WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Stipendiyalar

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Kimlar uchun

Bakalavriat bosqichi

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida o‘qiyotgan talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:

a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;

yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

O‘zbekiston tarixini bilish;

tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar.