Turan xalqaro universiteti
5,182
Talabalar
6
Xorijiy talabalar
115
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
17
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Namangandagi Turan xalqaro universiteti (Turan IU)
Turan xalqaro universiteti — bilim, innovatsiya va xalqaro standartlar uyg'unlashgan zamonaviy oliy ta'lim maskanidir. Namangan shahrida tashkil etilgan universitetimiz bugungi kun bozori talab qilayotgan yuqori malakali, raqobatbardosh va kasbiy yetuk kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan.
Turan xalqaro universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 23.06.2022 yildagi 248791-sonli davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. Universitetda ta'lim kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Darslarni Janubiy Koreya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriya, Hindiston, Xitoy, Rossiya va Qozog'iston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo'lgan xalqaro hamda mahalliy professor-o'qituvchilar olib boradi.
Universitetning bosh vazifasi — talabalarga mustaqil hayot va kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan chuqur bilim hamda amaliy ko'nikmalarni berishdir. Biz har bir talabada nafaqat kasbiy kompetensiyani, balki yuqori axloqiy fazilatlarni, mustaqil fikrlash va dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bemalol ishlay oladigan salohiyatni shakllantirishga intilamiz.
Akademik va ilmiy salohiyat
Universitetimizning eng katta boyligi — yuqori malakali professor-o'qituvchilar jamoasi. Fan nomzodlari, doktorlar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar talabalarga zamonaviy bilim va amaliy ko'nikmalarni singdiradi.
Biz nazariy bilimni amaliyot bilan uyg'unlashtirishga alohida e'tibor qaratamiz. Ilmiy konferensiyalar, "Turan Science Olympiad" kabi intellektual musobaqalar va talabalar ilmiy jurnali — "Turan Xalqaro Universiteti Yosh Olimlar Jurnali" yosh tadqiqotchilarning salohiyatini ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Universitet infratuzilmasi va innovatsiyalar
Turan Xalqaro Universiteti zamonaviy ta'lim talablariga to'liq javob beradigan keng qamrovli infratuzilmaga ega. Universitet hududi ekologik toza, yashil va obod muhit sifatida ajralib turadi — bu yerda har bir talaba o'qish, ilmiy izlanish va shaxsiy rivojlanish uchun barcha qulayliklarni topadi.
Bizning kampus zamonaviy auditoriyalar, raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar, boy kutubxona fondi va elektron resurslar, sport inshootlari hamda qulay yotoqxona bilan ta'minlangan. Universitetdagi IT-park esa talabalarga zamonaviy texnologiyalar, dasturlash va raqamli loyihalar ustida amaliy ishlash, o'z g'oyalarini real mahsulotga aylantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bularning barchasi talabalarning sifatli ta'lim olishi va to'laqonli universitet hayotini kechirishi uchun yaratilgan.
Xalqaro e'tirof
Turan Xalqaro Universiteti global maydonda o'z mavqeiga ega bo'lib bormoqda. Biz xorijiy nufuzli oliy ta'lim muassasalari, jumladan AQSh, Germaniya, Italya, Yaponiya, Janubiy Korea, Rossiya, Malayziya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yganmiz.
Xalqaro konferensiyalar, almashinuv dasturlari va qo'shma loyihalar talabalarimizga global tajriba orttirish, dunyo miqyosidagi bilim va imkoniyatlardan bahramand bo'lish yo'lini ochadi.
Kelajak strategiyasi — Universitet 2030
Universitetimiz 2030 yilgacha quyidagi maqsadlarni belgilab olgan:
- Ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish va dasturlarni global akkreditatsiyadan o'tkazish;
- Ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuchaytirish hamda professor-o'qituvchilar va talabalarning ilmiy faolligini oshirish;
- Xalqaro hamkorlik tarmog'ini kengaytirib, yetakchi xorijiy universitetlar bilan qo'shma dasturlarni yo'lga qo'yish;
- Raqamli ta'lim va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
- Bitiruvchilarning bandligi va kasbiy raqobatbardoshligini ta'minlash;
- Universitetni mintaqaviy va global reytinglarda munosib o'ringa olib chiqish.
Xorijiy talabalar uchun
Xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar
Xalqaro talabalar uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
- Campusdagi hayot: xorijiy talabalarga zamonaviy va qulay yotoqxona taqdim etiladi. Universitet hududida 24/7 rejimida xavfsizlik xizmati faoliyat yuritadi, 24 soat davomida bepul Wi-Fi hamda arzon va sifatli taomlar taklif etiladigan oshxona (food court) ishlaydi.
- Tilni qo'llab-quvvatlash: chet ellik talabalar uchun maxsus o'zbek tili kurslari tashkil etilgan bo'lib, ular ona tilida so'zlashmaydigan talabalarning til ko'nikmalarini oshirishga va mahalliy muhitga tezroq moslashishiga yordam beradi.
- Akademik yordam: talabalarga doimiy ko'mak beruvchi support-o'qituvchilar (support teachers) faoliyat yuritadi. Ular xorijiy talabalarning kurs ishlarida muvaffaqiyatga erishishlari va universitetning akademik talablariga moslashishlariga ko'maklashadi.
- Ta'lim va texnologiya: keng qamrovli adabiyotlar to'plamiga va zamonaviy sharoitlarga ega kutubxona, shuningdek IT va boshqa yo'nalish talabalari uchun maxsus jihozlangan Apple Lab va Intel Lab xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.
- Faollik va madaniy integratsiya: turli qiziqishlar bo'yicha klublar — Book Club, Chess Club va Student Union — faoliyat yuritadi. Ushbu tashabbuslar mahalliy va xorijiy talabalar o'rtasida madaniyatlararo tushunish va o'zaro munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
- Sport va dam olish: universitetda sport zali hamda turli sport turlari bo'yicha bepul mashg'ulotlar (free trainings) tashkil etilgan. Bundan tashqari, har chorakda talabalar uchun sayohat va ekskursiyalar (trips) uyushtiriladi.
- Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash: xorijiy talabalar duch kelishi mumkin bo'lgan Vatanni sog'inish, yolg'izlik va madaniy moslashuv kabi muammolarni hal etishda qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratilgan bo'lib, har bir talaba o'zini uydagidek his qiladi.
Universitetimiz nafaqat bilim, balki mazmunli talabalik hayotini ham taqdim etib, har bir xorijiy talabaning O'zbekistondagi davrini unutilmas qiladi.
Online hujjat topshirish uchun: https://forms.gle/RxJCQuXqwxzAonYQA
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Turan xalqaro universiteti dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan faol hamkorlik olib boradi. Bugungi kunda universitetimiz 16 ta davlatdagi 30 dan ortiq nufuzli universitet bilan o'zaro hamkorlik shartnomalariga ega.
Ushbu keng qamrovli aloqalar talabalarimizga akademik almashinuv (exchange) dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi. Xorijlik talabalarimiz ham bu imkoniyatdan to'liq foydalanib, 4 yillik ta'lim davomida 4 ta turli davlatda tahsil olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniga ega bo'ladilar.
Hamkor davlatlarimiz:
AQSH, Belgiya, Latviya, Xitoy, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Gruziya, Italiya, Rossiya, Tayvan, Hindiston, Qozog'iston, Germaniya, Janubiy Koreya va Ozarbayjon.
Bu hamkorlik tarmog'i talabalarimizga global ta'lim makoniga chiqish, ilg'or bilim va ko'nikmalarni egallash hamda xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Til kurslari
Turan xalqaro universitetida ta'lim o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Barcha ta'lim yo'nalishlarini to'liq ingliz tilida o'zlashtirish imkoniyati mavjud.
Fakultetlar
Gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti — Turan xalqaro universitetining eng keng qamrovli va ko'p tarmoqli fakultetlaridan biri bo'lib, til, ta'lim, ijtimoiy hamda tabiiy fanlar sohasida yuqori malakali mutaxassis va pedagoglar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Fakultetning asosiy maqsadi — talabalarda chuqur bilim, keng dunyoqarash va zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish, ularni nafaqat o'z sohasining bilimdoni, balki yuksak ma'naviyatli va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalashdir. O'qitish jarayoni zamonaviy metodikalar, interaktiv darslar va xalqaro tajriba asosida olib boriladi.
Bu yerda bo'lajak o'qituvchilar, tilshunoslar, psixologlar, tarixchilar va xalqaro munosabatlar mutaxassislari nazariy bilim bilan birga boy amaliy ko'nikmalarni egallaydilar. Talabalarimizga turli xorijiy tillarni chuqur o'rganish, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish va xalqaro almashinuv dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
Biznes boshqaruvi fakulteti — Turan xalqaro universitetining yetakchi va eng istiqbolli fakultetlaridan biri bo'lib, zamonaviy iqtisodiyot, biznes va raqamli texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Fakultetning asosiy maqsadi — talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy ko'nikmalarni singdirish, ularda tahliliy fikrlash, tadbirkorlik tashabbuskorligi va zamonaviy boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishdir. O'quv jarayoni xalqaro standartlarga muvofiq, mahalliy va xorijiy tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Talabalarimiz nazariy mashg'ulotlar bilan cheklanib qolmay, real biznes loyihalari, amaliyot dasturlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari orqali o'z bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu ularga bitiruvdan so'ng mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lish va muvaffaqiyatli karyera qurish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 | Magistr |
| Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti 60610800 | Bakalavr |
| Bilogiya 60110900 | Bakalavr |
| Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 | Magistr |
| Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 60110500 | Bakalavr |
| Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410100 | Bakalavr |
| Davlat moliyasi va xalqaro moliya 70410401 | Magistr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot) 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo'yicha 70310102 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 | Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (tillar bo‘yicha) 70230101 | Magistr |
| Logistika(yo'nalishlar bo'yicha) 60411700 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 | Bakalavr |
| Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) 60412500 | Bakalavr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 | Bakalavr |
| O'zbek tili va adabiyoti 60111400 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyoti(tillar bo'yicha) 70111501 | Magistr |
| Pedagogika va psixologiya 70110102 | Magistr |
| Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 | Bakalavr |
| Sun'iy intelekt 70610701 | Magistr |
| Tarix 60111100 | Bakalavr |
| Turizm 61010400 | Bakalavr |
| Xalqaro munosabatlar 60310800 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha) 60111800 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Turan xalqaro universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
18 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Sun'iy intelekt
25 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
21 500 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Xorijiy til va adabiyoti(tillar bo'yicha)
21 500 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
21 500 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili
21 500 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
21 500 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)
50 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha)
25 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Bilogiya
18 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
Tarix
18 000 000 so'm
yiliga
Turan xalqaro universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
18 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Boltaboyev Xamidvoy Raximberdiyevich
To'xtaraliyev To'lagan Nurlanbek o'g'li
Domladjanov Akbar Abdulatifovich
Nazirov Jaloliddin Shuxratjon o'g'li