Toshkent davlat transport universiteti
23,000
Talabalar
100
Xorijiy talabalar
662
O'qituvchilar
9
Fakultetlar
42
Kafedralar
2020
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Toshkent davlat transport universiteti Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent davlat transport universitetini O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi PQ-4703 sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari:
- transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;
- o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Xorijiy talabalar uchun
🛂 Oʻzbekiston Talaba Vizasi Olish Tartibi
Transport Universitetiga oʻqishga kirgan xorijiy fuqarolar uchun.
📌 Kimlarga talaba vizasi kerak?
Oʻzbekistonda kunduzgi shaklda oʻqishni rejalashtirgan barcha xorijiy fuqarolar uchun talaba vizasi talab qilinadi.
📝 Vizani olish bosqichlari
-
Taklifnoma olish: Universitetdan rasmiy taklifnoma (VП-2 shakli) oling.
-
Hujjatlarni topshirish: Oʻzbekiston elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qiling yoki e-VISA orqali ariza yuboring.
-
Vizani olish: Viza odatda 1 yil muddatga beriladi, uzaytirish mumkin.
📂 Kerakli hujjatlar
-
Amaldagi pasport (kamida 6 oy amal qilish muddati bilan)
-
Universitetdan taklifnoma
-
3.5x4.5 sm o'lchamdagi fotosurat
-
Konsullik yig'imi to'lovi kvitansiyasi
📌 Muhim
-
Oʻzbekistonga kelganingizdan soʻng 3 ish kuni ichida yashash joyingiz boʻyicha roʻyxatdan oʻting.
-
Vizani olish uchun arizani oʻqish boshlanishidan 30–45 kun oldin topshirish tavsiya etiladi.
📞 Aloqa
Xalqaro aloqalar boʻlimi
Transport Universiteti, Toshkent
📞 Telefon: [+998944160201]

Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan bo‘lib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan samarali aloqalarni izchil rivojlantirib kelmoqda. Universitet xalqaro ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun global imkoniyatlar yaratmoqda.
Xalqaro hamkorlar tarmog‘i
Bugungi kunda universitet 26 ta davlatdagi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan 300 ga yaqin memorandum va hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Xalqaro aloqalar geografiyasi yildan-yilga kengayib, universitetning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib bormoqda.
Universitet QS xalqaro reytingining TOP-300 taligiga kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, AQSHning North Carolina State University hamda Germaniyaning Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg universitetlari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Xalqaro ta’lim dasturlari
Toshkent davlat transport universitetida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Polsha, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya va Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 62 ta qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda.
Universitetning muhim yutuqlaridan biri — Xitoyning Chang’an universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekiston–Xitoy transport va logistika fakulteti hisoblanadi. Ushbu loyiha doirasida Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan 1,8 million AQSH dollari miqdorida grant ajratilgan bo‘lib, grant asosida doktorantlar, magistrantlar va bakalavr talabalar ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Akademik mobillik
Universitet akademik mobillik dasturlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
2022–2025-yillar davomida 380 nafar talaba xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etdi. Shundan:
-
240 nafari xorijda tahsil oldi (outgoing mobility);
-
140 nafari universitetda ta’lim oldi (incoming mobility).
Shuningdek, 300 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlarda malaka oshirish, stajirovka hamda ilmiy tajriba almashish dasturlarida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Xorijiy talabalar
Universitetning xalqaro jozibadorligi ortib borayotgani natijasida bugungi kunda 89 nafar xorijiy talaba Toshkent davlat transport universitetida tahsil olmoqda. Kelgusi o‘quv yilida ularning sonini 300 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar
Universitet xalqaro ilmiy loyihalarda faol ishtirok etmoqda.
2025-yilda Xitoy hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan 2 ta xalqaro ilmiy grant loyihasi g‘olib deb topildi. Loyihalarning umumiy qiymati 3,8 milliard so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi doirasida universitetda umumiy qiymati 1,8 million AQSH dollari bo‘lgan "Lu Ban ustaxonasi" loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha zamonaviy muhandislik ta’limi va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Erasmus+ va xalqaro loyihalar
Universitet Erasmus+ dasturlarida faol ishtirok etib, Yevropaning yetakchi universitetlari bilan akademik almashinuv va ilmiy hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Erasmus+ KA171 Mobility dasturi doirasida Turkiyaning Hasan Kalyoncu universiteti professorlari universitetda ma’ruza va seminarlar o‘tkazmoqda. Professor-o‘qituvchilar esa UNIFROUZ Erasmus+ loyihasi orqali xalqaro treninglar, seminarlar va tajriba almashish dasturlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Xalqaro markazlar
Talabalar uchun zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni taqdim etish maqsadida universitetda qator xalqaro markazlar faoliyat yuritmoqda:
-
Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan O‘zbek–Fransuz 3DEXPERIENCE markazi (Dassault Systèmes platformasi asosida);
-
Rossiyaning Transmashholding kompaniyasi bilan hamkorlikdagi Innovatsion rels transporti kompetensiyalar markazi;
-
Kyungil University (Janubiy Koreya) ofisi;
-
O‘zbekiston–Turkiya hamkorlik markazi.
Bundan tashqari, Airbus kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida aviatsiya transporti muhandisligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar Fransiyada amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Xorijiy tillarni o‘rganish
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi huzuridagi Language Club markazida ingliz, rus, nemis, turk, xitoy va koreys tillari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan. Mazkur markaz talabalarni xalqaro ta’lim dasturlari va akademik mobillikka tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Xalqaro moliyaviy hamkorlik
2025-yil yakunlariga ko‘ra universitetning xalqaro moliyaviy hamkorlik hajmi 10,8 million AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu mablag‘:
-
3,21 million AQSH dollari investitsiyalar;
-
7,63 million AQSH dollari xalqaro grantlar;
-
35 ming AQSH dollari eksport xizmatlari hisobiga shakllantirildi.
Kelajak rejalari
Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va dunyoning boshqa yetakchi davlatlaridagi QS TOP-300 universitetlari bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda innovatsion ta’lim muhitini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.
Toshkent davlat transport universiteti bugungi kunda xalqaro standartlarga mos ta’lim va ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘ygan, dunyo akademik hamjamiyati bilan hamkorlikni izchil rivojlantirayotgan zamonaviy oliy ta’lim muassasasi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Til kurslari
Language Club – Xorijiy tillar markazi
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi "Language Club" xorijiy tillar markazi talaba-yoshlar va barcha til o‘rganishni istovchilar uchun zamonaviy xorijiy til kurslarini taklif etadi. Markazning asosiy maqsadi xalqaro standartlarga mos til ta’limini yo‘lga qo‘yish hamda talabalarni xalqaro ta’lim, akademik mobillik va mehnat bozoriga tayyorlashdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari
-
Jahonda eng ko‘p qo‘llaniladigan xorijiy tillar bo‘yicha sifatli o‘quv kurslarini tashkil etish;
-
Talabalarning xorijiy tillarni egallash darajasini oshirish va xalqaro sertifikatlarga tayyorlash;
-
Toshkent davlat transport universiteti negizida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiluvchi xalqaro e’tirof etilgan ilmiy-ta’lim markazini rivojlantirish;
-
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va mutaxassislar bilan hamkorlikda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish.
O‘qitiladigan tillar
Language Club quyidagi xorijiy tillar bo‘yicha kurslarni taklif etadi:
-
🇬🇧 Ingliz tili
-
🇷🇺 Rus tili
-
🇹🇷 Turk tili
-
🇩🇪 Nemis tili
-
🇯🇵 Yapon tili
Shuningdek, markaz faoliyati doirasida koreys, xitoy va arab tillari bo‘yicha kurslarni tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Ta’lim jarayoni
Mashg‘ulotlar tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida olib boriladi. Zamonaviy o‘quv metodikalari asosida tashkil etilgan darslar tinglovchilarning amaliy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.
Qabul muddatlari
Til kurslariga qabul yiliga ikki marotaba amalga oshiriladi:
-
Sentyabr – oktyabr
-
Yanvar – fevral
O‘quv to‘lovi
-
Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun: 150 000 so‘m (oyiga);
-
Boshqa tinglovchilar uchun: 250 000 so‘m (oyiga).
Ro‘yxatdan o‘tish
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun sahifada joylashtirilgan QR-kod orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Bog‘lanish
📞 Telefon:
-
+998 71 299 02 08
-
+998 71 299 02 07
Language Club — xorijiy tillarni puxta o‘rganish, xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanish va global ta’lim hamjamiyatiga integratsiyalashish sari ishonchli qadam.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga 2023/2024 o'quv yili bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi doirasida jami 10 ta kvota ajratildi. Bular, 1 ta Prezident, 1 ta Islom Karimov, 1 ta Navoiy va 7 ta Beruniy hisoblanadi. Ushbu tanlovga universitet talabalaridan jami 18 nafari qatnashdi va 12 nafari respublika miqiyosiga tavsiya etildi. Bundan tashqari magistratura mutaxassisligi doirasida 2 nafar universitetimiz iqtidorli talabalari ushbu tanlovning respublika bosqichida ishtirok etdilar. Jami 10 nafar talabamiz go'liblikni qo'lga kiritdi hamda davlat stipendiantlari qatorida taqdirlandi.
Universitetda iqtidorli talabalarning mehnati, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yaqqol ko'zga tashlanadi.Iqtidorli talabalarni turli tanlovlar, olimpiadalar va stipendiya dasturlariga saralash o'quv hayotimizning muhim yo'nalishidir. Masalan, o'tgan o'quv yilida talabalarimiz CAECW International Invitational Contest – Reading & Drafting of Construction Drawings" va "CAECW International Invitational Contest – Internet of Things Technology" kabi xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, o'z bilimlarini namoyish etdi va reyting bo'yicha 3 - o'rinni egallab, universitetimizga faxriy mukofotlarni olib kelishdi.

Xalqaro olimpiadada ishtirok etib, 3-o'rinni egallagan talabalar:
"2023 CAECW International Invitational Contest - Reading & Drafting of Construction Drawings" xalqaro olimpiadasida Ilashev Nurziyod sobit o'g'li (YMTQ-2), O'ktamov Abbos Sherzod o'g'li (bi-5r), Alimuxamedov Javlon Murod o'g'li (YMK-1R) guruh talabalari g'oliblikka erishdilar.
"2023 CAECW International Invitational Contest - Internet of Things Technology" xalqaro olimpiadasida Nafasov Sardor, Sayfulloyev G'ayrat, Ganiyev Islom guruh talabalari go'liblikni qo'lga kiritdilar.
Butun Rossiya talabalar olimpiadasi "statistika" (ijtimoiy-iqtisodiy sohalar uchun) xalqaro olimpiadasida Rizamatova Malika Furqat qizi bb-1, Abdunabiyeva Aziza Ulug'bek qizi MRT-4, Mazneva Alina Maratovna MRT-4, Lutfullayev Abdullo Sherzodovich 23-B BNTU, Nodirova Nodirabegim Baxodir qizi MRT-4 guruh talabalari 3-o'rinni egallashdilar.
Bundan tashqari, "TechnoWays", "mening startap loyiham", "top 10 innovator", "Ideaton – Uzbekistan 2030", "ayollar biznesiga birinchi", "yoshlar akademiyasi" tanlovlari o'tkazildi. Talabalarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihlarni, turli tashabbus va tadbirlar orqali iqtidorli talabalarni faol qo'llab-quvvatlaymiz va rag'batlantiramiz. Yuqoridagi 3 ta tanlovda 43 ta talaba ishtirok etgan bo'lib, ularga yuqori o'rinlarni egallagani uchun qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Bu erda ular o'zlarini isbotlash va munosib mukofotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shunday qilib, universitetimizda iqtidorli talabalar nafaqat yuqori sifatli ta'lim olishlari, balki o'z qobiliyatlarini rivojlantirishlari, o'qish va ilmiy faoliyatida yuksak natijalarga erishishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda".

Universitetimizda ilmiy, sport va til sohalarini qamrab oluvchi 68 ta to'garak mavjud. Ushbu xilma-xil tanlovlar va tanlovlar talabalarga turli kasblarda o'z salohiyati va qiziqishlarini ro'yobga chiqarish va yanada ishonchli o'rganish imkonini beradi.
Ilmiy to'garaklar talabalarga dolzarb ilmiy mavzularni chuqurroq o'rganish, tajribali ilmiy rahbarlar rahbarligida ilmiy loyihalar va munozaralarda qatnashish imkoniyatini beradi. Sport klublari turli xil sport va mashg'ulotlarni taklif qilish orqali sog'lom turmush tarzini saqlashga, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Til to'garaklari talabalarga chet tillarini o'rganish, madaniy dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro muloqotga tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini beradi.
Ushbu xilma-xillik tufayli bizning o'quvchilarimiz nafaqat o'qishda faol rivojlanish, balki o'z qiziqishlarini kengaytirish, yangi do'stlar orttirish va qimmatli hayotiy tajribaga ega bo'lish imkoniyatiga ega.
Ushbu 68 ta to'garakning har biri universitetimizda o'quv-madaniy muhitni shakllantirishda, talabalar o'rtasida ijodkorlik, o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini namoyon qilishni rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Bundan tashqari, oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi"yoshlar akademiyasi" da 10 nafar iqtidorli talabalarimiz o'z loyihalari bilan ishtirok etib, a'zolikka qabul qilindi. Yoshlar akademiyasining "yil yakunlari-2023" katalogida 3 nafar talabamizning innovatsion loyihalari ham taqdim etilgan.
"Mirzo Ulug'bekning vorislari-2024" respublika tanlovida 2 nafar talabamiz mintaqaviy bosqichga yo'l oldi.
Dunyodagi nufuzli oliy o'quv yurtlari reytingining eng yaxshi 1000 taligiga kiradi.A. Qozog'iston nomidagi Qoraqalpog'iston universiteti tomonidan o'tkazilgan" axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha talabalar va magistrantlarning ilmiy ishlari va ijodiy loyihalari xalqaro tanlovida". Buketova (Qozog'iston Respublikasi) joriy yilning 14-15 mart kunlari "magistratura bo'limi" 1-bosqich MTF-5 guruhi talabasi Achilov Umarbek Rustamovich "dasturlash" yo'nalishi bo'yicha 2 - o'rinni va yo'nalish bo'yicha 2-o'rinni egalladi.resurslar va axborot xavfsizligi".
Shunday qilib, bizning universitetimizda iqtidorli talabalar nafaqat sifatli ta'lim olishlari, balki o'z qobiliyatlarini rivojlantirishlari, o'qish va ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Fakultetlar
Toshkent davlat transport universitetining
Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti Qo‘shma fakultet sifatida 2018-yilgi Belorusiya milliy texnika universiteti (keyingi o‘rinlarda-BMTU) hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti (keyingi o‘rinlarda TAYLQEI) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvi (21.09.2018 dagi) va shartnoma (05.12.2018) si, BMTU va TAYLQEI da Qo‘shma fakultet (16.03.2019dagi) ga asosan tashkil etilgan.
Qo‘shma fakultet faoliyati qoidalari (Polojenie o sovmestnom fakultete) O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri I.U.Majidov va Belarus Respublikasi oliy ta’lim vaziri I.V.Karpenkolar bilan kelishilgan holda BMTU rektori S.V.Xaritonchik va TAYLQEI rektori A.Riskulovlar tomonidan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 4703-sonli Qarorininng 2-bandi 5-xat boshi asosida Qo‘shma fakultet Toshkent davlat transport universiteti (Transport universiteti) tarkibiga o‘tkazilgan.
Prezident Qaroriga asoslangan holda, 2020-yil 14-dekabrda BMTU va Transport universiteti o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Qo‘shma fakultet faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 421-sonli Qarori (keyingi o‘rinlarda-Qaror) asosida amalga oshirilgan.
Qarorga asosan, talabalar o‘qishini I va II bosqichida Transport universitetida Toshkent shahrida III va IV (sirtqi ta’lim III, IV, va V) bosqichni BMTU, Minsk shaxrida amalga oshirish belgilangan.
BMTU davlat akkreditatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risidagi №0008324 – sonli 22.06.2018, tartib raqami №543 sertifikat hamda ta’lim yo‘nalishlari ko‘rsatilgan I-darajali oliy ta’lim berish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etgan.
O‘quv jarayoni BMTU va Transport universiteti rektorlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida amalga oshirilgan.
Toshkent davlat transport universiteti rektorining 31.08.2022 yildagi 235-U sonli buyrug‘iga asosan fakultet nomi Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasining transport to‘g‘risidagi 2021-yil 9-avgustdagi 706-son Qonuni 2-bob, 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi 4703-son Qarori va boshqa huquqiy-meyoriy xujjatlarda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari belgilangan. Toshkent davlat transport universiteti davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosini ta’milash maqsadida, halqaro hamkorlik yanada rivojlantirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, mavjud Belarus milliy texnika universiteti bilan birgalikda, Belarus davlat transport universiteti, Belarus davlat aviatsiya akademiyasi, Chexiya oliy logistika maktabi, Moskva aviatsiya instituti, Qozon federal universiteti, Imperator Aleksandr I Sankt-Peterburg davlat aloqa universiteti va Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan hamkorlik aloqari to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
2023/2024 o‘quv yilidan transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojni inobatga olib, 5 ta mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarni magistraturaga temir yo‘l, avtomobil transporti, yo‘l va ko‘prik qurilishi, metropolitenlar, transport logistikasi bo‘yicha 1+1 (birinchi yil Transport universitetida ikkinchi yil hamkor OTMda) o‘qishga qabul e’lon qildi.
Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga professor-o‘qituvchilar soatbay asosida jalb etilgan, professor-o‘qituvchilarning 55,7 % ilmiy daraja va unvonga (Qaror bo‘yicha 30% dan kam bo‘lmagan ulushga ega bo‘lishi, Nizomning 3-bandi, 20-xat boshi) ega.
Xar yili hamkor OTMdan professor-o‘quvchilaridan 30 nafari (ularning 50% ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega) taklif etiladi.
I va II bosqichni Toshkent shaxrida muvaffaqiyatdli tugallagan talabalar Transport universiteti rektori buyrug‘iga asosan o‘qishni davom ettirish uchun III-bosqichga o‘tkaziladi va xalqaro OTMlarga jo‘nab ketadi.
Kunduzgi Bakalavr yo‘nalishlari
60420100 Yurisprudesiya (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
60712300 Mexanika muhandisligi (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
61010100 Turizm va mehmondo‘stlik (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Belarus milliy texnika universiteti)
61010400 Logistika (Belarus milliy texnika universiteti)
60712300 Mexanika muhandisligi (Belarus milliy texnika universiteti)
61040100 Havodagi harakatni boshqarish (Belarus davlat aviatsiya akademiyasi)
60420100 Yurisprudentsiya (Rossiya transport universiteti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Ural davlat transport universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Karabuk universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelni instituti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Xitoy Changʻan Universiteti)
60712300 Mexanika muhandisligi (Janubiy Koreya Sun Moon universiteti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Belarus milliy texnika universiteti)
60711500 Aviatsiya muhandisligi (Belarus davlat aviatsiya akademiyasi)
60410800 Menejment (Karabuk universiteti)
60410900 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (Karabuk universiteti)
61040300 Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi (Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC))
60711800 Atrof-muhit muhandisligi (Xitoy Changʻan Universiteti)
61040300 Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi (Janubiy Koreya Koreya aerokosmik universiteti)
60711500 Aviatsiya muhandisligi (Moskva aviatsiya instituti)
Kunduzgi Magistratura yo‘nalishlari
71010402 Transport logistikasi (Belarus milliy texnika universiteti)
71040101 Havodagi harakatni boshqarish va aeronavigatsiya (Belarus davlat aviatsiya akademiyasi)
70712301 Mashinasozlik texnologiyasi (Karabuk universiteti)
71040201 Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish (NAO «Abilqas Saginov nomidagi Qaragʻanda texnika universiteti)
70410804 Korporativ boshqaruv (Belarus milliy texnika universiteti)
70711401 Transport vositalari muhandisligi (Peterburg davlat transport universiteti)
70410102 Iqtisodiyot (Karabuk universiteti)
70410102 Iqtisodiyot (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelny instituti)
70730502 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (Belarus milliy texnika universiteti)
70711406 Vagonsozlik (Peterburg davlat transport universiteti)
70610103 Axborot tizimlari (Bryansk texnika universiteti)
70710902 Temir yoʻl transportida avtomatika va telemexanika (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelny instituti)
70711402 Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi (Belarus milliy texnika universiteti)
71020201 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Ural davlat transport universiteti)
70711401 Transport vositalari muhandisligi (Bryansk texnika universiteti)
70711401 Transport vositalari muhandisligi (Janubi-gʻarbiy Jiaotong universiteti)
70711401 Transport vositalari muhandisligi (Changʻan Universiteti)
Masofaviy Bakalavr yo‘nalishlari
61040200 Yo‘l harakatini tashkil etish (temiryo‘l transporti) (Belarus davlat transport universiteti)
60710400 Energetika muhandisligi (Belarus davlat transport universiteti)
61020400 Logistika (Belarus davlat transport universiteti)
60610900 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Belarus davlat transport universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Belarus davlat transport universiteti)
60730500 Yo‘l muhandisligi (Belarus davlat transport universiteti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Belarus davlat transport universiteti)
60420100 Yurisprudesiya (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
61010100 Turizm va mehmondo‘stlik (Yanki Kupala nomidagi Belarus davlat universiteti)
60410100 Iqtisodiyot (Belarus milliy texnika universiteti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Belarus milliy texnika universiteti)
60710900 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelny instituti)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelny instituti)
61010400 Logistika (Belarus milliy texnika universiteti)
60712300 Mexanika muhandisligi (Belarus milliy texnika universiteti)
60711500 Aviatsiya muhandisligi (Belarus davlat aviatsiya akademiyasi)
60712300 Mexanika muhandisligi (Qozon federal universiteti Naberejniy Chelny instituti)
61040200 Yo‘l harakatini tashkil etish (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
60410100 Iqtisodiyot (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
61020400 Logistika (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
60710400 Energetika muhandisligi (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
60711400 Transport vositalari muhandisligi (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
60610900 Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Nijniy Novgorod temir yo'l instituti - PrivGUPS filiali)
Masofaviy Magistratura yo‘nalishlari
71010402 Transport logistikasi (Belarus milliy texnika universiteti)
70410804 Korporativ boshqaruv (Belarus milliy texnika universiteti)
70730502 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (Belarus milliy texnika universiteti)
70711402 Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi (Belarus milliy texnika universiteti)
Qo‘shma fakultetning o‘quv binosi aloxida korpusda joylashgan. Fakultet binosida jami 13-o‘quv xonasi mavjud, ulardan: 2-ma’ruza xonasi (60 o‘rinli), 8-amaliy mashg‘ulotlari uchun xona, 2-kompyuter xonasi va 1-laboratoriya xonasi.
Barcha o‘quv xonalari proektor va interaktiv doskalar bilan chixozlangan bo‘lib talabalarning bilim olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalarning xammasi ovozli kuzatish kameralari bilan jixozlangan va dars jarayonlari to‘liq nazoratga olingan.











Transport tizimlarini boshqarish fakulteti
1. Transport logistikasi kafedrasi
Tarixi va vazifasi:
-
Tashkil etilgan: 1972
-
Mutaxassis tayyorlaydi: bakalavr (5620100 – Transport logistikasi), magistr (5A620101 – Transport logistikasi)
-
Asosiy vazifa: transport xizmatlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, logistika va transport xavfsizligini integratsiyalash.
Ilmiy-pedagogik faoliyati:
-
7 fan doktori, 17 fan nomzodi tayyorlangan
-
701 bakalavr, 200+ magistr bitirgan
-
Davlat stipendiyalari sovrindorlari: Mansurbek Yoqubov, Akmal Usmonaliyev, va boshqalar
Hamkorlik:
-
“Toshshahartransxizmat” AJ, “O’rta Osiyo Trans” AJ, “BK Intrans” MChJ, “Aziya Trans Terminal”
Fanlar:
-
Logistika, Bojxona ishi, Transport huquqi, Shahar transport tizimi, Intellektual transport tizimlari, Multimodal tashuvlar texnologiyasi, Yo‘lovchi transporti tizimlari nazariyasi, Transport-ekspeditsion xizmatlar, Zamonaviy logistik texnologiyalar, va boshqalar
Laboratoriya va baza:
-
8 auditoriya, 2 laboratoriya, 1 tadqiqot xonasi
-
Zamonaviy texnik jihozlar va ko‘rgazmali materiallar
2. Texnosfera xavfsizligi kafedrasi
Tarixi va vazifasi:
-
Tashkil etilgan: 1961 (“Mehnat muhofazasi” nomi bilan), 2020–2021 o’quv yilidan “Texnosfera xavfsizligi”
-
Asosiy vazifa: transport segmentida inson va xodimlar xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar va mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy asoslarni ishlab chiqish
Fanlar:
-
Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi, Transportda mehnat muhofazasi, Transportda inson faoliyati xavfsizligi, Ergonomika, Mehnat biomexanikasi, Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik, Radiatsion xavfsizlik
Ilmiy yo‘nalishlar:
-
Favqulodda vaziyatlarni tahlil qilish, transport ob’ektlarida xavfsizlik texnologiyalari, xodimlar hayot faoliyatini optimallashtirish
3. Yuk transport tizimlari kafedrasi
Tarixi va vazifasi:
-
Tashkil etilgan: 1942, hozirgi nomi 2020
-
Mutaxassis tayyorlaydi: temir yo‘l va yuk transportini boshqarish
-
Asosiy vazifa: yuk va tijorat ishlarini tashkil etish, stansiyalar va uzellarda transport jarayonlarini boshqarish
Fanlar:
-
Transport uzellari, Bojxona ishi, Refrijeratorli tashishlar, Temir yo‘l transporti asoslari, Omborlashtirish logistikasi, Multimodal transport texnologiyalari, Yuk va tijorat ishlarini boshqarish
Laboratoriya va baza:
-
“Yuk va tijorat ishlarini boshqarish” o’quv laboratoriyasi
-
Dasturiy vositalar: Rail-Tarif, Rail-Atlas, Rail-info, 3D trenajer
Hamkorlik:
-
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent yuk saroyi, xorijiy universitetlar (Polsha, Xorvatiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston)
4. Transport intellektual tizimlari muhandisligi kafedrasi
Tarixi va vazifasi:
-
Tashkil etilgan: 2020
-
Mutaxassis tayyorlaydi: bakalavr (“Intellektual muhandislik tizimlari”), magistr (“Intellektual transport tizimlari”)
-
Asosiy vazifa: transportning barcha turlarida boshqaruv va axborot kommunikatsion texnologiyalar integratsiyasi
Fanlar:
-
Transportda inson omili, Yo‘l harakatini tashkil etish, Transport oqimlari nazariyasi, Transport vositalari xavfsizligi, Axborot texnologiyalar, Yo‘l-transport hodisalari tahlili, Transportni rejalashtirish va boshqarish
5. Yo‘l harakatini tashkil etish kafedrasi
Laboratoriyalar:
-
“Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari”
-
“Yo‘l harakatini tashkil etish”
-
“Transportda inson omili”
Vazifasi:
-
Yo‘l harakatini boshqarish, svetofor tizimlari, yo‘l belgilari va avtomobil oqimini boshqarish
-
Haydovchining psixofiziologik ko‘rsatkichlarini laboratoriya sharoitida tahlil qilish
6. Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish kafedrasi
Tarixi va vazifasi:
-
Tashkil etilgan: 1931 (“Poyezdlar harakatini tashkil etish”), 2020 dan hozirgi nomi
-
Asosiy vazifa: temir yo‘l transportini boshqarish, mahalliy va stansiyalar ishlarini samarali tashkil etish
Ilmiy-pedagogik faoliyati:
-
EHMda foydalanish ishlarini rejalashtirish va bashoratlash
-
Temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanlik va tashuvchanlik qobiliyatlarini oshirish
“Avtomobil transporti muhandisligi” fakultetida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, tog‘-kon, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlar uchun transport vositalari muhandisligi, avtomobil servisi, metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (avtomobil transporti va yo‘l qurilishi mashinalari), ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni hamda avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi, yer usti transport vositalari va tizimlari, metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish, avtotransport vositalarini sinash mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Fakultet ta’lim yo‘nalishlari:
1. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti);
2. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (elektromobil transporti);
3. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (ixtisoslashtirilgan transport vositalari);
4. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (ko‘tarish-tashish, yo‘l qurilish mashinalari);
5. 61040400 - Avtomobil servisi;
6. 60711300 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (avtomobil transporti va yo‘l qurilishi mashinalari);
7. 60710400 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (avtomobil transporti);
Fakultet magistratura mutaxassisliklari:
1. 70712504 - Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi
2. 70712501 - Yer usti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti)
3. 70712501 - Yer usti transport vositalari va tizimlari (ko‘tarish-tashish va yo‘l qurilish mashinalari)
4. 70711302 - Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (transport sohasi)
5. 70712507 - Avtotransport vositalarini sinash
6. 70712501 - Yer usti transport vositalari va tizimlari (ixtisoslashgan transport vositalari)
Fakultetda jami 1000 nafar talaba tahsil olmoqda. Jumladan, 1-kursda
264 nafar, 2-kursda 263 nafar, 3-kursda 238 nafar, 4-kursda 235 nafar.
Fakultetda 5 ta kafedra mavjud. Bular:
1. Transport vositalari muhandisligi kafedrasi;
2. Texnologik mashinalar muhandisligi kafedrasi;
3. Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi kafedrasi
4. Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi kafedrasi;
5. Transport energetik qurilmalari kafedrasi.
Fakultet kafedralarida asosiy shtatda jami 65 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, ilmiy salohiyati 55,4%ni tashkil etgan.
Kafedralarda 5 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayonlariga jalb etilgan. Bundan tashqari quyidagi Valiev Jamshid Fayzullaevich TOP-300 talik Xitoy davlatining Vuxan texnologiya universitetida PhD himoyasini muvoffaqiyatli himoya qilib, Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi kafedrasida faoliyat olib bormoqda.
Fakultet kafedrlarida quyidagi to‘garaklar tashkil etilgan:
1. “Texnolog” to‘garagi;
2. “Mexanika” to‘garagi;
3. “Ekoklub” to‘garagi;
4. “Ximmotolog” to‘garagi;
5. “Tole” klubi;
6. “Avtohamkor” to‘garagi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |

Fakultet bitiruvchi talabalari quyidagi soha tashkilot va korxonalarida faoliyat yuritib kelmoqda:
Transport vazirligi va uning bo‘limlarida;
“Toshkent davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi”;
“Toshshahartransxizmat” AJ;
“Avtomagistral unitar korxonasi”;
“Megatest GROUP” MChJ;
“KRANTAS” MChJ;
“UzXCMG” MChJ shaklidagi QQ;
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti”;
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti”;
“KTB Avtosozlash” MChJ;
“Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ;
“Roodell Servise” MChJ;
“SamAvto” MChJ;
“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhit muxofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligining Viloyatlar boshqarmalari va tumanlar inspeksiyalari;
Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati;
“UZAUTO Powertrain” aksiyadorlik jamiyati;
“BYD” MChJ;
“Roodell” MChJ;
“PIT STOP MOTORS” MChJ;
“Toshavtota’mirxizmat” DUK;
“MAN” servis va boshqalar.

Fakultet bitiruvchilari
Usmonov Rahmonbek - “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i;
Ro‘zmetov Ruslan - Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti rahbari;
Baboyev Alijon Madaminovich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzaх filiali yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari;
Abduraxmanov Ravshan Anarbayevich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzaх filiali oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari;
Dimetov Xakim Nishanovich - Fransiyaning “VEOLA” qo‘shma korxonasi direktori;
Majidov Abduazim Xakimovich - “Medeo Trans Qurilish” MChJ bosh derektori;
Kalauov Saydulla Aymaxanovich - IIV Akademiyasi “Yo‘l harakati xavfsizligi” bo‘limi boshlig‘i;
Vasidov Abduxalil Xasanovich - “Dalvarzin ta’mirlash zavodi” MChJ boshqaruvi raisi;
Umerov Fikret - Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘ycha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri;
Sanakulov Rustam - “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari;
Jumaboyev Akmal - Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hokim o‘rinbosari;
Tadjibayev Abdufarrux - ‘PIT STOP MOTORS’ (Avtoritet) MChJ direktori;
Musayev Doniyor - Toshkent avtomobil yo‘llar texnikumi direktori;
Ibragimov Botir - Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti prorektori;
Sotiboldiev Doniyor - “Highway Logistics Center” MChJ rahbari;
Sidiknazarov Toyir - “MAN servis” MChJ direktori;
Djurayev Jamshid - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv tansportida nazorat boshqarma boshlig‘i;
Ibadullayev Shuxrat - Toshavtotamirxizmat direktor o‘rinbosari;
Riskulov Olimjon Axmadjonovich - Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani;
Ziyayev Kamoliddin Zuxritdinovich - Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekani;
“Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedrasi
Kafedra o‘z faoliyatini O‘rta Osiyo industrial instituti da 1940-yilning sentabridan “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi bo‘limlarga ilk bor talabalar qabul qilinishidan boshlangan. Moskva avtomobil-yo‘llari institutining “Avtomobillar ekspluatatsiyasi” kafedrasi mudiri, professor, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi G.V. Kramarenko kafedrani rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. Keyinchalik kafedra “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi” nomi bilan O‘rta Osiyo Politexnika instituti, 1960-yildan Toshkent Politexnika instituti, 1972-yildan esa yangi tashkil etilgan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti tarkibida rivojlangan hamda avtomobil transporti sohasini ko‘p sonli yetuk kadrlar bilan ta’minlab kelgan. Kafedra 2020-yildan boshlab, Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilishi munosabati bilan “Avtomobil transporti muhandisligi” fakulteti tarkibida “Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
“Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilar tarkibi hozirda 20 nafar kishidan iborat: 2 nafari professor, 9 nafari dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi va 4 nafari assistent shuningdek 1 nafar xorijjiy PO‘ o‘qituvchi ish faoliyatini olib borishmoqda. Bundan tashqari kafedramiz PO‘laridan 1 nafari TOP 300 talik OTMda PhD himoyasini muvoffaqiyatli himoya qilib hozirda kafedramizda ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Toshkent davlat transport universiteti tarkibida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, suv xo‘jaligi, aloqa, savdo, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jaligi, tog‘-kon, madaniyat, mudofaa va boshqa tarmoqlar uchun avtomobil transporti ekspluatatsiyasi yo‘nalishida yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.
Kafedraning hozirgi kunda ilmiy salohiyati 65% ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari avtomobil transportidan foydalanish sohasida ilmiy tatqiqot ishlari olib bormoqda hamda avtotransport korxonalarining dolzarb muammolarini xo‘jalik shartnomalari asosida muntazam ravishda yechib bermoqda. Kafedra tomonidan Olmaliq AJ, “Oxangaronsement” AJ, “Toshshahartrans’hizmat” AJ, 2-Avtobus saroyi, “PIT STOP MOTORS” MChJ, “Maxsustrans” DUK, “Avtotexxizmat” AJ, “Toshavtota’mirxizmat” DUK, «Krantas group» MChJ, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxo‘jaligi, “O‘zavtotranstexnika” Ilmiy ishlab chiqarish markazi DUK zavodlari hamda OTM va ITIlar bilan o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedrada zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.
Kafedrada 2023-2024 o‘quv yilida 1 nafar Xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb qilingan. Ushbu pedagog TOP 1000 OTM taklif etilgan hamda texnika fanlari nomzodi va unvoniga ega. Joriy o‘quv yilida kafedraning 3 nafar pedagogi xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tab kelishgan.
Transport vositalari muhandisligi avtomobil transporti va Avtomobil servisi ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi asosida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tashkilotlarda 4 ta fanlardan laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy tashkilotlarda bajarilayotgan laboratoriya ishlarining ulushi taxminan 40-45% atrofida tashkil etadi. “Toshshaxartransxizmat” AJga qarashli 8-avtobus saroyi xuzirida joylashgan ishlab chiqarish binosida kafedra fliali tashkil etilgan. Ushbu flialda 4-kurs talabalri laboratoriya ishlari hamda 2-3-4-kurs talabalari bitiruv ish oldi va malakaviy amaliyotlarni olib boriladi. Bundan tashqari laboratoriya-amaliyot darslari (“Toshavtota’mirxizmat” DUK, “Avtotexxizmat” AJ, 2-Avtobus saroyi, “PIT STOP MOTORS” MChJ,)larda xam tashkil etilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
ozirgi kunda kafedra 60712500-Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti), 61040400-Avtomobil servisi ta’lim yo‘nalishlari va 70712501- Yer usti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti), 70712504- Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayorlab kelmoqda. Kafedra bitiruvchilari asosan Transport vazirligi va uning tarkibidagi hududiy korxonalariga, “Toshshaxartransxizmat” AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, MAN servis, “PIT STOP MOTORS” MChJ, Roodell MChJ va boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqdalar.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Kafedra talabalari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot.
Hozirgi kunda kafedra 60712500-Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti), 61040400-Avtomobil servisi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-2-3-4 kurslarda jami 373 ta talabalar shuningdek 70712501- Yer usti transport vositalari va tizimlari (avtomobil transporti), 70712504- Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 1-2 kurslarda jami 5 ta talabalar taxsil olib kelmoqdalar. Kafedrada “AVTOXAMKOR” Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi asoslari bo‘yicha to‘garak ish faoliyatini olib boradi. To‘garakga 30 dan ortiq talabalar biriktirilgan. Iqtidorli talabalar Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi asoslari bo‘yicha turli muxandislik dasturlarini o‘rganib kelmoqdalar.
Kafedra bitiruvchilari.
Bugungi kunda kafedra bitiruvchilaridan Rustam Sanakulov “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari, Akmal Jumaboev Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hokim o‘rinbosari, Abdufarrux Tadjibayev "PIT STOP MOTORS" (Avtoritet) MChJ direktori, Doniyor Musayev Toshkent avtomobil yo‘llar texnikumi direktori lavozimlarida ishlab kelmoqdalar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |

Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti
Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti Toshkent davlat transport universiteti tarkibida faoliyat yuritib, avtomobil yo‘llari va transport infratuzilmasini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish hamda ekspluatatsiya qilish sohalari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh muhandis kadrlar tayyorlaydi. Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari asosida shakllangan zamonaviy ta’lim va ilmiy markaz hisoblanadi.
Tarkibiy tuzilma
Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
-
Shahar yo‘llari va ko‘chalari
-
Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlar
-
Avtomobil yo‘llarini loyihalash va geomatika
-
Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish
Mazkur kafedralarda ko‘priklar va tonnellar, yo‘l konstruksiyalari, geodeziya va geoaxborot tizimlari, yo‘l harakati xavfsizligi, zamonaviy avtomagistrallar, aerodromlar, shahar transport tarmoqlari kabi yo‘nalishlarda ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda bakalavriat bosqichida:
-
Yo‘l muhandisligi (qurish),
-
Yo‘l muhandisligi (ekspluatatsiya),
-
Yo‘l muhandisligi (arxitektura-landshaft konstruksiyalash)
Magistratura bosqichida esa:
-
Transport inshootlari ekspluatatsiyasi (avtomobil yo‘llari),
-
Avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish
mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Ilmiy va innovatsion faoliyat
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan, davlat standartlari ishlab chiqilgan hamda grant va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Fakultet qoshida “Road Engineering” ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazi hamda ISO 17025 talablari asosida faoliyat yurituvchi “AVTOYO‘LSIFAT” sinov laboratoriyasi mavjud.
Hamkorlik va amaliyot
Fakultet xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamda soha korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Talabalar ishlab chiqarish amaliyotlarini yetakchi loyiha va yo‘l qurilish tashkilotlarida o‘taydi. Bitiruvchilarga “Avtomobil yo‘llari muhandisi” malakasi beriladi va ular respublika miqyosidagi yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega.
Fakultet bugungi kunda mamlakatimiz yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega muhandislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan nufuzli ta’lim maskanidir.
“Aviatsiya transporti muhandisligi” fakulteti
“Aviatsiya transporti muhandisligi” fakultetida Aviatsiya injiniringi (Aviasozlik), Aviatsiya injiniringi (Uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari), Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi, Havodagi harakatni boshqarish, Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Aviatsiya sohasi), Amaliy kosmik texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda Havo kemalari va aviatsiya dvigatellaridan foydalanish, Pilotaj-navigasiya majmualarining aviasiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish va Havodagi harakatni boshqarish va Aeronavigatsiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Fakultetda jami 680 nafar kunduzgi talabalar tahsil olmoqda. Jumladan,
1-kursda 170 nafar, 2-kursda 174 nafar, 3-kursda 145 nafar, 4-kursda 191 nafar. Sirtqi taʼlimda 492 nafar talaba tahsil olmoqda.
Fakultetda 2 ta kafedra mavjud. Bular:
![]() |
![]() |
1. Aviatsiya injiniringi,
2. Aeronavigatsiya tizimlari.
Fakultet kafedralarida asosiy shtatda jami 25 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, ilmiy salohiyati 44%ni tashkil etgan.
Fakultetning ta’lim yo‘nalishlari:
1. 60712600 - Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi;
2. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Aviasozlik);
3. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari);
4. 60711500 - Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Aviatsiya sohasi);
5. 60712900 - Amaliy kosmik texnologiyalari;
6. 61040200 - Havodagi harakatni boshqarish.
Fakultetning sirtqi ta’lim yo‘nalishlari:
1. 60712600 - Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi;
2. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Aviasozlik);
3. 60711500 - Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Aviatsiya sohasi);
4. 61040200 - Havodagi harakatni boshqarish.
Fakultetning magistratura ta’lim mutaxassisliklari:
1. 71040201 - Havodagi harakatni boshqarish va Aeronavigatsiya;
2. 70712602 - Pilotaj-navigasiya majmualarining aviasiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish;
3. 70712604 - Havo kemalari va aviatsiya dvigatellaridan foydalanish
Fakultet bitiruvchi talabalari quyidagi soha tashkilot va korxonalarida faoliyat yuritib kelmoqda:
“Uzbekistan airways” AJ aviakompaniyasi, “Uzbekistan airways technics” MChJ aviakorxonasi, “Uzbekistan airports” AJ, respublika aeroportlari, “Tashkent mexanika zavodi” AJ, “O‘zaeronavigasiya” markazi DUK, “Chirchiq aviasiya ta’mirlash zavodi” DK.


Kafedralar
1. Aviatsiya injiniringi
2. Aeronavigatsiya tizimlari
Bakalavriyatura ta’lim yo‘nalishlari
1. 60712600 - Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi
2. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Aviasozlik)
3. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari)
4. 60711500 - Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Aviatsiya sohasi)
5. 60712900 - Amaliy kosmik texnologiyalari
6. 61040200 – Havodagi harakatni boshqarish
Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari:
1. 60712600 - Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi
2. 60712800 - Aviatsiya injiniringi (Aviasozlik)
3. 60711500 - Radioelektron qurilmalar va tizimlar (Aviatsiya sohasi)
4. 61040200 - Havodagi harakatni boshqarish
Magistratura ta’lim mutaxassisliklari:
1. 71040201 - Havodagi harakatni boshqarish va Aeronavigatsiya
2. 70712602 - Pilotaj-navigasiya majmualarining aviasiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish
3. 70712604 - Havo kemalari va aviatsiya dvigatellaridan foydalanish
![]() |
“Qurilish muhandisligi” fakultetida temir yo‘llar, ko‘priklar va tonnellar, bino va inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish shuningdek muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.
Fakultetda 1200 nafarga ga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Fakultetda 6 ta kafedra mavjud. Булар:
1.Oliy matematika,
2.Amaliy mexanika,
3.Temir yo‘l muhandisligi,
4.Ko‘priklar va tonnellar,
5.Bino va sanoat inshootlari qurilishi,
6.Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari.
Fakultet kafedralarida asosiy shtatda jami 108 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, ilmiy salohiyati 59%ni tashkil etgan.
Fakultetning ta’lim yo‘nalishlari:
1. 60730800 - Yo‘l muhandisligi (temir yo‘llar ekspluatatsiyasi);
2. 60730800 - Yo‘l muhandisligi (temir yo‘llar qurilishi);
3. 60730300 - Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi;
4. 60540300 - Matematik injiniring(transport);
5. 60730800 - Yo‘l muhandisligi(ko‘priklar va tonnellar);
6. 61010700 - Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
7. 60722600 – Geodeziya va geoinformatika.
Fakultet bitiruvchi talabalari quyidagi soha tashkilot va korxonalarida faoliyat yuritib kelmoqda:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi korxonalar, “Ko‘prikqurilish tresti” AJ, “Boshtransloyiha” AJ, “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri, “Allegro development”, “Grand road Tashkent”, “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” hamda “Ko‘prikqurilishloyiha” UK, “O‘ztemiryo‘lloyiha” MChJ, “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” MChJ, “Maxsus mexanizasiyalashgan yo‘l stansiyasi” UK, “Trest-12” AJ, “Fuqaroloyiha” MChJ, “Arhidea PRO” MJCh hamda “Binokor Temir-Beton Servis” MJCh QK va boshqalar.

“Iqtisodiyot” fakulteti
“Iqtisodiyot” fakultetida Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transporti), Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha), Buxgalteriya hisobi va audit (avtomobil transporti), Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l transporti), Dasturiy injiniring, Iqtisodiyot (avtomobil transporti), Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot), Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti), Korporativ boshqaruv, Marketing (avtomobil transporti), Marketing (temir yo‘l transporti), Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi), Raqamli iqtisodiyot (transport), Siyosatshunoslik, Sotsiologiya, Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (rus tili) va Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlab kelinmoqda.
Fakultetda jami 2156 nafar talaba tahsil olmoqda. Jumladan, 1-kursda 877 nafar, 2-kursda 765 nafar, 3-kursda 297 nafar, 4-kursda 217 nafar.
Fakultetda 8 ta kafedra mavjud. Bular:
1. Hisob va biznes;
2. Korporativ boshqaruv;
3. Transport iqtisodiyoti;
4. Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari;
5. Ijtimoiy fanlar;
6. O‘zbek (rus) tili;
7. Xorijiy tillar;
8. Xalqaro ommaviy huquq.
Fakultet kafedralarida asosiy shtatda jami 144 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, ilmiy salohiyati 48%ni tashkil etgan.
Fakultetning ta’lim yo‘nalishlari:
- 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (temir yo‘l transporti);
- 60411300 - Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
- 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (avtomobil transporti);
- 60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (temir yo‘l transporti);
- 60610600 - Dasturiy injiniring;
- 60310100 - Iqtisodiyot (avtomobil transporti);
- 60310100 - Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot);
- 60310100 - Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti);
- 60411600 - Korporativ boshqaruv;
- 60412500 - Marketing (avtomobil transporti);
- 60412500 - Marketing (temir yo‘l transporti);
- 60411200 - Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi);
- 60310500 - Raqamli iqtisodiyot (transport);
- 60310700 – Siyosatshunoslik;
- 60311000 – Sotsiologiya;
- 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili);
- 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (rus tili);
- 60420100 - Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi).
Fakultet bitiruvchi talabalari quyidagi soha tashkilot va korxonalarida faoliyat yuritib kelmoqda:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi korxonalar, jumladan “Yuk tashish ishlari boshqarmasi tarkibidagi “Yuk va tijorat ishlari” bo‘limi, “Multimodal tashuvlar va ekspeditorlik” bo‘limi, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ, “Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati” AJ, “Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, Transport vazirligi bo‘limlarida, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakatini tashkil etish bilan bo‘g‘liq tashkilot va korxonalari, Bank, soliq, sug‘urta va moliya sohasida, Servis, xizmat ko‘rsatish sohasida, Davlat boshqaruvi organlarida, Oliy ta’lim tizimida, Fan va tadqiqot sohasida, mutaxassisligi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati, Boshqa soha va tarmoqlarda.
![]() |
![]() |
Yo‘nalishlar va mutaxassisliklar nomi.
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti);
- Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti);
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti);
- Radoielektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti);
1. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transportida).
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo’l transportida) bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan va texnika, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidagi yo’nalish bo’lib, u o’z ichiga temir yo’l transportida texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, ularning tizimlarini loyihalash uchun qurilmalarni tanlash, usullar va vositalar, ishlab chiqarish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Dasturni tugatgach, bakalavrlar temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish, temir yo’l transportining stansiyada, peregonda, dispetcherlik markazlashtirishda, saralash stansiyalarida poyezdlar harakatini boshqarishni tashkil etish, avtomatika va telemexanika qurilmalarining sozligini nazorat qilish va ta’mirlash, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l avtomatika va telemexanika zamonaviy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish, kompyuter texnologiyalari va dasturlash, bilimlar injeneriyasi hamda tizimli yondashuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
![]() |
2. Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti)
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u temir yo‘l transportida elektr harakatlanuvchi tarkibni ishlatish uchun mo‘ljallangan mexanik va elektromexanik qurilmalarni ishlab chiqarish ulardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashning samarali jarayonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan usullar va vositalar majmuini qamrab oladi. Dasturni tugatgach, bakalavrlar lokomotivlar deposi va korxonalar tarmoq temir yo‘llarining yagona texnologik jarayonlarini ishlab chiqish, elektr harakat tarkibining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektr harakat tarkibi mexanik va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish, elektr harakat tarkibini boshqarishni tashkil qilish, foydalanish jarayonida qo‘llaniladigan transport va texnikaviy vositalarini tanlash, elektrovoz va elektr poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, tuman, shahar, korxonalar va temir yo’l ob’ektlari elektr ta’minot tarmoqlari ishini tashkil etish va boshqarish, tizimli yondashuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
![]() |
3. Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti)
Elektr energetikasi (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari va texnik vositalari, ulardan ratsional foydalanish majmuini qamrab oladi. Dasturni tugatgach, bakalavrlar elektr ta’minoti tizimini avtomatlashtirilgan loyihalash metodlarini elektrlashgan temir yo‘l tizimlariga tadbiq qilish, tortuvchi nimstansiyalar, kontakt tarmoqlari, elektr uzatish liniyalari rejim parametrlarini nazorat qilish va o‘lchash jarayonlarini o‘zlashtirish va tadqiq qilish, loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatsiya (shu jumladan xalqaro) metodlarini qo‘llash, elektrlashgan temir yo‘l tizimida kechuvchi jarayonlar bo‘yicha matematik modellarini qo‘llash, elektrlashgan temir yo‘l qurilmalarini boshqarish bo‘yicha muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish, soha bo‘yicha kompyuter texnologiyalari va dasturlanishini qo‘llash, elektrlashgan temir yo‘l tizimining uskuna va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, almashuv va ta’mirlash texnologiyalari strategiyasini belgilash va qo‘llash, texnik ekspluatatsiyasi tamoyillarini tuzish, tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
![]() |
4.Radioelektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti)
Radioelektron qurilmalar va tizimlar (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi - “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, turli transport sohalari, jumladan temir yo‘l transportida raqamli radioaloqa tizimlarini tashkil etish va ulaming texnik vositalariga xizmat ko‘rsatish, tezkor texnologik boshqarish xarakteriga ega ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish aloqa kanallarini tuzish hamda uzatilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlovchi texnologiyalami qo‘llash, takomillashtirish va zamonaviy konsepsiyalar asosida ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalaming zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlaming kasbiy faoliyat ob’ektlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar muayyan talim yo‘nalishining malaka talablari va o‘quv rejalarini ishlab chiqishda hisobga olinishi nazarda tutiladi.
![]() |

Fakultet tarixi
Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o‘quv jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida, 04.05.2020da qabul qilingan “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori asosida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi. Universitet tarkibi qayta shakllantirilib, bir qancha fakultetlar tashkil etildi. “Temir yo’l transporti muhandisligi” fakultetiga texnika fanlar nomzodi, dotsent D.O. Radjibayev fakultet dekani etib tayinlandi.
Fakultet tarkibida beshta kafedra muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bular “Vagonlar va vagon xo’jaligi”, “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi”, “Materialshunoslik va mashinasozlik”, “Yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” va “Tabiiy fanlar” kafedralari ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlovchi kafedralar bo‘lib, mazkur kafedralarda 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 30 foizdan ko‘prog‘ini ilmiy unvon va darajaga ega, yetuk pedagog-olimlar tashkil etadi. Fakultet respublikamiz temir yo‘l transporti va iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun to’rtta yo‘nalish “Transport vositalari muhandisligi (turlari bo’yicha)”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (temir yoʼl transporti)” va “Texnologik mashinalar va jihozlar (temir yoʼl transporti)” yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va “Temir yo’l transporti (transport turlari bo’yicha)”, “Vagonsozlik”, “Elektr poyezdlar”, “Tezyurar elektropoyezdlar” va “Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish (temir yo’l transporti)” mutaxassisliklarii bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelmoqda. Tahsil olayotgan talabalar soni 1600 nafardan ziyod.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, universitet fondi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan berilayotgan moliyaviy ko‘mak evaziga, fakultet tasarrufidagi o‘quv-laboratoriyalar zamonaviy tarzda jihozlanmoqda va xar tomonlama mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradigan darajaga keltirilmoqda. Xozirda fakultet professor-o‘qituvchilarining asosiy diqqat e’tibori mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar “sifati”ni yanada yaxshilashga qaratilgan. Buning uchun fakultetda talabalar o‘rganadigan 80 dan ziyod fanlar uchun ma’ruza matnlari, o‘quv va ishchi dasturlar, amaliyot mashg‘ulotlari, kurs loyiha ishlari, barcha turdagi amaliyotlar, malakaviy bitiruv ishlari va magisterlik dissertatsiyalari uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interaktiv ta’lim usullardan keng foydalanilmoqda. Mustaqil va kurs loyiha ishlari, bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda informatsion texnologiya vositalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Fakultet faoliyati yagona maqsadga, temir yo‘l transporti uchun etuk kadrlar tayyorlash markazi bo‘lish va sohaning mehnat bozorini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ta'lim yo'nalishlari
| Amaliy matematika 60540200 | Bakalavr |
| Atrof-muhit muhandisligi 60711800 | Bakalavr |
| Aviatsiya muhandisligi 60711500 | Bakalavr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Barqaror transport 60711900 | Bakalavr |
| Biznes boshqaruvi | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Elektr muhandisligi 60710500 | Bakalavr |
| Elektr poyezd muhandisligi 70711408 | Magistr |
| Energetika muhandisligi 60710400 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr |
| Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600 | Bakalavr |
| Havodagi harakatni boshqarish 61040200 | Bakalavr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Marketing 60411200 | Bakalavr |
| Materialshunoslik 60720300 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Metallurgiya muhandisligi 60711200 | Bakalavr |
| Metrologiya va standartlashtirish 60710800 | Bakalavr |
| Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 | Bakalavr |
| Mexatronika va robototexnika 60711000 | Bakalavr |
| Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi. 60730400 | Bakalavr |
| Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulkni boshqarish 60730700 | Bakalavr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr |
| Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) 60611500 | Bakalavr |
| Shahar qurilishi va loyihalash 60731500 | Bakalavr |
| Siyosatshunoslik 60310100 | Bakalavr |
| Sotsiologiya 60310400 | Bakalavr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 60230200 | Bakalavr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili 60230200 | Bakalavr |
| Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611000 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi 60711400 | Bakalavr |
| Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 | Bakalavr |
| Yo'l muhandisligi 60730500 | Bakalavr Magistr |
| Yo‘l harakatini tashkil etish 61040200 | Bakalavr |
| Yurisprudensiya 60420100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Toshkent davlat transport universiteti
Elektr poyezd muhandisligi
—
Toshkent davlat transport universiteti
Logistika
—
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
—
Toshkent davlat transport universiteti
Mashinasozlik texnologiyasi
—
Toshkent davlat transport universiteti
Yo‘l harakatini tashkil etish
—
Toshkent davlat transport universiteti
Logistika
9 570 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
—
Toshkent davlat transport universiteti
Dasturiy injiniring
—
Toshkent davlat transport universiteti
Yurisprudensiya
—
Toshkent davlat transport universiteti
Menejment
—
Toshkent davlat transport universiteti
Buxgalteriya hisobi
—
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Mashhur bitiruvchilar
Maxamatov Zafar Ergashboyevich
Narzullayev Zufar G‘iyasovich
Otabek Umarov Muxamadaliyevich
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich
Muminov Abdusamat Abduvahidovich
Rahmonbek Usmonov Jahongirovich






















