WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

144

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

31

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

23

Kafedralar

2025

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

 

"O‘zbekiston davlat sport akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–197-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy Maqsadi: yuqori malakali sport mutaxassislari va kadrlarini zamon talablaridan kelib chiqib mutlaqo yangi sharoitlarda tayyorlash; yangi avlod sportchilari va trenerlarini yetishtirish orqali sportdagi yutuqlarimizni yanada kengaytirish; jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish.  Akademiyaning asosiy Vazifalari quyidagilardan iborat: sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash; kadrlarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish hamda ilmiy asoslangan metodikalarini yaratish;  sport sohasida kompleks ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar hamda laborator sinovlar tashkil etish; jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy o‘qitish mexanizmlarini joriy etish; respublikada sport sohasida zamonaviy nazariya va amaliyot tizimini joriy qilish usullari hamda xususiyatlarini o‘rganish orqali yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlab borish; musobaqalar natijalarini chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilib borish, ular natijasida sportdagi yutuqlarni yanada kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Akademiya tizimiga: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti; Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari; Axborot-kutubxona markazini o‘z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi; Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi kiradi. Akademiyada ta’lim berish quyidagi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari doirasida amalga oshiriladi: 1. Akademiyaning BAKALAVRIYAT ta’lim yo‘nalishlari “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bo‘yicha “Trener”; “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)” bo‘yicha “Trener”; “Sport menejmenti” bo‘yicha “Sport menejeri va sport tahlilchisi”. Bakalavr” akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavriat - o‘qish muddati 4-yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir. 2. Akademiyaning MAGISTRATURA mutaxassisliklari: “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bo‘yicha “Trener, sport sohasida tashkiliy boshqaruv mutaxassisi”; “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)” bo‘yicha “Trener, sport sohasida tashkiliy boshqaruv mutaxassisi”; “Sport huquqi” bo‘yicha “Sport huquqshunosi”; “Sport menejmenti”  bo‘yicha “Sport menejeri”; “Sport marketingi” bo‘yicha “Sport marketologi”; “Sport psixologiyasi” bo‘yicha “Sport psixologi”. “Magistr” akademik darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Magistratura - o‘qish muddati 2-yildan kam bo‘lmagan oliy ta’limdir. Bugungi kunda Akademiyada tahsil olayotgan talabalar Olimpiya va paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, Jahon, Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari g‘olib va sovrindorlari hisoblanadi. Akademiyada o‘quv jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi keng qo‘llaniladi. Talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkoniyatiga ega. Akademiya zamonaviy infratuzilma, ilg‘or sport inshootlari va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, talabalarga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish va professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Akademiya xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, sport ta’limi va ilmiy tadqiqotlar sohasida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Akademiya Italiyaning Trento universiteti, Vengriya sport fanlari universiteti, Sankt-Peterburg P.F.Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya va sport milliy davlat instituti hamda L.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti kabi nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirib bormoqda. Shuningdek, Avstraliya sport instituti tajribasi asosida sport tayyorgarligi, ilmiy-tahliliy yondashuv va yuqori natijadorlikka erishish mexanizmlari o‘rganilmoqda.

 

Xorijiy talabalar uchun

 

Akademiya sportchi-talabalar uchun zamonaviy sport inshootlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular tarkibiga:

  • futbol maydoni;
  • suzish havzasi;
  • velodrom;
  • jamoaviy sport turlari majmuasi;
  • yakkakurash sport turlari majmuasi;
  • zamonaviy sport zali (gym)

kiradi. Ushbu sport obyektlari talabalar va sportchilarning muntazam mashg‘ulotlar olib borishi, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun xizmat qiladi.

Akademiya tizimida sportchilarni yuqori saviyada tayyorlashga xizmat qiluvchi:

  • Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;
  • Toshkent dengizida joylashgan Suv sporti maktabi;
  • Oksana Chusovitina nomidagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan Respublika olimpiya zaxiralari sport maktabi

faoliyat yuritadi.

Ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish maqsadida Akademiyada:

  • yuqori malakali professor-o‘qituvchilar;
  • tajribali trenerlar va sport mutaxassislari

faoliyat olib boradi.

Talabalarning sifatli bilim olishi uchun quyidagi ta’lim va ilmiy infratuzilmalar yaratilgan:

  • zamonaviy auditoriyalar;
  • Axborot-resurs markazi;
  • xorijiy tillarni o‘qitish markazi;
  • ilmiy laboratoriyalar;
  • sport psixologiyasi xonasi;
  • innovatsion o‘quv va ilmiy tadqiqot muhiti.

Akademiya talabalarining yashash va dam olishlari uchun:

  • zamonaviy talabalar turar joyi (sportchi-talabalar mehmonxonasi);
  • qulay va keng talabalar oshxonasi;
  • o‘quv va sport mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish imkoniyatlari

yaratilgan.

Sportchi-talabalarning jismoniy yuklamalarini inobatga olgan holda ularga maxsus ovqatlanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kunlik mashg‘ulotlar jadvaliga mos ravishda:

  • kuniga 5 mahal ovqat;
  • o‘rtacha 9 560 kilokaloriyalik ovqatlanish normasi

ta’minlanadi.

Shuningdek, Akademiyada sportchilarning jismoniy, ruhiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida:

  • sport natijalarini ilmiy tahlil qilish;
  • laboratoriya sinovlari va tadqiqotlar o‘tkazish;
  • sport psixologik xizmatlarini ko‘rsatish;
  • xorijiy tillarni o‘rganish;
  • zamonaviy axborot-resurslardan foydalanish;
  • xalqaro tajriba asosida ta’lim olish

uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur infratuzilma va imkoniyatlar O‘zbekiston davlat sport akademiyasida sportchi-talabalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, ularning ilmiy, kasbiy va sport mahoratini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

Xalqaro hamkorlik


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi ta’lim, ilm-fan va sport sohalarida hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida qator xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan memorandum va hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Xususan, Akademiya tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2025-yil 25-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg P.F. Lesgaft nomidagi Jismoniy tarbiya va sport milliy davlat instituti bilan ilmiy-tadqiqot faoliyati, mutaxassislarni qayta tayyorlash, qo‘shimcha ta’lim hamda professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi yo‘nalishlarida memorandum imzolandi. Shuningdek, 2026-yil 27-mart kuni Italiyaning Trento universiteti Psixologiya va kognitiv fanlar departamenti bilan ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy va o‘quv nashrlarni almashish hamda talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Akademiya sport federatsiyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, “Rowing & Canoe” federatsiyasi, og‘ir atletika, kamondan otish, gimnastika, o‘q otish sporti, yengil atletika, velosiped sporti hamda sport kurashlari federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur hujjatlar sportchilarning xalqaro musobaqalarga tayyorgarligini kuchaytirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va seminarlar tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda federatsiyalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, Respublika, Chirchiq, Jizzax, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida markazlarda faoliyat yuritayotgan malakali trenerlar va mutaxassislar bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar hamda trenerlar uchun ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish va zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 2026-yil 13-yanvar kuni Oksana Chusovitina nomidagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Umuman olganda, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tomonidan bugungi kunga qadar 20 ta tashkilot bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan bo‘lib, ular 2 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalar, 10 ta sport federatsiyalar, 7 ta olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda 1 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabini qamrab oladi. Ushbu hamkorliklar Akademiyaning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va sport sohalaridagi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Til kurslari

{}

Fakultetlar

Fakultet haqida umumiy ma'lumot

Sport va parasport turlari fakulteti 2025-yilda tashkil topgan. Fakultetda bakalavriat va magistratura ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Fakultet manzili: Olimpiya shaharchasi.

Bakalavr yoʻnalishlari

  • 61010200 — Sport faoliyati
  • 61010300 — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)

Magistratura yoʻnalishlari

  • 71010301 — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
  • 70310301 — Psixologiya
  • 71010201 — Sport faoliyati
  • 70410801 — Menejment
  • 70411201 — Marketing

Kafedralar

1:Yakkakurash va suv sport turlari kafedrasi
 

2:Parasport va umumkasbiy fanlar kafedrasi

Ta'lim yo'nalishlari

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport) 61010800 Bakalavr
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport 71010301 Magistr
Marketing 70411201 Magistr
Menejment 60410800 Bakalavr
Menejment: sport menejmenti 70410801 Magistr
Psixologiya 70310301 Magistr
Sport faoliyati 71010201 Magistr
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (kurash) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (voleybol) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: mini futbol 61010200 Bakalavr
Sport huquqi 70420105 Magistr