrali ilmiy-tadqiqot ishlari turli yo‘nalishlarda olib borildi, yangi ilmiy maktab yaratildi. Azmiddin Sadriddinovning tashabbusi va bevosita rahbarligida qisqa muddatda kafedra uchun alohida to‘rt qavatli yangi ilmiy-o‘quv laboratoriya korpusi qurib bitkazilib, ishga tushirildi. Binoda yangi o‘quv xonalari va ilmiy laboratoriyalar tashkil qilindi.
Ular zamonaviy ilmiy-tekshirish jihozlari va uskunalar, turli xildagi qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollari bilan jihozlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududida kafedraning o‘quv tajriba maydoni tashkil qilindi. Keyinchalik Azmitdin Sadriddinovning yangi tashkil qilingan «Traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi» fakultet dekani lavozimiga saylanishi munosabati bilan kafedraga 1983-1989-yillar davomida, t.f.n.,dots. Erkin Akbarovich Akbarov mudirlik qildilar va kafedra o‘qituvchilari bilan birgalikda yangi binoni jihozlash, o‘quv-ilmiy tajriba xonalarini yaratish, yangi o‘quv rejalari va fanlarini joriy qilish kabi kafedraning rivoji borasidagi ishlarga katta hissa qo‘shdi.
1988-yilda “Qishloq xo’jalik mashinalari” kafedrasidan alohida “Traktorsozlik va ichki yonuv dvigatellari” kafedrasi tashkil qlinib 1997-yilgacha ushbu kafedraga prof. O’tkir Axmedovich.Ikromov rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra o’quv mashg’ulotlari zamonaviy o’lchov-uskunalari bilan ta’minlanib, kompyuter texnikalarilaridan samarali foydalanilgan.
“Qishloq xo‘jalik mashinasozligi” kafedrasiga 1989-2005-yy.da t.f.n., dots. Anvar Doniyorovich Abdazimov mudirlik qildi. Bu davrda kafedra ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli o‘tdi va 2 bakalavriatura yo‘nalishi va 3 magistratura ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
2005-yilda “Qishloq xo’jalik mashinasozligi” va “Traktorsozlik va ichki yonuv dvigatellari” kafedralari birlashtirilib bakalavriat yo’nalishiga mos ravishda yangi kafedraning nomi “Yer usti transport tizimlari (qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorlar)” ga o’zgartirildi, unga prof. Mahkamov Q.X. mudiri etib tayinlandi. 2006-yil iyun oyidan kafedra mudiri etib dots.Abdazimov A.D. tayinlandi.
2005-2006-yy.da kafedraning binosi “O‘zqishloqmashxolding” kompaniyasi korxonalari homiyligida, xususan “Toshkent traktor zavodi” OAJ yordamida tubdan ta’mirlandi. Moddiy texnika bazasini yaxshilash uchun traktor va qishloq xo‘jalik texnikasini yangilash ishlari jadal olib borildi va ushbu kompaniya korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 20 zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi va o‘quv stendlari olib kelindi. 2007-yildan kafedra Germaniyaning hozirda O‘zbekistonga ko‘plab don kombaynlari, traktorlar va boshqa texnika vositalarini yetkazib berayotgan “СLAAS” kompaniyasi bilan yaqin hamkorlik qilib keladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent davlat transport universiteti
Elektr poyezd muhandisligi
—
Toshkent davlat transport universiteti
Logistika
—
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari
9 600 018 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
14 000 000 so'm
yiliga
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
8 968 000 so'm
yiliga